1-bob. Milliy hisoblar tizimining mohiyati va tuzilishi 2-bob. YaIm makroiqtisodiyotning elementi sifatida
Sp+Sd+Sx=Y-C-G-Xn S=C+I+G-Xn-C-G-Xn S=I
Download 174.59 Kb.
|
Kurs ishi mavzu Milliy hisoblar tizimida Yalpi ichki mahsulot k (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nominal va real YAIM
Sp+Sd+Sx=Y-C-G-Xn S=C+I+G-Xn-C-G-Xn S=IDemak, iqtisodiyotdagi investitsiya xarajatlari nafaqat ichki jamg’armalar hisobiga, balki tashqi dunyo jamg’armalari hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda investorlarga kafolatlangan yuqori foyda olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xorijiy investorlar oqimining о’sishiga olib keluvchi muhim shartlardan biridir. Keynschilar fikriga kо’ra, S=I ayniyatga bozor mexanizmlari vositasida tasodifan erishiladi, xolos. Chunki investorlar va jamg’aruvchilarnnig rejalari о’zaro mos kelavermaydi. Shu tufayli davlat tо’g’ri iqtisodiy siyosat yurgizib makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashi shart. Nominal va real YAIMIqtisodiyotda mavjud bо’lgan inflyatsiya jarayonlari YAIMni hisoblashni qiyinlashtiradi. Bu kо’rsatkich dinamikasi bir vaqtning о’zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining о’zgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YAIM miqdoriga bir vaqtning о’zida ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning fizik hajmi, ham baho darajasi о’zgarishi ta‘sir kо’rsatadi. Iqtisodiyotda doimiy inflyatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy kо’rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qо’yadi. Chunki, inflyatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib kо’rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal kо’rsatkichlardan emas, balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real kо’rsatkichlardan foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farqli о’laroq milliy iqtisodiyotda juda kо’p sonli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi sababli ularning barchasini bir varakayiga taqqoslama baholarda hisoblash qiyin. Shu tufayli YAIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan eng muhim tovarlar va xizmatlar bahosining о’zgarishi koeffitsiyenti (baholar indeksi) hisoblab topilib, olingan natija butun milliy iqtisodiyot uchun tadbiq etiladi. Ishlab chiqarishning hajmini ifodalash uchun ham natural, ham qiymat ko’rsatkichlari qo’llaniladi. Ammo milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish hajmini natural birliklarda amalda o’lchash mumkin emas, chunki bu erda bir – biri bilan solishtirib bo’lmaydigan millionlab nomdagi tovar va xizmatlar ustida gap boradi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmini va tarkibini ifodalashda qiymat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlar ikki miqdor yordamida aniqlanadi: ishlab chiqarishning natural shaklidagi hajmi; narxlar darajasi. Amaliyotda milliy hisobchilik tizimida narxlarning ikki ko’rinishi qo’llaniladi: -joriy yoki haqiqiy narxlar; - o’zgarmas yoki solishtirma bazis narxlar. Shu yildagi joriy yoki amaldagi narxlar yil mobaynida mahsulot ishlabchiqarish va uning iste’moli o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlashda qo’llaniladi hamda takror ishlab chiqarishning moliyaviy qiymat jihatlarini aks ettiradi. Lekin joriynarxlardan ishlab chiqarishni ma’lum bir vaqt davomida tahlil qilish uchun foydalanish maqsadga muvofiq emas. Chunki ularni xar qanday oshishi yoki pasayishi yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning hajmiga bevosita ta’sir etib,iqtisodiyotning haqiqiy ahvolini buzib ko’rsatadi. Milliyiqtisodiyotning rivojlanishiga haqqoniy baho berish uchun o’zgarmas narxlardan foydalaniladi. O’zgarmas yoki solishtirma narxlar asos qilib olingan biror – bir yildagi mahsulotning narxi bo’lib, tahlil qilinayotgan davr uchun ishlab chiqarish hajmini qiymat jihatdan baholashda foydalaniladi. Bu narxlar mahsulotning natural hajmini o’zgarishini ilg’ash imkonini beradi va ishlab chiqarishni ma’lum bir vaqt davomida haqiqiy o’zgarishini aks ettiradi. Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining joriy va solishtirma narxlardagi ifodasitubdan farqlanadi. Bazis yilni xar bir mamlakat rivojlanish xususiyatidan kelib chiqqan holdao’zi belgilaydi. Bazis narxlardan foydalanib ham o’tgan yillar, ham kelgusi yillarning qiymat ko’rsatkichlari qayta hisoblab chiqiladi. Joriy narxlarda o’lchangan ishlab chiqarish hajmini nominal, solishtirma narxlarda o’lchanganini real deb ataladi. Narxlarning o’sishi bilan yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmini o’zgarishini ko’rsatuvchi miqdorni barcha tayyor mahsulot va xizmatlarning umumiy narx indeksi yoki deflyator deb ataladi. Yalpi ichki mahsulot tarkibigamillionlab nomdagi yaratilgan ne’matlar kiradi va ularni xar birining narxini o’zgarib turishini jismonan kuzatish mumkin emas. Shuning uchun ham deflyator bozor savati yordamida aniqlanadi. Bozor savati yalpi ichki mahsulot tarkibigakiruvchi, uning asosiy qismini tashkil etuvchi muhim tovar va xizmatlarni o’zichiga oladi. Statistika idoralari tomonidan bozor savatiga kiritilgan tovar vaxizmatlarga bo’lgan narxlarning o’zgarishi doimo kuzatilib turiladi va shu asosda narxlarning umumiy indeksi yoki deflyator hisoblanadi. Joriy yildagi bozor savatining bahosi shu yilning narxlarida Joriy yil deflyatori = x 100 Joriy yildagi bozor savatining bahosibazis yili narxlarida Agarda o’tgan davr ichida yalpi ichki mahsulotning natural hajmi o’zgarmasdan qolgan bo’lsa, uning nominal qiymati shuncha oshadi. Narxlar darajasi pasayayotgan bo’lsa, unda narxlar indeksi yoki deflyator 100 foizdan kamdarajagacha tushib ketadi. YaIM narxlari indeksining joriy yilda bazis yilgaqaraganda ko’tarilib borishi inflyatsiyani va aksincha, uni kamayib borishideflyatsiyani bildiradi. Milliy ishlab chiqarish hajmini o’zgarishiga narxlarning ta’sirini bartaraf etish maqsadida deflyator yordamida real yalpi ichki mahsulothisoblanadi. Nominal YaIM Real YaIM = x 100 % Deflyator Iqtisodiy amaliyotda deflyator bilan bir qatorda inflyatsiya darajasini yana bir ko’rsatkichi – iste’mol narxlari indeksi (INI) yoki hayot kechirish qiymati indeksi keng qo’llaniladi. Bu ko’rsatkich ham deflyator kabi bozor savati yordamida aniqlanadi. Ammo, bu erda bozor savatiga faqat aholining iste’mol byudjeti asosini tashkil etuvchi iste’mol mollari va xizmatlar kiritiladi, holbuki, deflyatorni hisoblanayotganda bozor savatining sezilarli qismini ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan tovarlar tashkil etadi. Iste’mol narxlari indeksi joriy yilda bazis yilga qaraganda qayd etilgan iste’mol bumlari va xizmatlar turkumining qiymatini qanday o’zgarayotganini aks ettiradi. Boshqacha aytganda, bu indeks yordamida xar bir kishining, oilaning va barcha aholining hayot kechirish qiymati yokiturmush darajasi qanday o’zgarayotganini aniqlash mumkin. Download 174.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling