1-savol Quyidagi restriktazalar yordamida kesilgan plazmidadan hosil bo’lgan fragmentlar asosida plazmidaning restrikson xaritasini chizing. Fermetlar


Download 163.11 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.06.2023
Hajmi163.11 Kb.
#1544589
Bog'liq
11-sinf biologiya yozma ish



11-sinf
1-savol Quyidagi restriktazalar yordamida kesilgan plazmidadan hosil bo’lgan fragmentlar asosida 
plazmidaning restrikson xaritasini chizing. 
Fermetlar (restriktazalar) 
DNK fragmentlari uzunligi (kb) 
BamHI 
7.3, 3.2 
EcoRI 
10.5 
HindIII 
5.1, 3.4, 2.0 
BamHI + EcoRI 
6.7, 3.2, 0.6 
BamHI + HindIII 
4.6, 2.7, 2.0, 0.7, 0.5 
EcoRI + HindIII 
4.0, 3.4, 2.0, 1.1 
BamHI + EcoRI + HindIII 
4.0, 2.7, 2.0, 0.7, 0.6, 0.5 
2-savol Siz genom kutubxonani yaratyabsiz (EcoRI reskriktazasi bilan DNKni parchalashdan 
boshlab) va TOU genini o'z ichiga olgan bitta vektorni aniqladiz. Siz ushbu vektorni yaxshiroq 
o’rganishga qaror qildingiz. Siz vektorni EcoRI bilan kesib, TOU genini ajratib oldingiz. Keyin 
ajratib olingan genni ikki xil restriktaza (SpaII va HindIII) yordamida kesdingiz. Hosil bo’lgan 
DNK fragmentlari quyidagi elektroforez gelida ko’rsatilgan. 
2.1. SpaII va HindIII saytlari orasidagi masofani aniqlang. 
2.2. EcoRI va HindIII saytlari orasidagi masofani aniqlang. 
2.3. Ushbu vektorning restriksion xaritasini chizing. 
3-savol. Quyidagi shajarada qora rangda ma’lum bir kasallikka chalingan shaxslar ko'rsatilgan, 
ularning populyatsiyada tarqalishi 16% ni tashkil qiladi. Ma'lumki, populyatsiyada ushbu kasallik 
uchun javobgar bo'lgan genning ikkita alleli mavjud. "?" belgisi bilan belgilangan shaxsning 
fenotipi noma'lum. 


3.1. Ushbu kasallikning irsiylanish turini aniqlang. 
3.2. 1 - raqamli odamning ushbu kasallik bo’yicha tashuvchi bo'lish ehtimoli qanday? 
3.3. 2 - raqamli odamning ushbu kasallik bo’yicha tashuvchi bo'lish ehtimoli qanday? 
3.4. "?" belgisi bilan belgilangan shaxsning ushbu kasallik bo’yicha sog’lom bo’lish ehtimoli 
qanday? 
4-savol. Populyatsiyada rezus manfiy odamlar 16% (dd) rezus musbat odamlar esa 84% ni tashkil 
qiladi. Populyatsiyada rezus musbat odamlar orasida gomozigota (DD) va geterozigota (Dd) lar 
chastotasini aniqlang. (Xardi-Vaynberg qonuni asosida aniqlang) 
5-savol 
Quyonlar junining rangi muayyan bir genning C, C
h
, C
ch
, c allellari asosida ko’p allellilik tasirida 
irsiylanadi. Ularning bir biriga tasirini quyidagicha ifodalash mumkin: C>Ch
h
>C
ch
>c agar gen 
alellarining uchrash chastotasi quyidagicha bo’lsa C=0,4, C
h
=0,3, C
ch
=0,2, c=0,1
Q. 1. Quyonlarning juni necha xil rang da irsiylanadi ( genotiplarini yozing)
Q. 2 . Populatsiyadagi 4000 ta individ orasida C genini saqlovchi individlar soni C
ch
genini 
saqlovchi individlar sonidan nechtaga farq qilishini aniqlang.
Q. 3. Populatsiyadagi 4000 ta individ orasida CC
ch
hamda C
h
C
ch
genga ega organizmlar soni 
nechtaga farq qilishini aniqlang.

Download 163.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling