1-bob. Ma`lumotlar bazasining asosiy tushunchalari
Tarmoqlangan tizimlarda ma’lumotlarni taqsimlash usullari
Download 1.69 Mb.
|
ec613b75a51decaf6d60405d564c5683 MySQL po max
Tarmoqlangan tizimlarda ma’lumotlarni taqsimlash usullariBiror R munosabat berilgan. Bu munosabatni shunday R1, ..., Rn munosabatlarga ajratish lozimki berilgan samaradorlik kriteriylariga javob bersin. Samaradorlik kriteriysi bo‘lib, murojaat vaqti yoki kompyuterlar yuklanganligi kabi xossalar ishlatilishi mumkin. Fragmentatsiya korrekt, agar to‘liq bo‘lsa ya’ni kesmalarni o‘z ichiga olmasa va qayta tiklanishi mumkin bo‘lsa. R munosabatni R1, R2, … Rn fragmentlarga dekompozitsiyasi to‘liq bo‘ladi agar R bilan xar bir ma’lumotlar elementi biror Ri munosabatga tegishli bo‘lsa. Dekompozitsiya qayta tiklanuvchan bo‘ladi agar shunday relyatsion ifoda φ(R1, R2, … Rn) mavjud bo‘lsaki R=φ(R1, R2, … Rn) bo‘lsa. Dekompozitsiya kesmalarga ega bo‘lmaydi agar R bilan xar bir ma’lumotlar elementi faqat bitta fragmentda saqlansa. Munosabat fragmentatsiyasi uch turi mavjud: gorizontal; vertikal; aralash. Gorizontal fragmentatsiya. Gorizontal fragmentatsiya kortejlarni fragmentlarga taqsimlashdan iborat. Taqsimlash biror predikat asosida amalga oshiriladi Misol. LOYIXA (Kod, Nom, Tur, Narx). Predikatlar { Narx < 300000. Narx = 300000. Narx > 300000} Kesmalarga ega bo‘lmagan to‘liq taqsimlashni amalga oshiradi Predikatlar { Narx < 300000. Narx> 200000} Kesmalarga ega to‘liq taqsimlashni amalga oshiradi Predikat { Narx < 200. Narx > 300} Kesmalarga ega bo‘lmagan to‘liq bo‘lmagan taqsimlashni amalga oshiradi Gorizontal fragmentatsiya avfzalliklari: munosabat fragmentlarini parallel qayta ishlashga imkon beradi; kortejlarni eng ko‘p murojaat qilinadigan tugunlarga joylashtirishga imkon beradi. Vertikal fragmentatsiya. Vertikal fragmentatsiyada munosabatlar bir necha proektsiyalarga ajratiladi, ya’ni munosabat sxemasi bir necha ostki sxemalarga ajratiladi. Tiklash uchun xar bir ostki sxema birlamchi kalitni o‘z ichiga olishi lozim. Boshqa usulda xar bir fragmentga avtomatik kortej identifikatori qo‘shiladi. Bu identifikator qiymati tizim tomonidan avtomatik o‘rnatiladi. Aralash fragmentatsiya. Aralash fragmentatsiya ketma ket vertikal va gorizontal fragmentatsiyalarni qo‘llashdan iborat. Ma’lumotlarni tugunlarga taqsimlash. F fragmentlarni S tarmoq Q tugunlari bo‘yicha optimal taqsimlash usulini topish lozim. Optimallikni aniqlaganda quyidagi parametrlarni xisobga olishsh lozim: ma’lumotlarni uzatish, saqlash va qayta ishlash narxi; vaqt xarakteristikalari; samaradorlik; cheklanishlar masalan tarmoq tuguni sig‘imi. Fragmentlarni tugunlar bo‘yicha taqsimlash uchun quyidagi ma’lumotlar lozim: ma’lumotlar bazasi xaqida va fragmentlar kattaliklari; ilovalar xaqida (joylashuvi, foydalanish chastotalari); tugunlar xaqidai (tugunlarda ma’lumotlar saqlash va qayta ishlash narxi); tarmoq xaqida (narxi va ma’lumotlarni uzatish vaqtlari). Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling