AVTOBUS REYSI axborot obyekti
Axborot obyektlarini (ma‘lumotlar elementlarini) birlash-tirishda ularni sinfdosh obyektlarga birlashtiriladi.
Axborot obyektlarini sinfdosh obyektlarga birlashtirish. Predmet sohasining axborot ehtiyojini va tizimdan foydala- nuvchilarning axborot bilan ishlashdagi manfaatini hisobga olgan holda predmet sohasini tuzilmalashtirish uchun konseptual model qo‘llaniladi.Har bir MB miqyosida konseptual talablar konseptual modelda umumlashtiriladi. Konseptual model abstrak vositalar
yordamida quriladi va predmet sohasidagi hamma axborot obyektlarini qurish imkoniyatini beradi. Obrazli aytganda konseptual model xuddi predmet sohasining “yuqorisiga ko‘tarilib” va uning har bir elementini qurish imkoniyatini beradi. Bunda predmet sohasini qanchalik keng, aniq va chuqurroq qurishimiz biz tanlagan modeldan bog‘liq bo‘ladi. Minimal imkoniyatlarga ega bo‘lgan model ma‘lumotlar va ular orasidagi o‘zaro aloqalarni berish imkoniyatini ta‘minalashi zarur. Konseptual modelning semantik quvvati uning yordamida aniqlanishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha harakteristikalarning sonini ortishiga mos ravishda ortadi. Ma‘lumki, har bir model ma‘lum bir cheklanishlarga ega bo‘lib, o‘zida faqat ma‘lum bir xossalarni aks ettiradi. SHu sababli konseptual loyihalashtirish uchun model tanlashda, real dunyoni o‘zida to‘liq aks ettiradigan ideal modelni topish juda katta muammo ekanligini hisobga olish zarur. Avvalambor predmet sohasining xususiyatlari va MBga bo‘lgan foydalanuvchining talablari modelni tanlash uchun asos bo‘ladi. Boshqa muhim talab sifatida konseptual modelning MBBTdan boQliq emasligi, chunki u konseptual sxema qurilgandan so‘ng tanlanishi kerak. MB tizimini qurish masalasi quyidagi hollarda paydo bo‘ladi:
Agar turli tadbiqlar qandaydir miqdorda umumiy axborot obyektlarini talb qilsak, ammo hamma axborot obyektlari va ular orasidagi hamma aloqalarni bitta MBda amalga oshirib bo‘lmasa.
Agar axborot obyektlari umumiy aloqaga, munosabatga va atributlarning umumiy turiga ega bo‘lsa. MB tizimining axborot tuzilmasini ko‘rishga misol sifatida avtomobilsozlikda ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini axborot ta‘minoti tizimining MB uchun axborot tuzilmasini ko‘rish jarayonini qaraymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |