YAIM=SHTD=C+S YAIM= C+I
Bu yerda makroiqtisodiy ayniyat quyidagi kо’rinishga ega bо’ladi:
C+I =C+S yoki I=S
Ushbu ayniyatdan kо’rinib turibdiki, uy xо’jaliklarining jamg’arishga bо’lgan istaklari tadbirkorlikning qancha miqdorda investitsiyalash xohishlariga mos tushsa, unda daromadlar hajmi (C+S) va yalpi xarajatlar (S+I) hajmiga tengligiga yoki ishlab chiqarishning muvozanat darajasiga erishish mumkin.
Aytaylik, mamlakat iqtisodiyoti ochiq, ya‘ni eksport-import aloqalari yо’lga qо’yilgan, soliq solish va transfert tо’lovlari kо’rinishida davlat aralashuvi mavjud bо’lsin. Bunday holatda jamg’arish tushunchasi murakkablashib, quyidagi kо’rinishga ega bо’ladi:
S= Sp+Sg+Sx
Bu yerda: Sp - xususiy jamg’armalar; Sg - davlat jamg’armalari;
Sx - boshqa mamlakatlar jamg’armalari.
Bunda xususiy jamg’armalar daromadlar (Y), transfert tо’lovlari (TR), davlat zayomlari bо’yicha foizlar yig’indisidan (N), soliqlar (T) va iste‘mol
xarajatlari yig’indisini ayirish natijasiga teng bо’ladi:
Sp= ( U+TR+N-T)-C
Davlat jag’marmalari quyidagi miqdorga teng bо’ladi:
Sg= (T-TR-N)-G
Agar davlat jamg’armalari nolga teng bо’lsa, davlat byudjeti muvozanatlashgan, jamg’arishning manfiy miqdori byudjet taqchilligini (BT) bildiradi: BT=-SG Bu yerda: BT – byudjet taqchilligi miqdori.
Boshqa mamlakatlarning jamg’armalari tashqi dunyoning bizning importimiz hisobiga olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan harajatlarini ayirib topiladi: Sx=M-X yoki Sx=-Xn
Agar mamlakat eksportiga nisbatan kо’proq import qilsa, unda daromadlarning bir qismi xorijda qoladi va keyinchalik undan xorijiy sheriklar tomonidan mamlakatimizda kо’chmas mulk va moliyaviy aktiv sotib olishda foydalaniladi. Har qanday holatda ham barcha turdagi jamg’armalarning umumiy yig’indisi investitsiyalarga teng bо’ladi:
Sp=Sd+Sx=(Y+TR+N-T)-C+(T-TR-N))-G+(-Xn)
Yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |