Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni muhit tasirida tarbiyalash Docsity
Download 121.33 Kb.
|
Maktabgacha ta\'lim yoshidagi bolalarni muhit tasirida tarbiyalas (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi
MAKTABGACHA VA BOSHLANG'ICH TA'LIM FAKULTETI MAKTABGACHA TA'LIM YÖNALISHI Maktabgacha pedagogika FANIDAN KURS ISHI Mavzu:________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Kirish Asosiy qism Mavzuning dolzarbligi MUNDARIJA K I R I Sh.........................................................................................................3 1.1.Umuminsoniy qadriyatlarning mohiyati, jamiyatdagi o‘rnini pedagogika- psixologiyada o‘rganilishi…………………………………………………… 1.2. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni turli muhit tasirida tarbiyalashning prinsiplari va usullari……………………………………...11 2.1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari………………………… 18 2.2. Tajriba- sinov natijalari............................................................................. 37 XULOSA VA METODIK TAVSIYALAR........................................... 51 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI...............................57 Kirish Muammoning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurish va jahon hamjamiyati tomonidan rivojlangan davlat sifatida o‘rin olish vazifasi qo‘yildi. Albatta yurtimizda jahon talablariga mos keladigan, har tomonlama rivojlangan,o‘z kasbini puxta egallagan, vatanparvar fidoyi insonlarni tarbiyalab yetishtirishda ta’lim muassasalarida o‘qitishni yanada yuksak bosqichga ko‘tarish, uning tarbiya bilan uyg‘unligini ta’minlash katta ahamiyatga ega. Shu sababli Prezidentimiz Islom Karimov ta’limdagi islohotlarga katta e’tibor bilan qaradi. “Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi, – degan edi yurtboshimiz, bizning o‘rta, o‘rta maxsus va oliy maktabgacha ta’lim muassasasilarimiz kasb mahorati va ma’naviy-ma’rifiy, umumbashariy jihatdan ana shunday zamonaviy sohalarda ishlaydigan yoshlarni tayyorlashga qodirmi ? Men imcha unchalik tayyor emas. Xalq ta’limi yangicha sharoitlarda o‘z ishini nihoyatda sekinlik bilan qayta qurmoqda. Jahon bozoridagi integratsiya, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot sur’atlari xalq ta’limining barcha bo‘g‘inlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlashni talab etmoqda. Binobarin, bu hol tarbiya, ta’lim, siyosiy va kasbiy tayyorgarlik 0 0 0 2masalalarini hal etishga kompleks yondashishni taqozo etmoqda” . Barkamol insonni tarbiyalashda umumbashariy qadriyatlarimiz, ma’naviyat ohasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun o‘tgan davr ichida mamlakatmiz rahbariyati tomonidan juda katta ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Jumladan 1994 yilda Prezidentimizning “Istiqlol va ma’naviyat” to‘plami chop etildi. 1994 yil 23 aprelda Prezident tomonidan “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markaz ini tashkil etish to‘g‘risida”gi, oradan ikki yil o‘tgach, ya’ni 1996 yil 9 sentabrda “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Farmonlar e’lon qilindi. 1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX- sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da alqimiz ning umumbashariy qadriyatlari, ma’naviyati masalasiga, yoshlarni milliy va muminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga juda katta ahamiyat berilgan. huningdek “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” dagi uzluksiz ta’limni isloh qilish yo‘nalishlarida “Milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida ta’limning barcha dara jalari va bo‘g‘inlarida ta’lim oluvchilarning 0 0 0 2ma’naviy va ahloqiy fazilatlar ini rivojlantirish” alohida belgilab qo‘yilgan. Bu hujjatlarga binoan Respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 1997 yildan boshlab barcha Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida “Ma’naviyat va ma’rifat asoslari” maxsus kursini o‘qitish to‘g‘risida Qaror qabul qilingan. Ta’lim muassa salarida Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash masalasiga e’tibor berilayotgan bo‘lsada, bu borada o‘z yechimini kutayotgan muammolar talaygina. Tadqiqot ishlari, ilmiy izlanishlarda ko‘proq ta’limiy muammolar, yangicha o‘qitish texnologiyalari mavzulari ustida bahs yuritilmoqda. Aslida, Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash birinchi masala darajasiga olib chiqish, maqsadga muvofiqdir. Chunki jamiyat ravnaqi uchun faqat nazariy bilimlarga ega bo‘lgan, mexanik mashina singari vazifalarini bajaruvchi kasb egalari emas, balki, eng avvalo chuqur his-tuyg‘uli, yuksak ma’naviy- axloqiy fazilatlarga ega shaxslar zarur. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni mustaqil, erkin faoliyati orqali axloqiy fazilatlarni tarkib toptirish bilangina bunday shaxsni Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlarilash mumkin. Mustaqillik sharofati bilan milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analarimiz, axloq-odob, madaniyatimiz qayta tiklanib, ta’lim-Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari mazmunining asosiga aylandi. Zero, o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘z milliy qadriyatlarini, axloq-odob madaniyatini o‘zlashtirishi va ularga hurmat bilan qarashi lozim. Shundagina u o‘z yurtining haqiqiy vakili degan ulug‘ unvonga ega bo‘ladi. O‘zbek xalqi tarixan Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash sohasida o‘ziga xos dorulfunun yaratgan. Bu borada xalq pedagogikasi boy tajribaga ega. Bugungi kundagi Maktabgacha ta’lim yoshi dagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash maqsad va vazifalarini hal etishda uning o‘rni beqiyosdir. Keyingi yillarda Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash an’analariga oid muammolar yuzasidan ko‘plab tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tarbiyachi olimlarimiz tomonidan yaratilgan bir necha risola, qo‘llanma, ilmiy-tadqiqot ishlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. R.H.Jo‘rayev, P.Holmatov, Sh.Sharipov, B.Raximov, U.Nishonaliyev,N.Saidaxmedov, O‘.Tolipov, S.Nishonova, R.Safarovalarning tadqiqot ishlari shular jumlasidandir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning usul va vositalari muammosiga bag‘shlangan tadqiqot ishlari ko‘plab uchrasada, ammo ular asosan katta yoshdagi tarbiyalanuvchi va talabalar o‘rtasida ushbu muammoning yechimini topishga qaratilgan. Lekin, Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda qo‘llaniladigan usul va vositalar haqida yaxlit bir tadqiqot ishi qilingan deb bo‘lmaydi. Qolaversa, keyingi yillarda Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashga nisbatan ta’limga e’tibor kuchayib bormoqda. Muammoning dolzarbligi, nazariy-pedagogik va amaliy holatidan kelib chiqib, biz bitiruv malakaviy ishimizning mavzusini “Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash” deb oldik. Tadqiqot ishimizning maqsadi – Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashdan iboratdir. Tadqiqot ishimizning obyektini – Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash tizimi, uning predmetini – Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash jarayonida qo‘llaniladigan samarali usul va vositalari etib oldik. Muammoning dolzarbligi, maqsadi, obyekt va predmetidan kelib chiqqan holda tadqiqot ishimizning quyidagi vazifalarini belgilab oldik: Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning mazmuni, maqsad va vazifalarini aniqlash; Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning qo‘llaniladigan samarali usul va vositalarini tasniflash; Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning samarali usul va vositalari ta’sirida Maktabgacha ta’lim yoshidagi bola shaxsini aniqlash yo‘llarining pedagogik-psixologik shart-sharoitlarini nazariy va metodik jihatdan asoslash; To‘plangan nazariy-metodik ma’lumotlar va tajriba-sinov natijalari asosida uslubiy tavsiyalari berish. Tadqiqot ishimizning bazasi bo‘lib, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasigacha ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchilari xizmat qildi. Tajriba-sinov ishlarimizda 12 ta tarbiyachi va 59 ta tarbiyalanuvchilar ishtirok etdilar. Tadqiqot ishimizning nazariy ahamiyati shundan iboratki, biz unda Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning maqsad va vazifalarini, uni amalga oshirishning samarali vosita va usullarini ochib beriladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashni uzviyligi, vositalarini tajriba-sinov ishlari natijalari bilan asosladik. Belgilangan tadqiqot maqsadi va vazifalarini hal etish bitiruv malakaviy ishimizning mazmunini tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ish o‘z ичига кириш, ikki bob, uning to‘rt fasli, xulosa va metodik tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini oladi. I bob. MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI UMUMINSONIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING ILMIY- NAZARIY ASOSLARI 1.. Umuminsoniy qadriyatlarning mohiyati, jamiyatdagi o‘rnini pedagogika-psixologiyada o‘rganilishi Mustaqillik mevasi bo‘lgan , biz qurayotgan xukukiy , demokratik jamiyatning ma’naviy binosi mustaxkam bulishi kerak . Bu esa avvalo , avlodni chukur bilimli, teran fikrli uz o‘tmish durdonalaridan va ma’naviy qadriyatlaridan xabardor , vatanparvar , xalkparvar , fidoiy kilib tarbiyalashni takozo etadi . Komil inson shaxsini tarbiyalash ishi esa eng murakkab qiyin jarayondir . Bu jarayonni amalga oshirishda ular ongiga milliy va ma’naviy qadriyatlarni singdirish maqsadga muvofikdir . Demak , yosh avlod qachonki o‘z tarixini , madaniyatini , milliy qadriyatini , tilini , dinini va urf-odatlarini mukammal bilgandagina mustakillikning tub moxiyatini yanayam chukurrok anglaydi . Milliy istiklol mafkurasi xam ana shu milliy qadriyatlarga asoslanib yaratilishi bejiz emas , albatta . Bu borada Prezidentimiz I.Karimovning « Xar bir fukaro ajdodlarimizning bebaxo merosi , milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bulishga erishish , yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash , ularni yaratuvchanlik ishlarida da’vat kilish , shu mukaddas zamin uchun fidoiylikni xayot mezoniga aylantirish - milliy istiklol mafkuramizning bosh maqsadidir»- deganlari ayni muddaodir . Prezidentimiz I.A. Karimovning bir qancha asarlarida, «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqa manbalarda Respublikamiz yoshlarini qanday insonlar qilib Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari lozimligi aniq belgilab berilgan. Bugungi kunda Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashadan asosiy maqsadi - yosh avlodni har tomonlama yetuk, jamiyatimiz taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan barkamol insonlar etib shakllantirishdir. Barkamol inson o‘zida ma’naviy va jismoniy yetuklikni mujassam etadi. Yoshlarimizni qadriyatlar asosida tarbiyalash uchun birinchi galda sharq mutafakkirlarining meroslari dasturi amal bo‘lib xizmat qiladi. Al- Farobiy, A.Yassaviy, B.Naqshbandiy, Al-Buxoriy, Beruniy, Ibn Sino, al-Xorazmiy, al- Farg‘oniy, Firdavsiy, A.Temur, A. Navoiy va Bobur singari jahonga taniqli bir necha aql egalarining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlariga tayanib ish ko‘rilsa Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari ta’sirchanligi yanada mukammallik kasb etadi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ma’naviy qadriyatlar va istiqlol istikboli xamda mafkuraviy ong , yashash tarzi hakida, ya’ni avlodlar mushtarakligi to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz , uni uch toifaga bo‘lish lozim : Keksa avlod istiklolni ardoqlab shunday erkin va ozod kunlarga yetib kelgani uchun shukronalar aytayotgan bulsa , urta avlod talabchan , ochig‘ini aytish kerakki , xayotda uz urnini topayotir , ayrim xollarda , iste’molchilik kayfiyatida xam yelib yugurmokda , yosh avlod esa xayotga faol kirib kelmokda , ularning yashash tarzi to‘g‘risidagi qarashlarning shakllanishida milliy va ma’naviy qadriyatlarning aloxida urni va axamiyati borligini ta’kidlash mumkin va Ayni paytda , ularning xayotdagi ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlarni , ya’ni mafkuraviy talablarni idrok etishdagi burchi va mas’uliyatini anglash tuyg‘usi tobora usayotganliga guvoxmiz . Xush, ma’naviy qadriyatlarimiz xususida sharq mutafakkirlarimizning ilmiy , ma’rifiy merosi borasida yoshlarimizning tasavvur va bilim darajasi kanday ? Qayd kilish lozimki o‘rta asrlar uygonish davri , bunyodkorlari bulmish allomalar bizning ajdodlarimiz ekanligidan faxrlanamiz . Bu borada Ibn Sinoning ma’naviy merosida kator muammolar tizimida axlok-odob masalalari e’tiborli saloxiyatga egadir . Uning «Burch xakida risola» , «Axlok xakida risola» , «Insof xakida risola» kabi asarlarida axlok-odobning goyat muxim kirralari bayon etilgan . Mutafakkirlarning asarlarida, jumladan « Tadbiri manzil» risolasida xam inson tabiati azaldan axloqli yoki axloksiz bulmaydi , degan g‘oya muxim axamiyat kasb etadi . Aslida odamlar tayyor fazilat , odat va xayotiy ko‘nikmalar bilan tug‘ilmaydilar. Bunday xususiyatlar ularning ijtimoiy hayotida shaxsiy va o‘zgalar tajribasi , ajdodlar an’analari , ta’lim-tarbiyaning faol ta’siri ostida asta-sekin shakllana boradi . Ta’lim-tarbiya o‘zgalarning ma’naviy ta’siri ostida inson uzida ijobiy axlokiy fazilatlarni shakllantiradi yoki «yomon dustlar» ya’ni salbiy odatlar soxibiga aylana boradi . Jahonda XII asrdan boshlab xanuzgacha algebra fani asoschisi sifatida Al- Xorazmiy nomi ulug‘lanadi . Hozirgi zamonda kosmik kemalar, havo transporti , hisoblash texnikasi , ishlab chikarishning texnologik jarayonlar algoritmi qoidasi asosida ishlaydi . Abu Nasr Farobiy inson akliy va ijodiy faoliyatining takomillashuvida musiqiy oxanglarning fizikaviy holatiga asos soldi . U Musqkaning matematik nazariyasini yaratdi . Bunday yaratuvchanlik milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz sifatida ulug‘lanar ekan , ularni o‘rganish , o‘zlashtirish yosh avlodning muxim burchi bo‘lmog‘i kerak . Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, bu yosh avloddan milliy g‘oya asosidagi tafakkur , chuqur bilim va ixtisoslikni talab kilmokda . Uning negizi- milliy qadriyatlarimizdir. « Yangicha yashash , ozod va obod Vatan erkin va farovon xayot kurish tuygusi esa yosh avlod oldiga keksa avlodga qaraganda mas’uliyatlirok vazifalarni qo‘ymokda . Xususan , ong va tafakkur xamda ma’naviy qadriyatlardagi uzgarishlar xayot talabidan orkada kolayotganligi ma’naviy saloxiyatdagi qusurlar bilan bog‘likdir . Shunday qilib, qadriyatlar-harakat usuli, metodikasi va uning individual yetimga aylanishi uchun shart-sharoit yaratish degan ma’noni bildiradi. Mustaqillik milliy ma’naviyatimizning zaminini tashkil qiluvchi «qadriyatlar», «milliy istiqlol», «milliy iftixor», «milliy g‘urur», «milliy ong» kabi tushunchalarning ijtimoiy siyosiy va kundalik hayotimizdagi asosiy ahamiyati va o‘rnini qayta tiklab berdi. Bu bizning ma’naviy hayotimizda qo‘lga kiritgan katta yutuqlarimizdandir. Xush, qadriyatlar o‘zi nima? Ularning mohiyati, asosiy jihatlari nimadan iborat? Eng avvalo, shuni qayd qilish kerakki, qadriyatlar juda sermazmun va ko‘p qirrali tushunchadir. Shuning uchun ham adabiyotlarda mazkur tushunchaning mohiyatini ifodalashda turlicha yondashuvlarni uchratishimiz mumkin. Masalan, «Falsafiy ensiklopediya»ning beshinchi jildida qadriyatlar quyidagicha 0 0 1Ftavsiflangan: «Qadriyat fal safiy va sotsiologik tushuncha. U, birinchidan, biror obyektning ijobiy yoki salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ, belgilovchi—bag‘ishlovchi jihati (subyektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi. Shunga ko‘ra obyektiv (ashyoviy) va subyektiv (ong) qadriyatlari bir biridan farqlanadi» Mazkur manbada yozilishicha, tabiiy boyliklar va tabiat hodisalari (bular yaxshilik va yomonlik nuqtai nazaridan baholanadi) mehnat mahsullarining iste’mol qiymati (umuman foydalilik); ijtimoiy hodisalarda mujassamlashgan ijtimoiy ezgulik va yovuzliklar; tarixiy hodisalarning progressiv yoki reaqion ahamiyati, hozirgi zamon kishilarining boyligi sifatida namoyon bo‘luvchi moziynning madaniy merosi, ilmiy haqiqatning foydali samarasi yoki nazariy ahamiyati, kishilarning hatti harakatlarida ifodalanuvchi axloqiy, yaxshilik yoki yomonlik, tabiiy va ijtimoiy obyektlarning hamda san’at asarlarining estetik jihatdan tavsiflanishi, sajdagohlar, diniy ibodat buyumlari va boshqalar ashyoviy qadriyatlarga kiradi 0 0 1 FOng qadriyatlariga normativ tasavvurlar (yaxshi lik vayomonlik adolat, go‘zallik va xunuklik haqidagi, tarixning ma’nosi va insonning vazifasi haqidagi tasavvurlar, ideallar, harakat meyorlari va tamooyillari tarzida ifodalangan ijtimoiy ko‘rsatmalar va baholar, talab va ta’qiqlar, maqsad va loyihalar kiradi. Qadriyatlarni mazmuni va harakteriga ko‘ra progressiv va reaqion tiplarga ajratish mumkin» Bu esa, mazkur kategoriyani o‘ta sig‘imdor qilish bilan birga uni izohlashni mushkullashtiradi. Turli chalkashliklar keltirib chiqaradi. Shu jihatdan taniqli faylasuf olim V.P.Tugarinovning fikri e’tiborga loyiqdir: 0 0 1F«Qadriyatlar muay yan jamiyat yoki guruhga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal ne’matlari bo‘lgan tabiat va jamiyat hodisalarining mohiyati (yoki hodisaning bir jihati)dir. Bu ne’matlarning qadriyatlar deyilishiga sabab kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shahsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi. Shuning uchun ham kishilar o‘z tasavvurlaridagi qadriyatlarni ximoya qiladilar va o‘zlari uchun maqsad yoki ideal bo‘lgan qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda, qadriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning o‘zidir, chunki hayotdan mahrum bo‘lish qolgan barcha qadriyatlardan foydalanishni yo‘qqa chiqaradi. Qadriyatlarning boshqa turlari, aslini olganda, hayot ne’matlarining mohiyatidir, madaniy qadriyatlardir». V.P.Tugarinov «qadriyat» va «baho» tushunchalarini bir biridan farqlash zarurligini uqtiradi. U yoki bu hodisani qadriyatlarga mansub hisoblash, ya’ni uni qadriyatlarga qo‘shish yoki qo‘shmaslik ana shu munosabatga, ijobiy yoki salbiy bahoga bog‘liq. Yosh avlodni Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini shakllantirish – bizning burchimizdir. 1.2. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning prinsiplari va usullari Davlatimizning mustaqillikka erishuvi ta’lim va Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlarining milliy shakllarini rivojlantirishga keng imkoniyatlar ochib berdi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari - ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlari nazarda to‘tgan xolda, tarbiyachilarning tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy va nazariy muloqatidir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda uning mohiyatini tushunib yetish kerak. Qadriyatlar o‘zining mohiyatiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi. Jumladan, inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yuq joyda biron narsaning qadr qimmati haqida so‘zlash bema’nilikdir. Shuning uchun ham inson qadr qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog‘lig‘ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlarning, islohotlarning barchasi kishilar hayoti to‘q, boy, go‘zal bo‘lishi, inson o‘zini chinakam erkin his etishi, o‘z mehnati natijasining, o‘z taqdirining, o‘z mamlakatining egasi bo‘lishini ta’minlashga qaratilgandir. Inson ehtiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlar katta ahamiyat kasb etadi. Tabiiy qadriyatlarga yer va yer osti boyliklari, suv, xavo, o‘rmonlar, o‘simliklar, xayvonot dunyosi va boshqalar kiradi. Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston zamini xilma xil qazilmalarga boy. Yer yuzasiga yaqin yotgan qazilmalarning aksariyati ochilgan va ular xalq xo‘jaligi, fan va texnika tarakqiyoti uchun xizmat qilmoqda. Shu bilan birga xali ochilmagan, ruyobga chiqmagan konlar ham ko‘p. Bu konlarning juda oz qismi bevosita yer yuziga chiqqan bo‘lsa, aksariyati yer ichkarisida yashirinib yotibdi. Iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy xom ashyo uyumlari «foydali qazilmalar» O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, uning asosiy qadriyatlaridandir. O‘zbekiston behisob tabiiy boyliklarga, qulay jug‘rofik muxitga ega. Tabiat tabiiy resurslar manbaidir. Tabiiy resurslar, ya’ni yonilg‘i, har xil metallar, rudalar, havo, suv, o‘simliklar, xayvonot dunyosi bo‘lmasa insoniyat yashay olmaydi. Tabiat biz uchun moddiy ne’matlarning bosh manbai sifatida ham, cog‘lik, shodlik, turmushga mehr-muxabbatning va har bir kishidagi ma’naviy boyliklarning bitmas tuganmas omili sifatida ham o‘zining g‘oyat zo‘r ahamiyatini hech qachon yuqotmaydi. Ona Yer kishilar uchun moddiy ne’matlar manbai, dastlabki mehnat 0 0 1Fvositalarining xazinasidir, inso niyat taraqqiyotining beshigidir. Yerdan inson o‘zi uchun zarur narsalarni undiradi. Yer insonni boqadi. Taniqli ingliz iqtisodchi olimi Vilzm Petti aytganideq, mehnat boylikning otasi bo‘lsa, Yer uning onasidir. Insonning kundalik hayoti va sevinchlari ham Yer tufaylidir. Shunday ekan, inson uchun g‘oyat darajada muxim va zarur bo‘lgan hayot manbai Yerni qadrlamaslik e’zozlamaslik mumkin emas! Zotan, O‘zbekistan Konstitutsiyasining 55-moddasida yozib qo‘yilgan: «Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muxofazasidadir» Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda ularga birinchi navbatda inson mehnati, xatti-harakati, aql zakovati bilan yaratilgan «ikkinchi tabiat», ya’ni turli tuman moddiy boyliklar, zavod va fabrikalar, ishlab chiqarish kuchlari, transport vositalari, asbob-uskunalar, turar joy, mol-mulk, noz-ne’mat va shu qabilar moddiy qadriyatlar ekanligini tushuntirish lozim. Ma’lumki, moddiy qadriyatlarning asosini jamiyatimizning moddiy texnika 0 0 1Fbazasi tashkil qiladi. Insoniyat jamiyatining har biri o‘ziga xos moddiy texni ka bazasiga ega. Ular bir-biridan sifat jihatidangina emas, balki miqdor jihatdan ham farq qiladi. Tosh va yog‘ochdan yasalgan sodda qurollarni ishlatish, yoyning ixtiro qilinishi va ov qilish, olovdan foydalanishning kashf etilishi, metalldan mehnat qurollarini yasash va boshqa shu qabilar hammasi ibtidoiy jamiyat moddiy texnika bazasi uchun harakterlidir. Biroz takomillashgan mehnat qurollarini dexqonchilik, hunarmandchilik va qurilish ishlarida qo‘llash, og‘ir jismoniy mehnat talab qiladigan barcha sohalarda qullarning mehnatidan shafqatsizlarcha foydalanish quldorlik jamiyatining moddiiy texnika bazasi uchun xos belgilardir. Shamol va suv tegirmonlaridan foydalanish, metallarni eritish va ularni qayta ishlash yo‘llarini yaxshilash feodal jamiyatiga taalluqli moddiy texnika bazadir. Yirik va kuchli mashinalarni ixtiro qilish, ijtimoiy ishlab chiqarishda fan-texnika yutuqlaridan keng foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish, yangi texnologiyani joriy etish, tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan har tomonlama foydalanish indo‘strial jamiyatning moddiy texnik bazasini tashkil etadi. Respublikamizda taraqqiy etayotgan mashinasozlik, metallurgiya, kimyo, issiqlik energiyasi, transport va aloqa, kapital qurilishi, yengil, oziq-ovqat, agrar sanoati va boshqa milliy boyliklar majmuasi mustaqil O‘zbekiston xalqining 0 0 1Fmoddiy qadriyatlarini tash kil etadi. 0 0 1 FModdiy qadriyatlarning negizini mulk tashkil eta di. Davlat iste’molchilarning hyquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi Prezidentimiz ta’kidlaganidek mulkchilik munosabatlari masalalarida yaqin vaqtlar ichida qat’iy o‘zgarishlar amalga oshirilishi kerak. Mulk o‘zining haqiqiy egasi quliga o‘tishiga erishish zarur. Faqat ana shundagina uning egasi ushbu mulkni saqlash va ko‘paytirish uchun kurashadi. «Mulkning, - deydi I. Karimov, —mulkdorga tom ma’noda xizmat qilishiga, uning mulk egasiga, butun mamlakatga foyda keltirib, har bir fuqaroning farovonligiga xizmat qilishiga erishish zarur. Ana shundagina paydo bo‘layotgan mulkdorlar guruhi o‘z mamlakatining iqtisodiyotini mustahkamlashdan chinakam manfaatdor bo‘ladi, ijtimoiy tuzumni mustahkamlash va himoya qilish, ijtimoiy siyosiy barqarorlikni ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni yaratadi». Insonning hayotida madaniy-ma’naviy qadriyatlar katta o‘rin egallaydi. 0 0 1 FUnga ilmiy texnikaviy va intel lektual imkoniyatlar, maorif, ta’lim tarbiya, tibbiy xizmat, milliy meros, turli shakllarda namoyon bo‘ladigan madaniyat durdonalari, til, adabiyot, san’at, xalq hunarmandchiligi maxsulotlari, noyob tarixiy va madaniy yodgorliklar, arxitektura va hokazolar kiradi. Markaziy Osiyo azal-azaldan ilm-fan va madaniyatning, adabiyot va san’atning markazlaridan biri bo‘lib kelgan. Bu o‘lkada yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar jahon ilm fani va madaniyatini o‘z kashfiyotlari va o‘lmas asarlari bilan ijodiy boyitib, yuqori cho‘qqiga ko‘tardilar, uning keyingi taraqqiyotiga samarali ta’sir ko‘rsatdilar. Butun madaniy olamga taniqli olimlar va mutafakkirlar, Samarkand, Buxoro, Shahrisabz, Xiva singari muxtasham shaharlar yaratuvchilari bo‘lmish ulug‘ ajdodlarimizning ijodiyoti o‘zining ulug‘vorligi va go‘zalligi bilan hozirgacha hammani lol qoldirmoqda. «O‘zbekistonda yuz berayotgan progressiv o‘zgarishlar,— deydi I.Karimov, — uning juda katta tabiiy boyliklari, ishlab chiqarish, ilmiy texnikaviy va intellektual imkoniyatlari, noyob milliy madaniy merosi, xalqimiz tarixi va hozirgi hayoti bilan qiziqayotgan dunyoning barcha mintaqalaridagi siyosatchilar, bizneschilar, oddiy odamlarni o‘lkamizga tabora ko‘proq jalb etmoqda» Endilikda mintaqamizning boy ma’naviy madaniyati, uning noyob milliy qadriyatlari, bebaho falsafiy va ma’naviy merosi xalqimizning ruhiyati, ma’naviyatini yanada yuksak darajaga ko‘tarish uchun xizmat qilmoqda. Biz Sharq sivilizatsiyasi va madaniyatiga mansubligimiz bilan faxrlanamiz, deydi Prezidentimiz I.Karimov,- Sharq sivilizatsiyasi va madaniyati esa doimo xalqni bo‘lg‘usi o‘zgarishlarga ma’naviy va ruhiy jihatdan tayyorlashga intilib kelgan. Axloqiy qadriyatlar kishilarning bir birlariga, o‘zlari mansub jamoaga, vatanga nisbatan tarixan tarkib topgan munosabatlarini ifodalaydi. Axloq muayyan xulq atvor, odob, xatti harakat, meyor, qoida va tamoyillar majmuasidir. Axloqiy tushunchalarga yaxshilik va yomonlik burch, vijdon, sha’n (or-nomus), baxt, adolat, ideal qabilar kiradi. Insonning oila, jamiyat, xalq manfaatlarini anglab qilayotgan har qanday xatti harakati yaxshilik kategoriyasi nuqtai nazaridan baholanadi. Burch — kishining Vatan, xalq, jamoa, oila bilan o‘zaro munosabatlarida o‘z oldidagi majburiyat va mas’uliyatini sezishi, ularga nisbatan sadoqatni ifodalaydi. Vijdon kishining xatti harakatiga o‘zining munosabatini, kishining o‘z xulq odobi uchun ma’naviy mas’uliyat hissini ifodalaydi. Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra milliy, mintaqaviy va umuminsoniy turlarga bo‘linadi. Milliy qadriyatlar - murakkab ijtimoiy ruhiy hodisa bo‘lib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, urf odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Har bir ruhan sog‘lom kishida o‘z qadr qimmatini saqlash, o‘zini hurmat qilish tuyg‘usi mavjud. Har bir millatda ham xuddi shu holatni ko‘ramiz. Millatlarning o‘z o‘zini anglash jarayoni takomillashgan sari milliy manfaatlar ham, milliy qadriyatlar ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi. Milliy qadriyatlarning e’zozlanishi va kuchayib borishi zinhor milliy hudbinlikka, manmanlikka olib kelmasligi kerak Shuning uchun ham bu masalada xushyorlik, nazokat, insof, diyonat, bag‘rikengliq sahovat talab qilinadi. Zotan, milliy qadriyatlarning o‘zi ayni paytda, mintaqaviy yoki umuminsoniy qadriyatlarning uzviy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Mintaqaviy qadriyatlar iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, dini, urf-odat va an’analari mushtarak bo‘lgan xalqlar manfaatlariga xizmat qiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar majmuasini tashkil etadi. Mintaqaviy qadriyatlarga misol sifatida Markaziy Osiyo xududida istiqomat qiluvchi o‘zbeq qozoq, tojiq qirg‘iz, turkman xalqlariga xos bo‘lgan qadriyatlarni eslatib o‘tishimiz mumkin. Buyuk Turon diyorida unib o‘sgan mazkur xalqlarning0 0 1 Ftarixi, tili, mada niyati, dini, urf odat va an’analarida juda ko‘p umumiyli mavjud. Ular hamisha bir birlariga orasini, quda qudag‘ay bo‘lganlar,hozir ham bahamjihat, totuv hayot kechirmoqdalar. Mazkur xalqlarning iqtisodiy, madaniy, ma’naviy, savdo sotiq. munosabatlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Qadimdan bir ma’naviy ruhiy iqlimdan nafas olib kelgan xalqlarimiz tariximizning, ayniqsa, bugungi mas’uliyatli davrida aql, zakovat va shijoat, dunyoviy salohiyat va milliy g‘urur talab etadigan bir pallada yana ham yaqinroq, yana ham mehr oqibatliroq bo‘lishlari lozimligini hayotiing o‘zi taqozo qilmoqda. Mintaqaviy qadriyatlar turkumiga Markaziy Osiyoda yagona iqtisodiy hududni tashkil qilish, Orol muammolarini xal etish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, mintaqamizda yashovchi xalqlarni tibbiy, ijtimoiy jihatdan himoyalash, boy tarixiy, ma’naviy merosimizni avaylab asrash qabilar kiradi. Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlardan mazmuni jihatdan chuqur va keng bo‘lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishlariga muvofiq koladi. Shuni ta’kidlash kerakki, jahondagi birorta xalq va millat o‘zidan boshqa xalq va millatlardan, umuman jahon sivilizatsiyasidan mutlaqo ajralgan, alohida madaniyatga ega emas. Millatlar boshqa xalqlarning madaniy ma’naviy yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydilar. Shu sababli, barcha xalqlarning ijtimoiy iqtisodiy, madaniy ma’naviy rivojlanishi, tarixi bir biri bilan chambarchas bo‘lib ketgan. Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat sivilizatsiyasining tarakqiyoti 0 0 1Fbilan bog‘lik bo‘lgan umum bashariy muammolar kiradi. Ulardan eng asosiylari yer yuzida ilm fanini taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash, yadroviy qurollarning poygasini to‘xtatish, xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni muxofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat0 0 1 Fxom ashyosi, ener giya manbalari va oziq-ovqat bilan ta’minlash, koinotni v jahon okeani resurslarini o‘zlashtirish bilan bog‘lik bo‘lgan muammolar kirdi. 0 0 1 FJamiyatimizning iqtisodiyoti, mada niyati va ma’naviyatining ilgari qara rivojlanishiga, milliy axloq, odob, urf-odat negizlarida komil inonni tarbiyalashga mustaql Respublikamizni har tomonlama ravnaq toptirib, jahon sivilizatsiysiga qo‘shishga astoydil hizmat qiladigan qadriyatlar — bu progressiv qadriyatlarni tashkil etadi. Aksincha, jumhuriyatimizning oldida turgan ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy. madaniy, ma’naviy muammolarni hal etishga tusqinlik qiladigan hodisalar reaksion qadriyatlarga kiradi. Shuning uchun tarbiyachi birinchi uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko‘rib tarbiyalanuvchining mashg‘ulot tayyorlaydigan xonasi, uydagi xo‘jalik ishlariga ishtiroki, nimalarga ko‘proq qiziqadi, kun tartibi singari masalalar bo‘yicha fikr yuritishi zarur. Ba’zi Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari ota-onalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga kelishi uchun Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlariga xilof ish tutadi. Masalan, «Bolaning papkasi, kundalik daftarini olib qo‘yib, ota-onangni aytib kelsang beraman»-deydilar. Bunday muomala ota-onalar bilan Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari o‘rtasidagi munosabatni yomonlashtiradi. Oilada bola Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlariga salbiy ta’sir qiladigan omillar asosan ota-onalarning pedagogik bilimlari yetarli emasligidan shaxsning rivojlanishi qonunlarini tushunmasligidan kelib chiqadi. Pedagogik tashviqotning barcha turlari ota-onalar Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etishi, o‘z farzandlarini yanada yaxshiroq o‘rganishlariga yordam beradi. Bu Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlariishlarimizni talab darajsiga chiqishda muhim o‘rin tutadi [4, 6, 7, 9, 11, 12, 13, 30 ]. II bob. MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI UMUMINSONIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK SHART – SHAROITLARI. 2.1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari. Qadriyatlar-harakat usuli, metodikasi va uning individual yetimga aylanishi uchun shart-sharoit yaratish. Qadriyatlar inson ma’naviy kamolotining muhim omili hamdir. Har bir millat rivojlanishidagi tarixiy voqealar, unga ijobiy hissa qo‘shgan shaxslar ham milliy qadriyatlar jumlasiga kiradi. Qadriyatlarga baho berishdan oldin ular yuzaga kelgan konkret tarixiy sharoitlar, o‘sha davrlarga xos bo‘lgan imkoniyat va ehtiyojlarni ham bilmoq kerak. Kechagi voqealarni bugungi talab bilan o‘lchash mumkin bo‘lmaganidek, har bir qadriyatning ijtimoiy ahamiyatini bilishga muayyan tarixiy sharoitlarni hisobga olib yondashmoq kerak. Qadriyatlarning ijtimoiy ahamiyatini anglash kishilarning istiqbol vazifalarini to‘g‘ri tasavvur qila bilish imkoniyati bilan ham bog‘liq. Jamiyat a’zolarida yetuk ijtimoiy, milliy ong bo‘lishi, ma’naviy kamolotning yuksakligi qadriyatlarning rivojlanish imkoniyatlarini kuchaytiruvchi, ijtimoiy va tarbiyaviy samaradorligini oshiruvchi omildir. Qadriyat va meros tushunchalari o‘zaro yaqin bo‘lsa ham ular bir xil ma’noni bildirmaydi. Qadriyat va meros bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lishiga qaramay, har qanday meros qadriyat bo‘la olmaydi. Meros tushunchasining mohiyati qadriyatga nisbatan kengdir. Bundan tashqari, qadriyat faqat o‘tmishdan qolgan merosgina emas. Hozirgi kun talablari, yangi sharoit va imkoniyatlar asosida shaklla-nayotgan ijtimoiy, ma’naviy, siyosiy hodisalar ham qadriyat hisoblanadi. Hozir O‘zbekistonda milliy istiqlol mafkurasini rivojlantirish uchun katta ishlar olib borilmoqda. Taraqqiyotning hozirgi vazifalari va millat manfaatlariga mos keluvchi bunday mafkura yaratilmoqda. Bu mafkurani yaratishda o‘tmish merosidan unumli foydalanilsa ham u yangi davrda shakllangan qadriyat sifatida yuzaga kemoqda. Meros - o‘tgan avlodlar tomonidan yaratilgan, bizgacha yetib kelgan ijtimoiy- ma’naviy, moddiy hodisalar, madaniy boyliklar, urf-odatlar, marosimlar, axloq normalaridir. Meros taraqqiyot uchun ham zarur omil bo‘lgandagina, qadriyat darajasiga ko‘tarila oladi. Meros bilan qadriyatlarni baholash mezonlari bir-biridan farq qiladi. Moddiy va ma’naviy merosni baholashda uning tarixiy shakllanishi sharoitlari va imkoniyatlarini o‘rganishga katta e’tibor beriladi. Merosning hozirgi kun uchun ham bo‘lgan ahamiyatini bilish uni qadriyatlar jumlasiga kiritishdir. Qadriyat turlari. Qadriyatlar mohiyati jihatidan moddiy va ma’naviy qadriyatlarga bo‘linadi. Inson kuchi, aqli-zakovati bilan yaratilgan tabiat go‘zalliklari, arxitektura, san’at va madaniyat asarlari - barchasi moddiy, ya’ni noosfera qadriyatlar jumlasiga kiradi. Axloq odob, bilim, ilm, malaka, iymon, insof, e’tiqod va boshqalar ma’naviy qadriyatlar. Moddiy va ma’naviy qadriyatlar bir-biri bilan bog‘liqdir. Ular o‘z navbatida, quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 1. Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar. Qadriyatlarning bu turiga iqlim sharoiti, tabiat go‘zalliklari, milliy-davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan qo‘riqxonalar, tabiatning inson yashashi, mehnat qilishi uchun zarur bo‘lgan sharoit va imkoniyatlari kiradi. Tabiiy muhit sharoiti va imkoniyatlari ham inson ehtiyojlari, yashash imkoniyatlari bilan taqozolangan taqdirdagina qadriyat, deb baholanadi. Shu ma’noda olib qaraganda, tabiat sharoitlarini qadriyat deb qarash unga ma’lum maqsad va manfaat asosida yondashayotgan inson tomonidan berilgan bahodir. Tabiatning inson manfaati asosida o‘zlashtirilgan, o‘zgartirilgan qismi ham qadriyatdir. 2. An’analar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo‘ladigan axloqiy qadriyatlar. Bu qadriyatlar asosan obyektiv taraqkiyot va subyektiv ruhiyatning ifodasi bo‘lib kishilarning o‘zaro munosabatlarida, turmush tarzi va faoliyatida, yurish- turishida, axloqi va odobida ko‘zga tashlanadi. Axloq, insonning ichki ruhiy e’tiqodi, odob esa uning amalda namoyon bo‘lishidir. Turli urf-odatlar, marosimlar kishilarning kundalik turmush tarzida, axloqiy qadriyatlar esa ularning yurish- turishi, o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Ma’naviy kamolotni o‘zida mujassamlashtirgan inson ham oliy qadriyat hisoblanadi. 3. Insonning aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat malakalari va ko‘nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste’dodlarida namoyon bo‘ladigan qadriyatlar. Bu qadriyatlar insonning mehnat malakalari, ijtimoiy qiziqishlari, mehnat mahsuloti turlarini yaratish sohasidagi amaliy imkoniyatlari, bilimi, iste’dodi va qobiliyatlaridir. Rassom qo‘linda qalam ushlagani uchun emas, balki tajribada shaklangan bilim va iste’dod egasi bo‘lgani uchun ham buyuk san’at asarlarini yarata oladi. 4. Odamlar o‘rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, xayrixohlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlarda namoyon bo‘layotgan qadriyatlar. 5. Kishilarning yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar. Albatta, qadriyatlarning bu turkumini alohida ajratib olib qaramasa ham bo‘ladi. Lekin inson hayotining turli davrlari, faoliyat sohalariga nazar tashlar ekanmiz, bu sohalarda ham e’tiborga sazovor bo‘lgan qadriyatlar va ularning mezonlari borligini ko‘ramiz. Yoshlar va keksalar, erkaklar va ayollar, turli kasb egalari uchun xos bo‘lgan qadriyatlar ham mohiyati jihatidan jamiyat va inson kamoloti uchun xizmat qiladigan ma’naviyatdir. Yuqorida bayon etilgan qadriyatlar, o‘z navbatida, umuminsoniy, mintaqaviy, milliy, diniy qadriyatlarga bo‘linadi. Umuminsoniy qadriyatlar jahon sivilizatsiyasining yaxlitligi, uning barcha bosqichlari bir-biri bilan uzviy bog‘langanligining ifodasidir. Umuminsoniy qadriyatlar qandaydir o‘zgarmas, aqidaviy tushunchalar emas. Davrlar o‘tishi, sharoit, talab va ehtiyojlarning o‘zgarishi bilan ularning mazmuni, baholash mezonlari ham o‘zgarib boradi. Lekin bu o‘zgarishlardan qat’iy nazar, umuminsoniy qadriyatlar odamlarni jipslashtiruvchi, ma’lum maqsadlar, ijtimoiy, ma’naviy kamolotning muayyan yo‘llari uchun birgalashib kurashishga, harakat qilishga chorlovchi ijtimoiy hodisalardir. Umuminsoniy qadriyatlar turli davlatlar, xalqlar o‘rtasidagi ko‘prik vositasini o‘tab, odamlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, hamjihatlik va hamkorlikka chorlovchi kuch vazifasini o‘taydi. Ma’naviyat borasida ham umuminsoniy qadriyatlar barcha xalqlarning madaniyatini yaqinlashtiradi va ularni tezroq kamol topishga imkon yaratib beradi. Umuminsoniy qadriyatlar inson ma’naviy, ijtimoiy kamolotining qandaydir alohida, boshqalardan ajralgan tomoni emas. Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlarning umumlashgan ifodasidir. Umuminsoniy qadriyatlar butun insoniyatga xos qadriyatlar asosida tashkil topadi va rivojlanadi, ular ayni vaqtda barcha milliy qadriyatlarning bir-biriga yaqinlashishi va rivojlanishiga ham xizmat qiladi. Insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat, demokratiya, ijtimoiy adolat hamma yerda barqaror bo‘lishiga intilish, inson huquqlari poymol etilishiga yo‘l kuymaslik, hamma xalqlarning milliy mustaqillik uchun bo‘lgan kurashlarini himoya qilish, kishilarni do‘stlik, hamkorlik va hamdardlikka chorlash, hamma yerda tinchlik, osoyishtalik qaror topishiga harakat kalish, atrof-muhitni toza saqlash umuminsoniy qadriyatlarning hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etayotgan jihatlaridir. Bu qadriyatlar butun insoniyat tomonidan qo‘lga kiritilgan fan, texnika, madaniyat, ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini rivojlantirish borasidagi yangi jihatlar, demokratiya, qonunchilik, adolatni barqarorlash-tirish borasidagi yutuqlardan ham iborat bo‘lib, ulardan oqilona foydalanish respublikamizni jahondagi rivojlangan davlatlardan biriga aylantirish ishiga ham xizmat qiladi. Bu borada biror chekinishlarga, milliy mahdudlik va kalondimog‘likka yo‘l qo‘yish nihoyatda katta yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Umuminsoniy qadriyatlar mahalliy sharoit, imkoniyatlar, tarixiy an’analar bilan bog‘langandagina kerakli samara beradi. Mintaqaviy qadriyatlar ham umuminsoniy qadriyatlar bilan chambarchas bog‘langan. Qadriyatlarning bu turkumi bir-biriga yaqin bo‘lgan sharoitlarda yashagan va mehnat qilgan, tarixi tutash bo‘lgan mamlakatlar va xalqlarda uchraydi. Bu qadriyatlar hozirgi kunda ham katta ahamiyat kasb etmoqda. O‘rta Osiyo xalqlari ming yillar davomida bir-biri bilan yaqindan iqtisodiy va siyosiy aloqalar o‘rnatganlar. Ularning turmush sharoitlari, tili, madaniyati, dini, urf-odatlari bir-biriga yaqin bo‘lishi ko‘plab umummintaqaviy qadriyatlar shakllanishiga olib kelgan. Bu qadriyatlar turli joylarda bir-biridan biroz farq qilsada, mohiyat jihatidan yaqindir. Mehmondo‘stlik, bolajonlik, yaqin qo‘ni- qo‘shnichilik, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilish, qarindosh-urug‘lar, do‘stlar bilan yaqin aloqada bo‘lish, sahiylik, halol bilan haromni farqlash O‘rta Osiyo xalqlarining hammasiga xos bo‘lgan ma’naviy fazilatlardir. Garchand mehmondo‘stlik bilan bog‘liq udumlar mintaqamizning hamma yerida keng tarqalgan yaxshi an’ana bo‘lsa ham ular turli joylarda bir-biridan farq qiladi. Keksalarni, ota-onani hurmat qilish ham O‘rta Osiyo xalqlarining o‘ziga xos yuksak ma’naviy boyligidir. Keksalar ko‘pni ko‘rgan, aql va idrok bilan har ishda maslahat bera oladigan, yoshlarga katta tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladigan kishilardir. Keksalarni hurmat qilish, ulardan saboq olish, hayot tajribasini o‘rganish ma’naviy kamolot uchun yangi imkoniyatlar izlashga harakat qilishdir. Ota-onani hurmat qilish, ularning gapiga, pand nasihatiga quloq solish ham katta ma’naviy qadriyatdir. Ota-ona hech vaqt o‘z farzandiga yomonlik ravo ko‘rmaydi. Ular hayotda ko‘p og‘irlik, yengilliklarni ko‘rgani sababli, farzandlarining istiqbolini ham ulardan ko‘ra ko‘proq o‘ylaydilar, Ba’zan ota-onalarning nasihatlari noqobil farzandlarga og‘irroq tuyuladi. Bu hayotni bilmaslik, hayotning turli jarayonlariga yengil-yelpi qarashning oqibatidir. Farzandlar ota-onaning qadrini o‘zlari ota-ona bo‘lganidan keyingina fahmlab oladilar. Bu davr ichida ular ma’naviy kamolotning ko‘p imkoniyatlarini qo‘ldan boy berib qo‘yadilar. Shuning uchun ulkan ma’naviy qadriyat bo‘lmish ota-onani hurmat qilish odatini aslo unutmaslik kerak. Ota-onaga bo‘lgan hurmat dunyodagi barcha xalqlarda uchraydi. Lekin bizning mintaqamizda bu qadriyatni e’zozlash boshqa hamma joylardagiga nisbatan ustunroq turadi. Hashar yo‘li bilan uy-joy qurishda, uy joylarni ta’mirlashda bir-biriga yordam ko‘rsatish, yetim-yesirlarning, beva-bechoralarning peshonasini silash, ularni qarindosh-urug‘lar o‘z himoyasiga olib, xoru zor bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi ham mintaqamiz xalqlarining barchasiga xos qadriyatdir. Katta ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan mintaqaviy qadriyat- lardan yana biri - jamoatchilik fikridir. Jamoatchilik fikri odamlar o‘rtasidagi bir- biriga yaqinlik, o‘zaro hurmatning ifodasi bo‘lib, keng foydalanish mumkin bo‘lgan qadriyatdir. Qadriyatlarning eng muhim turlaridan yana biri - milliy qadriyatlardir. Milliy qadriyatlar umuminsoniy va mintaqaviy qadriyatlar bilan birlikda mavjud bo‘ladi. Umuminsoniy va mintaqaviy qadriyatlar milliy qadriyatlarning ko‘p tomonlarini o‘z ichiga oladi. Milliy qadriyatlar umuminsoniy va mintaqaviy qadriyatlar ta’sirida keng rivojlanish, takomillashish imkoniga ega bo‘ladi. Ular o‘rtasidagi muntazam davom etib boradigan dialektik munosabat jahon sivilizatsiyasi rivojlanishining muhim omillaridan biridir. Milliy qadriyatlarning shakllanishi va rivojlanishi har bir millat-ning o‘ziga xos tarixi, tili, madaniyati, axloqiy va psixologik fazilatlari, yashash sharoiti, turmush tarzi, ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘langandir. Milliy qadriyatlarning har bir ko‘rinishini uzoq tarixiy taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur o‘rganish orqaligina to‘g‘ri tushunib olish mumkin. Millat mavjud ekan milliy qadriyatlarning ahamiyati aslo kamaymaydi. Millatlarning ma’naviyat jihatidan bir-biriga yaqinlashib borishi ham milliy qadriyatlarning rivojlanish va amal qilish imkoniyatlarini kamaytirmaydi, balki kengaytiradi. Umuman olib qaraganimizda, milliy qadriyatlar har bir millatning mohiyatini, uning muayyan mustaqil ijtimoiy etnik birlik ekanini belgilab beruvchi asosiy mezonlardan biridir. Har bir millat o‘z qadriyatlarini rivojlantirishi va ularga amal qilishida milliy ong, milliy birdamlik tuyg‘usining ahamiyati kattadir. Milliy ruhiyat va ma’naviyatdan mahrum bo‘lgan kishilardagina o‘z tili, tarixi, an’analariga nigilistik munosabatda bo‘lishi mumkin. Agar shunday ahvol ma’lum siyosat ta’sirida kengayib borsa, millat birligi va kamoloti uchun nihoyatda xatarli bir hol yuzaga keladi. Albatta, har bir xalq o‘z milliy qadriyatlari qobig‘idagina o‘ralib qolmasligi kerak. Bunday yo‘ldan borilganida millatning taraqqiyoti sur’atlari pasayadi. Milliy mahdudlik va milliy kalondimog‘lik hech vaqt ma’naviy, ijtimoiy kamolot omili bo‘lgan emas. Boshqa millatlarning qadriyatlarini o‘rganish hamma vaqt ham taraqqiyotning omillaridan biri bo‘lib kelgan. Qadriyatlar qanchalik bir-biriga yaqinlashib, ta’sir ko‘rsatmasin, har bir millat uchun ma’naviy kamolotning asosiy yo‘li va mezoni milliy qadriyatlar bo‘lib qoladi. Biron millatning yaxshi urf odatlari, marosimlari qachonki boshqa millat ruhiga, milliy ma’naviy ehtiyoji va talablariga mos kelgandagina shu millat hayotida chuqur tomir otish imkoniga ega bo‘ladi. Xalqlarga yangi ma’naviy qadriyatlarni singdirish uchun avval, ularga nisbatan ehtiyoj tug‘dirmoq kerak. Ma’naviy ehtiyojsiz, tarixiy an’analarni e’tiborga olmay singdirilmoqchi bo‘lgan qadriyatlar millatning hayotida ma’lum o‘rin olsa ham, uning ruhiyatiga singmaydi, binobarin qalbidan o‘rin olmaydi. Har bir xalq qadrlagan narsa yoki hodisa, birinchi navbatda, uning milliy ma’naviyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Milliy qadriyatlar ham qandaydir o‘zgarmas hodisa emas. Millat taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotning takomillashib borishi, yashash va mehnat qilish sharoitlari o‘zgarishi bilan milliy qadriyatlar ham rivojlanib borishiga imkon yaratiladi. Umuminsoniy, mintaqaviy, milliy qadriyatlar bilan bir qatorda, diniy qadriyatlar ham mavjuddir. Diniy qadriyatlar ham jamiyatning ma’lum tarixiy davr va sharoitlardagi talablari, ehtiyojlari asosida shakllanadi. Diniy qadriyatlar umuminsoniy, mintaqaviy qadriyatlarning qandaydir alohida, boshqalardan keskin ajralib turuvchi sohasi emas. Ma’lumki, har qanday din ham hayot talablari, turmush sharoiti va ehtiyojlaridan ajralgan holda paydo bo‘lmagan. Barcha dinlarning kelib chiqishiga ma’lum tarixiy davrlardagi ijtimoiy, siyosiy, g‘oyaviy sharoitlar, ular bilan bog‘langan ehtiyojlar sabab bo‘lgan. Dinlarning kelib chiqishiga asos bo‘lgan sabablarni ijtimoiy hayotning o‘zidan izlamoq kerak. Real hayot voqealari, ehtiyojlari ilohiylashtirilganida, mohiyati, sodir bo‘lishi sabablari ilohiy kuchlarning irodasi bilan bog‘langandagina diniy tus oladi. Islom dini shakllanayotgan davrda Muhammad alayhissalom arab qabilalari orasida keng tarqalgan ko‘plab urf-odatlar, marosimlar, axloqiy va huquqiy normalarga ilohiy tus berib, ularni yangi dinning ajralmas qismiga aylantirdi. Arablarning yurish-turishi, odobi va axloqi, oilaviy va qabilaviy munosabatlari borasidagi ko‘plab qadriyatlari islom dinining tarkibiy qismi bo‘lib qoldi. Sha’riy hukmlarga kirgan axloq va odob, halollik, insonparvarlik, mehr- oqibat, do‘stlik, birodarlik haqidagi ko‘plab g‘oyalar islom dinidan oldin ham qadriyatlar sifatida saqlanib kelgan edi. Bu qadriyatlar islom dinining tarkibiy qismiga aylanib, ularga rioya qilmaslik jamiyat oldidagina emas, balki xudo oldidagi gunoh sifatida talqin etila boshlangan. Natijada islom dini bilan bog‘liq bo‘lgan bu qadriyatlarga ham rioya qilishlik mas’uliyati kuchayadi. Din muqaddas, deb e’tirof qilgan qadriyatlarni tan olmaslik, yoki ularga rioya qilmaslik gunoh, do‘zax singari tushunchachar bilan bog‘landi. Shunday qilib, diniy tus olgan hayotiy qadriyatlarga rioya qilishning zaruriyati ham kuchaydi. Download 121.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling