1-bob. Milliy hisoblar tizimining mohiyati va tuzilishi 2-bob. YaIm makroiqtisodiyotning elementi sifatida
Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari
Download 174.59 Kb.
|
Kurs ishi mavzu Milliy hisoblar tizimida Yalpi ichki mahsulot k (1)
Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlariMakroiqtisodiy statistika va tahlilda uzoq davr mobaynida yalpi milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulot kо’rsatkichlaridan baravar foydalanib kelindi. Har ikkala agregat kо’rsatkich ham mamlakatdagi iqtisodiy faollik darajasini ifodalasada kapital va ishchi kuchi migratsiyasi mavjudligi sababli ular о’zaro farqlanadi. Bugungi kunga kelib milliy hisobchilik tizimini qо’llaydigan deyarli barcha davlatlarda yalpi ichki mahsulot kо’rsatkichi asosiy makroiqtisodiy kо’rsatkich sifatida tan olinadi. Kо’pgina iqtisodiy adabiyotlarda YAIMga ishlab chiqarilishda qо’llanilgan resurslar qaysi davlatga tegishliligidan qat‘iy nazar, mamlakatning jug’rofiy hududida yaratilgan pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor baholari yig’indisi deb ta‘rif berib kelingan. 1993 yilda BMT tomonidan qabul qilingan MHTning yangi talqiniga kо’ra yalpi ichki mahsulot (YAIM) tushunchasiga aniqlik kiritildi. Yangicha talqiniga kо’ra: YAIMning «ichki» deb atalishiga sabab, uning mamlakat rezidentlari tomonidan yaratilishidir. Rezident deganda faqatgina mamlakatning yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. Chunki mamlakat yuridik shaxsi boshqa mamlakat hududida bir yildan ortiq faoliyat yuritsa о’sha mamlakat rezidenti deb qaraladi. Elchixonalar va harbiy bazalar о’zlari tegishli bо’lgan mamlakatlarning iqtisodiy makoni bо’lib qolaveradilar. Aynan shu jihat YAIMni hisoblashda iqtisodiy va jug’rofiy hudud о’rtasidagi farq deb qaraladi. Yalpi ichki mahsulot 3 xil: ishlab chiqarish, xarajatlar va daromadlar usullari bilan hisoblanadi. Har uchala usul bilan hisoblangan YAIM kо’rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda о’zaro teng bо’lishi lozim. Shu bilan birga har uchala usul bilan YAIM kо’rsatkichni hisoblashda о’ziga xos talablarga amal qilinishi talab etiladi. YAIMni hisoblash shartlari: YAIM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha yakuniy tovarlar va xizmatlar bozor qiymatini, ular sotilgan yoki sotilmaganligiga qaramasdan о’z ichiga oladi. YAIM tovarlar va xizmatlarning bozor qiymati orqali о’lchanib, ular qiymat kо’rsatgichida (sо’m, frank, dollar, yevro, dinar, iyena, rubl va boshqa pul birliklarida) hisoblanadi. YAIMda faqatgina yakuniy tovar va xizmatlar hisobga olinadi. YAIMga noishlab chiqarish bitimlari bо’yicha tushumlar kiritilmaydi. Masalan, davlat va xususiy transfertlar, avval sotilgan va ishlatilgan buyumlarni qayta sotishdan tushgan tushumlar, qimmatli qog’ozlarni sotishdan tushumlar. YAIM – bu iqtisodiy manfaatdorligi maʼlum bir hududga qaratilgan, mamlakat rezidentlari tomonidan muayyan davrda (oy, chorak, yil) pirovard isteʼmol uchun ishlab chiqarilgan, ijtimoiy nafliklik hamda ijtimoiy qiymatga ega boʻlgan barcha tovar va xizmatlar hajmini ifodalovchi koʻrsatkichdir. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash uslubiyati shakllanishining ilmiynazariy va konseptual asoslari juda uzoq davrlarga borib taqaladi. Oʻsha davrdagi iqtisodchi olimlar aynan YAIMni hisoblash uslubiyatining oʻziga bagʻishlangan tadqiqotlar olib borishmagan boʻlsada, uning shakllanishi uchun poydevor yaratishgan. Oʻz davrida ular milliy mahsulot, milliy daromad, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalari kabi masalalarni oʻrganishgan. Shu asosda hozirgi kunda butun dunyo mamlakatlari oʻz iqtisodiy amaliyotida foydalanayotgan MHTning turli xalqaro andozalari hamda YAIMni hisoblash usullari shakllangan va takomillashtirilgan. YAIMni hisoblash hozirgi kunda butun dunyoda qoʻllanilayotan MHT asosida amalga oshiriladi. MHTning paydo boʻlish jarayoni uzoq tarixga ega boʻlganligi sababli, uning rivojlanishini bosqichlarga ajratgan holda oʻrganish muhim ahamiyatga ega. Biroq, MHTga bagʻishlangan ilmiy tadqiqot ishlari tahlili shuni koʻrsatdiki, hali iqtisodchi olimlar milliy hisoblar tizimining shakllanish bosqichlari hususida yagona fikrga kelishganicha yoʻq. Masalan, rossiyalik olim Yu.Ivanov MHTning shakllanishi va rivojlanishini ikkita bosqichga, respublikamiz olimlaridan B.Maxmudov uchta, B.Gʻoyibnazarov esa, beshta bosqichga ajratib tadqiq qilgan. Fikrimizcha, milliy hisoblar tizimining rivojlanishini yettita bosqichga ajratib oʻrganish maqsadga muvofiq. Chunki, birinchi bosqich XVII asrning ikkinchi yarmidan 1930-yilgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga olib, unda milliy hisoblar tizimi ilk bor shakllana boshladi. Bu bosqichda asosiy eʼtibor milliy boylik va daromad koʻrsatkichlarini hisoblashga qaratilgan. Lekin, bu bosqichda milliy hisobchilik yagona bir tizim sifatida shakllanmagan. Yaʼni, bu koʻrsatkichlarga iqtisodiyotni boshqarish vositasi sifatida qaralmagan. Ikkinchi bosqich oʻtgan asrning 30-yillaridan boshlandi va unda keynschilik taʼlimoti muhim oʻrin tutdi. Bu bosqichda asosiy eʼtibor milliy boylik va milliy daromadni hisoblash usullarini takomillashtirish, isteʼmol, jamgʻarma va investitsiyalarning harakatini tahlil qilish, makroiqtisodiy tahlil uchun zarur axborot tizimini shakllantirish, uning davlat hokimiyatini boshqarishdagi rolini oshirish va milliy hisoblar tizimining ayrim koʻrsatkichlariga aniqliklar kiritishga qaratildi. Uchinchi bosqich (1953-yil) ikkinchi jahon urushidan keyingi davrni oʻz ichiga olib, davlatlar vayron boʻlgan iqtisodiyotni tiklash va iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish ehtiyojidan kelib chiqib yondashildi. Ushbu bosqichda BMT Statistika komissiyasi tomonidan MHTning dastlabki andozasi MHT-1953 tasdiqlandi. Toʻrtinchi bosqichda (1968-yil) BMTning MHT-1953 andozasi ancha takomillashtirildi, olingan maʼlumotlarni taqqoslash imkoni tugʻildi va MHTning boshqa qulay jihatlari ham ochib berildi. Beshinchi bosqich. 1993-yilga kelib ayrim mamlakatlarda milliy hisobchilikni yuritish tartibida katta farqlar mavjudligi tufayli makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni xalqaro taqqoslash imkoniyati buzildi, butun dunyo boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtirish masalasi murakkablashdi va jahon iqtisodiyotini tahlil qilish qiyinlashdi. Shu sababli, milliy hisoblar tizimining yangi MHT-1993 andozasi qabul qilindi. Unda MHTning toʻlov balansi va davlat moliyasi statistikasi bilan oʻzaro bogʻliqliklari aniqlab olindi, MHTning bir nechta boʻlim va boblari yangilandi, operatsiyalar va ularni hisobga olish qoidalari, yalpi ishlab chiqarish, kapital isteʼmoli va zaxiralari, bozor va nobozor ishlab chiqarishning nisbatlari koʻrsatkichlarini hisoblash metodologiyasi ishlab chiqildi. Oltinchi bosqichda MHTning eng oxirgi andozasi, yaʼni, MHT-2008 yaratildi va hozirgi kunda ham amal qilmoqda. MHTning bu andozasida uning isteʼmolchilari uchun makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni tahlil qilishning ixchamligi va shaffofligini taʼminlash, iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflash, iqtisodiyot va uning tarkibiy qismlari oʻrtasidagi munosabatlarni chuqur tahlil qilish, moliyaviy operatsiyalarni hisobga olish usullarini takomillashtirish, uning ayrim konsepsiya va kategoriyalariga aniqlik kiritish, soddalashtirish masalalari hal qilindi. Yettinchi bosqich 2008-yildan keyingi davrlarni oʻz ichiga olib, MHTni yanada takomillashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Mustaqillikning dastlabki davrlarida respublikada oldindan amal qilib kelayotgan hisob va hisobot tizimini halqaro amaliyotda qabul qilingan andozaga oʻtkazish, mahalliy sharoitlarga uygʻunlashgan tizimni ishlab chiqish, mamlakat makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini xalqaro taqqoslash hamda ularni tahlil qilish eng ustuvor vazifalarga aylandi. Natijada 1993-yilda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni1 qabul qilindi, 1994-yilda MHTga oʻtish boʻyicha davlat dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Hozirgi kunda ushbu qonun va dasturga yangiliklar kiritish hamda takomillashtirish ishlari olib borilmoqda. Respublikada MHTga oʻtish boʻyicha davlat dasturini amaliyotga joriy qilish dastlabki davrlarda YAIMni hisoblash bilan bogʻliq boʻlgan bir qancha ishlarni amalga oshirishga imkoniyat yaratdi. Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. BMTning MHT-93 xalqaro andozasi talablari asosida respublikada YAIM va uning tarmoq tarkibini hisoblash uslubiyati ishlab chiqildi; 2. Takror hisoblarning oldini olish maqsadida tarmoqlararo balans jadvalini tuzish ishlari amalga oshirildi; 3. Mamlakatda yaratilgan YAIM va boshqa makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni doimiy ravishda hisoblab borish imkoniyati yaratildi. Yuqorida koʻrsatilgan ijobiy natijalar bilan birgalikda bugungi kunda, yaʼni, iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish jarayonida ushbu sohadaayrim hal qilinishi zarur boʻlgan kamchiliklar ham mavjud. Jumladan, Oʻzbekiston xalq xoʻjaligi balansi tizimi amal qilayotgan davrlarda jami ijtimoiy mahsulot (JIM)ni hisoblashning asosi boʻlgan tarmoqlararo balans ishlari boʻyicha katta tajriba orttirgan. Tarmoqlararo balans esa, milliy hisoblar tizimining asosi boʻlgan “harajat-natija” jadvalida ham markaziy oʻrinni egallaydi hamda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va istiqbolni belgilashda keng qoʻllaniladi. Tarmoqlararo balans ishlarida uzoq yillik tajribaga ega boʻlishimizga qaramasdan hozirgi kungacha respublika milliy hisobchiligida tarmoqlararo balansning asosi boʻlgan “harajat-natija” jadvali mukammal ishlab chiqilmagan. Bu esa, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda roʻy berayotgan oʻzgarishlarni toʻliq aks ettirishga imkon bermaydi. Ushbu holatlar respublikada yangi, yaʼni, MHT-2008 xalqaro andozasi asosida YAIMni hisoblash usullarini takomillashtirish obyektiv zaruriyat ekanligidan dalolat beradi. MHTning eng asosiy va bosh koʻrsatkichi bu - yalpi ichki mahsulotdir. Agarda mamlakat iqtisodiyotini yopiq deb faraz qiladigan boʻlsak, u holda YAIM hajmi barcha rezidentlarning ishlab chiqarishdan olgan birlamchi daromadlari yigʻindisiga teng boʻlardi. Lekin, dunyoning deyarli barcha mamlakatlari turli xil shakllarda boshqa davlatlardan birlamchi daromadlarni qabul qiladilar va muayyan darajada ularga taqdim qiladilar. Agar birlamchi daromadlarning bunday oqimini makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni hisoblash jarayonida eʼtiborga oladigan boʻlsak, u holda biz yalpi milliy daromad (YAMD) koʻrsatkichiga ega boʻlamiz. Download 174.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling