Lolanamolar qabilasi


Download 1.6 Mb.
bet1/5
Sana16.12.2020
Hajmi1.6 Mb.
#168124
  1   2   3   4   5
Bog'liq
LOLANAMOLAR QABILASI


LOLANAMOLAR QABILASI

Reja:


Kirish.

Asosiy qism.

1.Loladoshlar oilasiga umumiy tavsif va sistematikasi.

2.Loladoshlar oilasiga mansub osimlik turkumlari.

3.Loladoshlar oilasiga mansub Qizil kitobga kiritilgan noyob turlar.

4.Loladoshlar oilasining ahamiyati.

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.



KIRISH.

Lolasimonlar—LILIOPSIDA Sinfining umumiy tavsifi va sistematikasi.

O’zbekiston o’simlik turlariga nihayatda boy respublika hisoblanadi.Bu ajdodga A.L.Taxtadjyan ma’lumoti bo’yicha 104 ta oila,3000 ta turkum va 63000 ta tur kiradi.Bu sinf gulli o’simliklarning 25% ni tashkil etadi.Bir pallali o’simliklar tur soni jihatidan kam bo’lsa ham, individlar soni bo’yicha,ikki pallali o’simliklardan ustun turadi.SHuning uchun ham dasht zonalarida kata-katta landshaftlar hosil qiladi.

Bu sinf 4 ta sinfchaga bo’linadi.

1.Bulduruqo’tkabilar sinfchasi –Alismatidaе.

2.Triuridkabilar sinfchasi-- Тriurididае.

3.Lolakabilar sinfchasi– Liliidae.

4.Palmakabilar sinfchasi-- Аricidае. Bu sinf urug’ pallasining 1 ta bo’lishidan tashqari bir qancha o’ziga xos belgilarga ega.Ular quyidagilar:

1.Gulqo’rg’oni oddiy,ba’zan murakkab.Gullari asosan 3 a’zoli.

2.Bu sinfga mansub o’simliklarning asosiy ildizi barvaqt qurib ketadi va qo’shimcha ildiz sitemasini hosil qiladi.Bundan tashqari ildiz sitemasi popuk ildiz deb ataladi.

3.Poyaning ko’ndalang kesimi yuzasida o’tkazuvchi tolali bog’lamlar tartibsiz joylashgan.Ular bir- biri bilan yutashgan,ya’ni yopiq tipda bo’ladi.Bog’lamlar orasida kambiy bo’lmaganligidan,poyasi ikkilamchi yo’g’onlashish xususiyatiga ega emas. 4.Barglari ko’pincha oddiy,chetki qirralari tekis,tasmasimon tuzilishga ega.Barg tomirlari parallel yoki yoysimon tomirlangan.

Bu sinfga kiruvchi oilalar o’zaro juda yaxshi bog’langan bo’lib,faqat bittasi shamol yordamida,qolganlari esa hashoratlar bilan,ba’zan qushlar yordamida changlanadi.Bular turli biologik xususiyatlarga ega bo’lib,har xil ko’rinishga ega.Asosan,qurg’oqchilikka moslashgan o’simliklar hisoblanadi.Bu sinfning deyarli barcha turlari hayotiy shakli ko’p yillik o’t o’simliklardir.Ular ko’pincha piyozboshli va yirik ildizpoyali bo’ladi.Ular orasida buta va daraxtsimon turlari juda kamchilikni hosil qiladi.Daraxtsimon vakillariga quyidagilarni ko’rsata olamiz:Dratsena,palma,yukka,bambuk va boshqalar.Gulqo’rg’oni to’g’ri,ba’zan zigomorf,bir xil rangli,ko’proq gultojsimon,3 tadan 2 doira bo’lib joylashadi.Ba’zan gulqo’rg’on barglari 2-4-5 tadan ham bo’ladi.CHangchilari 6 ta,ba’zan ichki doiradagisi rivojlanmaydi.Meva bargi deyarli har doim 3 ta,ular qo’shilib o’sib 3 uyali ustki tuguncha hosil qiladi.Mevasi chokidan chatnovchi ko’sakcha,ba’zan ho’l mevadir.Urug’I hamisha oqsilli va teskari urug’kurtakli bo’ladi.

Mavzuning maqsadi: Loladoshlar oilasiga kiruvchi o’simliklarning biologiyasini va tarqalish arealini urganish orqali,bu oilaga kiruvchi osimliklarning noyob turlarini urganish va ularni asrab tabiatga qaytarishdan iborat. Bundan tashqari bu oilaga kiruvchi o’simliklarning xalq xo’jaligidagi ahamiyatini ham o’rganishdan iborat.

Mavzuning vazifasi: Loladoshlar oilasiga kiruvchi noyob turlarni o’rganishdan iborat. Bu noyob va kamyob o’simliklarni kamayib borishining oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat. Bu chora tadbirlarni ishlab chiqishni biz talaba yoshlar amalga oshirishni tushuntirishdan iborat.

Loladoshlar oilasi-Liliaceae. . Oila vakillari piyoz boshli ko’p yillik o’t osimliklar hisoblanadi . Barglari oddiy ,butun qirrali. gullari mayda yirik,yakka ba’zan to’pgullarni hosil qiladi.Gulqo’rg’oni oddiy,gultojsimon, gultojbarglari ko’pincha erkin,ba’zan qo’shilgan.Gultojbarglari ayrim vakillarida ikki qavat bo’lib joylashgan.CHangchilari 6 ta,urug’chisi bitt, 3 ta meva bargchaning qo’shilishidan hosil bo’lgan. Tugunchasi ustki. Mevasi ko’sak. Gul formulasi : ♀♂ P3+3 А3+3 G(3)

Bu oilaga 45 turkum,1300 ta tur kiradi.Ular yer yuzining deyarli hamma joylarida,ayniqsa o’rta yer dengizi floristik viloyatlarda tarqalgan.O’rta osiyo sharoitida quyidagi turkumlari uchraydi.Oilaning juda ko’p turlari O’zbekiston respublikasi “Qizil kitobi” ga kiritilgan. Oilaning juda ko’p turlari manzarali o’simlik sifatida qadrlanadi.

Loladoshlar oilasiga mansub o’simlik turkumlari.

Boychechak turkumi—Gagea.

Bu avlod vakillari mayda piyozboshli,serbarg,sariq va och sariq, gullari chochoq zontiksimon to’pgulda joylashgan. Ildiz bo‘g‘zidagi barglari ipsimon, silindrsimon, yakka - yakka. Poyadagi barglari ketma - ket. Piyozi tuxumsimon, qora, qo‘ng‘ir. Poyasi 2 ta piyoz o‘rtasidan chiqadi. Ko’pincha erta ko’klamda ochiladigan,kichikkina bo’yi 10-15 sm ga yetadigan o’t o’simliklardir.Bu turkumning 26 ta turi O’zbekistonda va unga qo’shni bo’lgan Respublikalarda tarqalgan.Boychechak asal beruvchi,qo’y va qoramollarga xashak bo’luvchi o’simliklar qatoriga kiradi.



G. ova Stopf.-Tuxumsimon Boychechak. Gullari tillarang, orqasida xira binafsharang dog‘i bor. To‘pguli ro‘vaksimon yoki qalqonsimon. Bo‘yi 3 - 7(10) sm. Piyozining qobig‘i yupqa, pardasimon, mochalkasimon, uchi poya tubini o‘rab turadi.

G. olgae Rgl. - Olga boychechagi + Piyozining qobig‘i qalin, terisimon, poyaning asosini o‘rab tepaga ko‘tarilmaydi. Guli sariq, orqasida xira yashil dog‘i bor....3 3. Ildiz bo‘g‘zi atrofidagi barglari 1-2 ta, poyadagi barglar qo‘ltig‘ida piyozchalar hosil bo‘lmaydi. Bo‘yi 10-20 sm. Piyozi 1 dona, uning yonidan poya chiqadi. Qobig‘i qora, piyozchalari yo‘q. III-IV Cho‘l, adir, tog‘, bo‘z yerlarda o‘sad G. stipitata Merexl. - Poyali boychechak + Poya 2 ta piyozning o‘rtasidan chiqadi, piyozning bittasi maydaroq. Agar poya 1 ta piyozning yonidan chiqsa, ikkinchi piyoz o‘mida g‘uj joylashgan bir nechta piyozchalar bo’ladi. Ildiz bo‘g‘zidagi (tuproqdan koiariladigan) barglari 2 ta, qilga o‘xshash ingichka. Bo‘yi 7-15 sm, 1-2 gulli.. Tog‘. Qoya toshlar yoriqlarida, oraligida o‘sadi.

G. capillifolia Vved. - Qilbargli boychechak + Ildiz bo‘g‘zidagi (tuproqdan koiariladigan) barglari 1 ta. Piyozi 1 ta yonidan g‘uj piyozchalar hosil qiladi. Bo‘yi 8-25 sm. IV-V. Adir, pastki tog‘. Bo‘z va chagir toshli yonbagirlarda o‘sadi.

LOLALAR TURKUMI—tulipa.

Lola (Tulipa) — loladoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, manzarali ekma gul. Yer yuzida uning 1400 ga yaqin jumladan Yevrosiyoda 100 dan ortiq, Oʻrta Osiyoda 64 turi tarqalgan. Lolalar piyozli bahori oʻsimlik hisoblanadi, gulchilikda muhim ahamiyat kasb etadi. Koʻpgina mamlakatlar qatorida Niderlandiyada va Oʻrta Osiyoda Lolalar koʻproq yetishtiriladi. Oʻzbekistonning adir va togʻlarida Lolalarning yovvoyi 25 turi usadi. Lolalarning qizil Lola (T. greigii) va targil Lola (T. fosteriana) xili gullarining yirik va nafisligi bilan boshqa Lolardan farq qiladi. Seleksionerlar yaratgan navlar soni hozirgi vaqtda bir necha mingdan ortiq. Oʻzbekiston FA Botanika bogʻida 60 ga yaqin xili oʻstiriladi. Qizil rang Lolalarning turli tuslilari: och qizildan, qora qizilgacha, shuningdek, sariq, targʻil, gunafsha va boshqa xillari uchraydi. Piyozi tuxumsimon, rombsimon, sharsimon, diametri 2,5—4 sm, Poyasi 20— 30, baʼzan 50 sm gacha  Barglari 2—3 ta, choʻziq. Tojbarglarining uz. 8 sm. Mevasi koʻsakcha, eni 1,5—2 sm, uz. 3— 6 sm. Lolalar, asosan, adirlar, toshli va chagʻir toshli qiyaliklarda yaxshi oʻsadi. Urugʻi hamda piyozidan koʻpaytiriladi (piyozidan koʻpaytirilganda erta gul beradi). May — iyunda gullaydi. Iyun — iyul oyining oxirlarida piyozi qazib olinib, 22—25° haroratda quritib saqlanadi, soʻngra harorat 12—13° ga pasaytiriladi. Sentabr-okt. oylarida piyozi 8—15 sm chuqurlikda ekiladi.

Oʻrta Osiyoda tabiiy Lolalar Qoraqum va Qizilqum choʻllaridan to Pomir-Olay hamda Tyanshan togʻlari mintaqalardagi turli iqlim va tuproq sharoitida oʻsadi. Dunyoga mashhur eng nafis madaniy Lolalarning (Gollandiya L.lari) aksariyat qismi Oʻrta Osiyo Lolalari zaminida yaratilgan. Oʻzbekiston FA Botanika bogʻida Lolalar oʻstirish hamda yovvoyi va madaniy turlaridan yangi navlar yetishtirish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib boriladi. Oʻzbek milliy urf-odatlarida Lolalar. qadimdan eʼzozlanadi (qizil Lola sayli).



Lola turkumining--Tulipa taksonomiyasi.

Lola turkumi dastlab Shved botanigi Karl Linney tomonidan 1753-yilda aniqlangan va fanga kiritilgan.Lola haqidagi ma’lumotlar uning “Spestes plantarum”(O’simliklar turlari) kitobining ilk nashriga kiritilgan. Undan tashqari K.Linney o’simliklar olamidagi hozirgacha qo’llanib kelinayotgan binar nomenklatura,ya’ni qo’shaloq nomlanishni fanga olib kirgan. Lola turkumi taksonomiyasi bo’yicha dunyo bo’yicha ko’plab olimlar izlanishlar olib borganlar.Ular quyidagilar:J.D.Beker,E.Regel,F.Byuse,A.D.Xoll,U.R.Dyuks,V.N.Taliev,A.I.Vvedenskiy,Z.P.Bochanseva va boshqalar.Ushbu turkum Loladoshlar oilasidagi eng yirik turkum hisoblanadi.Turli olimlar ularning sonini turlicha deb hisoblaganlar.Van Rasmdonk 55 ta,Xoll 100 dan ortiq,Bochansova 100 dan ortiq,Simis,SHaripov,Pratovlar 140 ta,hatto xitoylik Zaa 150 ta turdan iborat ekanligini ta’kidlashgan.

Bu turkumning eng muhim turlaridan Grey lolasi—Tulipa greigii dir.U piyozi tuxumsimon,yo’g’onligi 4 sm,bo’yi 20-40 sm keladigan o’simlikdir. Uning bargi 3-4 ta bo’lib,unda pushti,gunafsha rangli dog’lar bo’ladi. Guli sarg’ish –qizil,ba’zan sariq bo’lib,osti qora rangli dog’lar bo’ladi. Aprelda gullaydi.Toshkent viloyatlari va Namangan atrofidagi tog’ etaklarida ko’p tarqalgan.

Farg’ona lolasi—Tulipa ferganica piyozining po’sti etli,ichki tomondan tukli,bargi 3 ta,guli sariq,gulbandi tukli kichik o’t o’simlik bo’lib, Farg’ona vodiysidagi mayda toshli yon bag’irlarda uchraydi.Aprel va may oylarida gullaydi.

Kaufman lolasi—Tulipa Kaufmanniana.

Bu turning piyozi tuxumsimon,yo’g’onligi 4 sm ga yetadi,poyasi 20-40 sm,bargi 2-3 ta,jingalaksiz,bukilgan.Guli yirik,oq rangli, gulqo’rg’on bargchalarining tagi sariq dog’li yoki sarg’ish o’simlikdir. Toshkent viloyatidagi tog’larning toshli yonbag’irlarida tarqalgan. Odatda Rossiyaning o’rmon zonasidagi qurg’oq yerlarda,dashtlarda, maysazorlarda va chala cho’l zonasida sariq gulli bibershteyn lolasi—Tulipa Biebersteiniana,Rossiyaning Yevropa qismining SHarqi—janubiy rayonlarida,Qozog’iston va Ozarbayjonda ko’pincha qizil gulli SHirenk lolasi—Tulipa Schrenkiana o’sadi.Lolalar yaxshi dekarativ o’simliklardan hisoblanadi.



Turkiston lolasi, oq lola—Tulipa Turkestanica . Gulbandining yuqori qismi momiq tukli. Gulbandi tuksiz, silliq. Guli qizil yoki sariq, (2) - 3(4-5)sm. Bargi guhdan uzunroq. Tuguncha yashil. Bo‘yi 10-20 sm.

Korolkov lolasi--Tulipa korolkovii . Barglari ko‘kimtir yashil, cheti sal toiqinsimon. Gultojbarglarining pastki qismida sariq hoshiyasiz qora dogi bor. Piyozi tuxumsimon, yo‘g‘onligi 2-3(4) sm. Qobigining yupqa, terisimon ichki yuzasi tolali - junsimon. Poyasi 15-35 sm. Barglari 3(5) ta, qayrilgan, chetlari kiprikli. Ko‘sagi 3 - 6 sm, yo‘g‘onligi 2 sm cha. Tog‘ning o‘rta qismi zonalarida tarqalgan. Loytuproqli yonbag‘irlarda o‘sadi.

Ulkan (buyuk) lola -- Tulipa ingens Hood. Piyozining qobig‘i qalin, terisimon, dag‘al tukli. Piyozi tuxumsimon, qobig‘i qizg‘ish qoramtir qo‘ng‘ir terisimon. Poyasi 15-35 sm, yuqori qismi qalin mayin tukli. Barglari 3-4 ta, yirik, qalin, mayin tukli. Gultojbarglari 4,5-12,5 sm, o‘tmas uchli, qizil asosidagi dog‘i , sariq hoshiyali. Changchi ipchasi qora, changdoni siyohrang. Urug‘chi tumshuqchasi o‘tiroq. Ko‘sagining eni 2,5 - 3 sm, uzunligi 5-7 sm. O’rta tog‘ zonalarida tarqalgan.
Foster lolasi, Omonqo‘ton lolasi – Tulipa fosteriana . Tashqi qavat gultojbarglari ichki qavatdagilarga teng yoki sal uzunroq. Asosida dog‘i ensiz va cho‘ziq, tojbargning '/2 qismga teng. Barglari ba’zan bo‘ylama siyohrang chiziqli. Changchi ipchalari qora tuksiz, asosi sariq yoki qizil. Bo‘yi 1 5 - 4 0 sm. Adir, pastki tog‘ zonalarida tarqalgan.
Bu oila vakillaridan biri lola turkumiga mansub Qizil loladir.U aprelning oxiri mayning boshlarida adir va tog’larning quyi qismidagi yonbag’irlarida ochiladigan yirik gulli o’simlik.Bo’yi 20-45 sm .Piyozboshli tuxumsimon yoki yumaloq.Barglari 3-4 dona,uchida to’q binafsha rangli dog’lari bor. Guli bitta, yirik, sarg’ish-qizil,pastki qismi qora dog’li. Changchi iplari qora ,changdonlari sariq.Mevasi 3

chanoqqa bo’linib ochiladigan ko’sakcha.Qizil lola urug’idan va piyozboshidan ko’payadi.



Olg’i turkumi—Fritilaria.

Bu turkum vakillari piyozboshli,poyasi bargli,osilgan chochoq to’p gulli o’t o’simliklardir.Ularning guli qo’ng’iroq,piyolasimon.Gulqo’rg’oni 6 ta,gultojsimon,erkin bargchali,shaxmatsimon rasmli,tezdan to’kilib ketadigan.Bu turkum vakillari nihoyatda chiroyli efemeroid o’simliklardan bo’lib,O’rta Osiyoda 26 ta turi uchraydi.Shundan O’bekistonda 2 ta turi uchraydi.



1.Farg’ona olg’isi—Fritilaria ferganensis poyasi 20-50 sm,ingichka barglari lansetsimon,gulqorg’oni och qizil-gunafsha rangli,shaxmat gulli,tuksiz o’simlikdir.Ular Farg’ona vodiysida uchraydi.

2.Olga Olg’isi—Fritilaria olgae.Bu tur Farg’ona vodiysidan vegetativ organlari va gulining kattaroq bo’lishi,gulqo’rg’on uchlarining qizil rangli bo’lishi bilan ajralib turadi.Tarkibida alkaloid bo’lganligi uchun olg’ilarni mollar yemaydi,ammo ular dekarativ ahamiyatiga ega.

Liliya turkumi—Llium.

Bu turkum vakillari piyozboshchasi sirtdan qalin tangacha barglar bilan qoplangan,poyasi oddiy,ba’zan uchi shoxlangan o’t osimliklardir.Poyasidagi barglar navbatlashib yoki doira hosil qilib o;rnashgan.Guli yirik,qo’ng’iroqsimon,oq,qizil,sariq,gilos rangli,gulqo’rg’oni 6 ta erkin bargchadan iborat.Changchilari 6 ta ,urug’chilari 3 uyali,ko’p urug’kurtakli.Bu turkumga 60 ga yaqin tur kiradi.Ular Shimoliy Yarimsharda keng tarqalgan.Shundan 15 ta turi Rossiyaning yevropa qismida,Sibirda va Uzoq Sharqda,Kavkazda, O’rmonli yerlarda,tog’ qoyalarida va biroz salqin yerlarda chiroyli dekorativ o’simlik sifatida o’sadi.Oq gulli liliya-- Llium Candidum dekarativ o’simlik sifatida O’zbekistonda,ba’zan gulzorlarda va xonadonlarda o’sadi.

Loladoshlar oilasiga mansub Qizil kitobga kiritilgan noyob turlar.

Lola –Tulipa ning barcha turlari va tur xillari manzarali o’simlik sifatida ahamiyatli.SHuning uchun bo’lsa kerak Lolalarning 26 ta turi “O’zbekiton Respublikasining Qizil kitobi”ga kiritilgan.



1.Xolmon isirg’aguli—Fritillaria eduardii.

Kamyoblik darajasi 2.

O’zbekistonda kamayib borayotgan va areali ajralgan o’simlik.

Hayotiy shakli-- poyasi bargli 40-80, ba’zan 150 sm ga yetadigan piyozli, ko’p yillik o’t.

Botanik tarifi va tarqalishi – barglari yaltiroq, yashil, pastki barglari keng cho’ziq, ba’zan poyada halqa hosil qilib joylashadi. Poyaning eng yuqori qismdagilari nashtarsimon,halqa shaklida o’rnashgan. Gullari qo’ng’iroqsimon, pastga qarab osilib turadi,qizg’ish,qirmizi-qo’ng’ir rangli,2-8 tadan bo’lib,soyabonsimon to’pgul hosil qiladi. Mevasi yuqoriga qarab tik turuvchi,qisqa bandli,eni 4-5 sm,ensiz qanotchali qutichaga o’xshydi. Aprelda gullab,mevasi may oyida yetiladi.Ajoyib,xushmanzara o’simlik.



Bobotog’,Hisor,Oloy (So’x daryosining havzasi).Tojikistonda,Afg’onistonda ham uchraydi.Dengiz satxidan 2100 m balandlikda daraxt va butalar orasida,ba’zan sernam toshli hamda ohaktoshli surilmalarda o’sadi.O’zbekistonda juda kam uchraydi. Urug’idan va vegetative yo’l bilan ko’payadi. O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari-- Gullari g’oyat chiroyli,gullagan paytida mahalliy xalq tomomidan terib olinadi,piyozlari esa qazib olinib,iste’mol qilinadi.SHu sababli keskin darajada kamayib ketgan.



Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling