1-bob. Marketingning ijtimoiy – iqtisodiy asoslari marketing tushunchasi va uning mohiyati


Ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi


Download 213.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana16.06.2023
Hajmi213.15 Kb.
#1503083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
1-marketing compressed (1)

Ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi - bu konsepsiya korxonaning 
vazifasi yakka shaxslarning talabini o‘rganish, tahlil qilish va bu talablarni 
samarali qondirishdan, ayni paytda umuman jamiyat butunligini saqlash va 
mustahkamlashdan 
iborat 
deb 
qaraydi. 
Ijtimoiy-yo‘naltirilgan 
marketing 
konsepsiyasi boshqarishning bozor konsepsiyasiga nisbatan kuchayib borayotgan 
ekologik muammolar, tabiiy resurslarning etishmasligi, umumjahon inflyasiyasi
ijtimoiy xizmat sohalarining g‘arib holati tufayli bu dastur bizning zamonamizga 
to‘g‘ri kelishiga bildirilgan shubhalar avj olib turgan pallada maydonga keldi. 
Dastlab firmalarning bozor munosabatlaridagi faoliyati asosan foyda olishgagina 
qaratildi. Keyinchalik ular xaridor ehtiyojlarini qondirishning strategik ahamiyatini 
anglab etdilar va natijada bozor marketinggi konsepsiyasi paydo bo‘ldi. Bugungi 
kunga kelib, ular biror muhim ishga qo‘l urishdan oldin, jamiyat manfaatlari 
haqida ham o‘ylay boshlaydilar. Ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing bozor 
ishtirokchilaridan marketing siyosati doirasida uch omilni o‘zaro bog‘liglikda 
qarashni talab etadi, bu omillar - firma foydasi, xaridor ehtiyojlari va jamiyat 
manfaatlari. Bu quyidagi 1.5-rasmda o‘z ifodasini topgan. 


22 
1.5 - rasm. Ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi 
Marketingni o‘zaro aloqaviy konsepsiyasi. Marketingni o‘zaro aloqaviy 
konsepsiyasining asosiy g‘oyasi xaridorlar bilan boshqa oldi-sotdi jarayoni 
qatnashchilari o‘rtasidagi munosabatlar (kommunikatsiya)dan tashkil topadi. 
Marketingni o‘zaro aloqasi samarali kommunikatsiya, shaxsiy muloqotlar 
ahamiyatini oshiradi. Marketingni o‘zaro aloqasi kommunikatsiyani kengroq 
jihatda – kompaniya(firma) bilan uning sheriklari o‘rtasidagi daromad olib 
keluvchi xohlagan o‘zaro aloqasi sifatida ko‘radi. 
Savdo, keyinchalik sanoatda marketingni faol qo‘llanish jarayoni o‘tish davri 
iqtisodiyotining xususiyatlari bo‘lib hisoblanadi. XXI asrning 2008 yilida 
iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda moliyaviy inqirozning vujudga kelishi 
natijasida moliya bozorlari xizmatlarida marketing tizimini keng qo‘llash 
ahamiyati yanada ortdi. 
Marketing evolyusiyasi marketing konsepsiyasini, shaklini va elementlarini 
o‘zgarishi bilan kuzatiladi. Quyidagi 1.3-jadvalda marketing evolyusiyasini nazariy 
asoslari, uslublari, qo‘llash sohalari bilan tanishib chiqamiz. 
Marketing konsepsiyasi - bu korxonalar faoliyatini boshqaruv falsafasidir. U 
esa, tovar ishlab chiqaruvchilarga iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish 
natijasida foyda olishlari uchun yordam beradi.
Buning uchun har kuni va uzoq muddat davomida:
• tadbirkorlik faoliyatini faollashtirishga; 
• bozorga; 
• iste’molchilarning maqsadli guruhlariga; 
• bosh strategik maqsadlarga e’tiborni jalb etish lozim. 
Jamiyat (insonlar farovonligi) 
Iste’molchilar (ehtiyojini 
qondirish) 
Firma (korxona) foydasi 
(foyda) 


23 

Download 213.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling