Marketing konsepsiyasini shakllantirish


Download 106.23 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi106.23 Kb.
#226171
Bog'liq
ILB fanidan mustaqil ish

Marketing konsepsiyasini shakllantirish

DMXM 1k guruh

Kandaxorava Shahnoza

Konsepsiya

  • Konsepsiya - lotincha “conception”-so‘zidan olingan bo‘lib, tizim yoki biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, dalil (fakt) va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtayi nazar ma’nosini anglatadi.
  • Firma konsepsiyasi - firmaning asosiy faoliyat yo‘nalishi, g‘oyalari, tadbirkorlik falsafasi, iste’molchi talabi asosida mahsulot ishlab chiqarish istiqboli yo‘nalishidir.
  • Shu nuqtayi nazardan, marketing konsepsiyasi tashkilotning ilmiy asoslangan g‘oyasi, loyihasi hisoblanib, tadbirkorlikni amalga oshirishda korxonaning samarali strategiyasini ham anglatadi.

maqsad

instru- mentary

g’oya

strategiya



Konsepsiya komponentlari

Marketing konsepsiyasi ishlab chiqish bosqichlari

  • Ichki va tashqi muhitning strategik tahlili.
  • Korxona va marketing faoliyatining maqsadlarini aniqlash.
  • Marketing strategiyasini asoslash.
  • Kutilgan natijaga erishish uchun tegishli marketing usullarini tanlash.
  • Marketing va tadbirkorlik borasida jahon amaliyoti marketing evolyutsiyasida quyidagi konsepsiyalarni asoslab ko‘rsatdi:

Ishlab chiqarish.

Tovar.


Sotuv.

An’anaviy. Ijtimoiy – etik.



O‘zaro ta’sir marketingi.

1Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi.

  • Bozor rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida (AQSh va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari uchun o‘tgan asrning 20 – 40 –yillari) tovarga bo‘lgan talab taklifdan ortadi, tovar tanqisligi yuz beradi, xaridorlar tovar qidirib, o‘zaro raqobatlashadilar, ishlab chiqaruvchi – sotuvchilar mustahkam pozitsiyani egallaydilar (sotuvchilar bozori). Bunday sharoitlarda tadbikorlarning kuchi ishlab chiqarishni rivojlantirishga (ratsionalizatsiyasiga), juda bo‘lmaganda, bunday bozor munosabatlarida uncha qiyin bo‘lmagan savdoga yo‘naltiriladi, potensial iste’molchilarni jalb etish esa hozircha ularning e’tiboridan chetda qoladi. Shuning uchun bu davr manketingning passiv davri, deb ataladi. Bu yerda gap ishlab chiqarish yoki tovarga yo‘nalganlik haqida ketmoqda.

Konsepsiya asosan quyidagi hollarda qo‘llaniladi:

  • Real va potensial iste’molchilarning ko‘pchiligi cheklangan sotib olish qobiliyatiga ega bo‘lsa.
  • Ma’lum tovarga talab taklifdan yuqori bo‘lsa, bunday holda o‘rinbosar tovar bo‘lmagani uchun xaridor bor tovarni sotib olishga majbur.
  • Agarda mahsulot tannarxi yuqori bo‘lsa, ko‘p hajmda ishlab chiqarish tannarxni birmuncha kamayishiga olib keladi, korxona ma’lum bir tovari bilan bozorda o‘z ulushini egallaydi.
  • Bu konsepsiyaning asosiy maqsadi ishlab chiqarish bo‘lib, aynan shu tovarga talab yuqori, taklif esa kam bo‘lgan vaqtda uni sotish muammo emas.

2. Tovarni mukammalashtirish konsepsiyasi.

  • Iste’molchilarni o‘rganish, ular xohish, ehtiyojlarini, zaruratini, sotib olish imkoniyatlarini tahlil qilish asosida yangi tovarlar, o‘rinbosar tovarlar, innovatsion tovarlar ishlab chiqarish bu konsepsiyaning asosiy maqsadidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatning kuchayishi firma va kompaniyalarni shu konsepsiyaga asoslanishlarini taqozo etadi. Bu konsepsiya juda ko‘p hollarda yaxshi natijalar keltirsada, ba’zi hollarda kutilgan natijaga erishmaslik hollari ham uchrashi mumkin. Yangi tovarning afzalligi, narxi, uning naflilik darajasi, ilgarigi tovardan farq qiluvchi xususiyatlari iste’molchini qoniqtirishi zarur.

3. An’anaviy marketing konsepsiyasi. 

  • Bozor rivojlanishining navbatdagi bosqichida (60-70-yillar) tovarga bo‘lgan taklif talabdan ortib ketishi vaziyati yuz beradi (xaridorlar bozori): xaridorlar taklif qilinayotgan juda ko‘p turdagi va rang-barang (har xil) tovarlarga duch kelishadiular tovarlarni bemalol tanlab, erkin xarid qila oladilar. Shu tariqa ishlab chiqaruvchi nisbatan tobelik holatiga tushib qoladi, chunki u ko‘plab boshqa korxonalar bilan raqobatlasha borib, xaridorlarning didini anglab olishi, kelgusi talablarini shakllantirish maqsadida ularga ta’sir o‘tkaza olishi zarur bo‘ladi. Savdo “tor joy”ga aylanib qolgan vaziyatda ko‘plab korxonalar faoliyatini boshqarish iste’molchiga, bozor shartlariga moslashishga va ularga faol ta’sir etishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Marketingning iste’mol konsepsiyasi mohiyati ana shundan iborat.

4. Ijtimoiy-etik marketing konsepsiyasi 

  • yangi davr konsepsiyasi bo‘lib, firma nafaqat iste’molchini, balki atrof-muhit va jamiyat manfaatlarini ko‘zlagan holda faoliyat yuritishi ko‘zda tutiladi. Batafsilroq tushuntiradigan bo‘lsak, masalan, firma iste’molchi xohishi va talabidan kelib chiqib, mahsulot ishlab chiqardi, ammo ishlab chiqarish jarayonida juda ko‘p chiqindilarni oqar suvga yoki atrof - muhitga tashlab zarar keltirdi. Aynan bunday noxush holga qarshi ijtimoiy-etik marketing konsepsiyasi ishlab chiqildi, shuning uchun barcha tovar va xizmat turlarini taklif etuvchilar bu konsepsiyaga rioya qilishlari shart.
  • Ijtimoiy-etik konsepsiya esa iste’molni ratsionallashtirish, ishlab chiqarishni gumanizatsiyalash va atrof-muhit ekologik sofligini saqlash aynan shu konsepsiyaning falsafa va maqsadidir.

S. Kolomiytsev marketing konsepsiyalarining 4 bosqichini ajratib ko‘rsatadi.

  • Tijorat yoki sotuv marketingi.
  • Funksional marketing.
  • Marketing bozor konsepsiyasining boshqaruvi sifatida.
  • Axborotlashgan marketing.

E’tiboringiz uchun rahmat

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 106.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling