1. bob. Mustaqillikning ro’yobga chiqishi va poeziyadagi izlanishlar


Download 49.02 Kb.
bet7/8
Sana25.01.2023
Hajmi49.02 Kb.
#1118691
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xx asr so\'ngi choragida poeziyalarning rivoji

HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY
(1889-1929)
Hamza Hakimzoda Niyoziy o`zbek adabiyoti, san’ati va umuman madaniyati tarixida alohida o`rin tutadi.
O`z ijodining ilk bosqichida u Sharq klassik adabiyotining eng yaxshi an’analarini davom ettirgan.
Hamza Hakimzoda Niyoziy o`zbek adabiyotini yangi mazmun va shakldagi asarlari bilan boyitdi, mehnatkash xalqqa boshqa ma’rifatparvarlardan yaqinroq turgani sababli, uning manfaatlari va orzularini o`z amaliy faoliyati hamda ijodida yorqin ifoda etdi. Hamza XX asr o`zbek adabiyotiga asos soluvchilardan biri sifatida teatr, muzika va pedagogika sohalarining yangicha yo`ldan taraqqiy etishiga katta hissa qo`shdi.
Hamzaning ongli hayoti XX asrning boshiga to`g’ri keladi. Qo`qonda ziyoli oilada tug’ilgan Hamza avval eski maktabda o`qiydi. Keyin u eski maktabdagi o`qishini tashlab, yangi maktablarda o`qiydi. Shunday maktablarda tashkilotchi va muallim bo`ladi. 1910 yilda Toshkentda, 1911 yilda esa Qo`qonda yangi usul maktablar ochadi. 1928 yilda u Shohimardon qishloqiga keladi.
Otashin shoir va dramaturg Hamza Shohimardonda 1929 yil 18 mart kuni reaksion ruhoniylarning ig’vosiga uchgan bir to`da mutaassiblar tomonidan o`ldiriladi.
Hamzaning ijodi 1905 yillardan boshlanadi. U xalq o`rtasida ilm-ma’rifatni tarqatishga intilib, yangi usul maktablar ochadi, darsliklar yozadi. Hamzaning bunday darsliklarga kiritilgan she’r va masallari yosh avlodda ilmga mehr-muhabbat uyg’otishda katta tarbiyaviy rol o`ynaydi.
Hamza Hakimzoda bu davrda hayotdan olgan taassurotlarini Nihon taxallusi bilan yozgan asarlarida ifodaladi. U dastlabki ijodida klassik adabiy meros tradisiyalari asosida lirik g’azallar ijod qilishga kirishib, alohida devon tuzadi. Hamza ijodining bu ilk bosqichi “mashqlar davri” deyiladi. Bu davrda u ijodda an’anaviy yo`ldan boradi. G’azallar, ruboiylar, masnaviylar to`plab "Devoni Nihoniy”ni tuzadi. “Taassuf”, “Ana o`zgalar, biz” kabi she’rlarida zamon ruhi ochib beriladi. “Muhtarama onalarima xitob” she’ri ma’rifatparvarlik g’oyalariga asoslangan.
Hamza ijodining ikkinchi bosqichi 1910-1917 yillarni o`z ichiga oladi. Bu davr ma’rifatparvarlik bosqichi hisoblanadi. Bu davrda uning bir qator ma’rifatparvarlik g’oyalariga yo`g’rilgan she’rlari bosilib chiqa boshladi. 1914 yil 11 martda “Ahvolimiz” she’ri chop etilgan. “Marsiya”, “Oq gul”, “Pushti gul”, “Safsar gul”, “Qizil gul” kabi she’riy to`plamlari ham nashr qilinadi.
Yana bu bosqichdagi “Hurriyat”, “Turkiston muxtoriyatina” she’rlari mashhurdir. Shu bosqichda Hamzaning “Yangi saodat”, “Zaharli hayot” kabi “milliy ro`mon” va dramalari dunyo yuzini ko`rgan. “Zaharli hayot”da adib ilmsizlik, ma’rifatsizlikni qattiq qoralaydi:
O`qub tahsili lom ayla,
maorif sharbatin yutgil,
Tilingni jahldan qutqar,
g’ami millat bila o`tkil, -
kabi misralarida Hamza Hakimzoda ilmsizlik, ma’rifatsizlikni ayovsiz qoralaydi. U G’oziboyning ilm-ma’rifatdan yiroqligi sababli qilgan qora ishlarini ochadi va ilmli, ma’rifatli o`g’li Olimjon dunyo ko`rganligi, bilimliligi uchun otasining aybini yuvib, halol, pok yo`ldan borganligini isbot qilishga urinadi. Ilm nihoyatda maqtaladi. Olimjon oxirida hamma narsaga tushunib, shuncha qora ishlariga, yomonliklariga qaramay, otasini ham xor-zorlikdan qutqaradi.
Hamza ikkinchi bosqichdagi ma’rifatparvarlik g’oyalari bilan oddiy xalqni ilm olishga, ma’rifatli bo`lishga undaydi.
1917 yilda Hamza Hakimzoda ijodining uchinchi bosqichi boshlanadi. Bu bosqichda inqilobiy ruh yetakchilik qiladi.
U umrining oxirigacha inqilobga sodiq qoladi. Uning “ Hoy, ishchilar”, “Ishchilar uyg’on” kabi she’rlarida g’oyaviylik kuchlidir. Davr ruhida yozilgan she’rlari ko`p uchraydi. 20-yillar o`rtalarida yer islohotiga atab dinga qarshi she’rlar yozadi. “Bugun 8 Mart”, “Muborak”, “O`zbek xotin-qizlariga” kabi she’rlari chop etiladi.
“Ey mardumi Farg’ona,
ahvolingga kim yig’lar?” –
kabi so`zlar bilan boshlanuvchi she’rida Hamza 20-yillar og’ir hayoti manzaralarini chizishga intilgan. Bu bosqichda 3 ta drama, 4 ta komediya yozilgan. 1918 yilda Hamza “Boy ila xizmatchi”ni yozib, revolyusiyadan so`ng ko`proq dramaturgiya bilan shug’ullangan. “Toshkentga sayohat” komediyasi, “Kim to`g’ri”, “Muxtoriyat yoki avtonomiya”, “Tuhmatchilar jazosi”, “Maysaraning ishi”, “G’olibiyat” pyesalari shu davrda yozilgan.
So`nggi dramasi “Jahon sarmoyasining eng oxirgi kunlari” deb ataladi. Unda Hamza jahon inqilobi tantana qilishidek xato g’oyani targ’ib etganligi adib ijodi umrining oxirigacha inqilobiy ruh bilan sug’orilganligidan dalolat beradi. Hamzaning “Paranji sirlaridan bir lavha” asari eng yaxshi pyesalardan hisoblanadi.
Umuman, Hamza o`zbek adabiyotini o`lmas asarlar bilan boyitdi. Ularni yangicha talqin qilish, Hamza ijodini haqqoniy yoritib berish adabiyotshunosligimizning navbatdagi vazifalaridan biridir.

XULOSA
Mustaqillik davrida yaratilgan hikoyalarni o’rganar ekanmiz, o’zbek hikoyanavisligi alohida shaxslar olamini, ularning o’ziga xos tuyg’ularini aks ettirish borasida qator yutug’larni qo’lga kiritganligiga amin bo’lamiz. To’g’ri, har bir odamning o’zi alohida shaxs. Ayni chog’da, u o’zigagina xos olamga, intellektual – ruhiy holatga ega. Shu jihati yuksalgan sayin inson o’ziga xos xislatlarini, o’z individualligini yanada teranroq, yorqinroq aks ettiradi. O’zbek yozuvchilari ana shu hayot haqiqatini o’z ruhiyatini taftish etib, o’zligini anglashga intiladigan qahramonlar yaratish orqali badiiy haqiqatga aylantirishga erishayotganliklarini Erkin A’zam, Xayriddin Sultonov, Xurshid Do’stmuhammad, Nurillo Otaxonov, Olim Otaxonov, Salomat Vafo, Zulfiya Qurolboy qizi yaratgan hikoyalar orqali kuzatish mumkin.
Insonni kutilmagan holatlarga tushib qolishi va avval sira kechirmagan kechinmalarni his qilish kabi murakkab vaziyatlarni tasvirlash E.A’zamning «Bizning tog’a» va «Ta’ziya» hikoyalariga ham xos. Hikoyada bolaligidan izzattalab bo’lib o’sgan, hammani o’zi bilan hisoblashishga majbur qilishga urinadigan tog’a obrazi birda mehr, birda nimkulgu bilan tasvirlangan. Uning asl maqsadi noma’lum va tushunarsiz, uni to’la-to’kis anglash g’oyat mushkul. Tog’aning o’ziga yarasha fe’li, mol-holi, yashash tarzi mavjud. Shunday bo’lsa-da, jiyani Amir bilan bir umr kelisha olmaydi, uning alamini oshirish, qolaversa, jiyanidan bir pog’ona «yuqori» ekanini anglatib qo’yish maqsadida qasdma-qasdiga ko’shkli imorat tiklashga urinadi.
Kezi kelganda bor kibr - havosini, jiyaniga «raqiblik» tuyg’usini unutib, «jigarchilik» yo’lini tutadi. Amirning saroyiga o’t tushganida o’g’liga atab qurayotgan imoratini ham chala qoldirib, jiyanining vayron bo’lgan joyini tiklashga kirishadi, unga ich-ichidan achinib mehribonlik ko’rsatadi. Bunday o’rinlarda, yozuvchi o’zbek xalqiga xos odamiylik, saxovat, bag’rikenglik kabi ulug’ fazilatlarni ma’naviy qadriyat tarzida millat ongiga, ruhiyatiga singib ketganligini haqqoniy gavdalantirgan. Voqea – hodisalar silsilasida tog’a yana shuni anglab etadiki, odam qadrini boshqa odamning anglashi g’oyat qiyin ekan, o’z qadringni o’zgalarga majburan anglatish esa undan mushkul. Odamlar hamisha bir-birlariga suyanib yashaydilar, o’zlari bilib – bilmagan holda bir – birlaridan madad, mehr – oqibat kutadilar. Faqat boshlariga fojea tushgan kezlardagina bu hayot haqiqati oldida bosh egadilar, o’zgalar mehriga zoriqishni his qiladilar. Asardagi tog’a va jiyan munosabatlari ayni shu haqiqatni ifoda qiladi. Muhimi, yozuvchi o’z qahramonlarini «g’oya tashuvchi» vositaga aylantirmagan, o’ziga xos xislatlari, fazilat-u nuqsonlari bilan Haqqoniy va tabiiy gavdalantirishga erishgan. Tog’aning har bir xatti–harakati o’z qiyofasi mantig’iga mos, tabiatidan kelib chiqadi. U barchani va barcha hodisalarni o’z ko’zi bilan ko’rib, o’ziga xos mushohada qiladi.
Hodisalarga, odamlarga ham boshqalar kabi emas, o’ziga xos munosabat bildiradi. Aynan shu betakror jihati bilan u kitobxon qalbidan joy oladi. Yozuvchi o’z qahramoni orqali atrofdagi odamlarni o’zimizga ma’qul kelish yo kelmasligiga qarab emas, balki boricha, qanday yaratilgan bo’lsa shundayligicha, ziddiyatli va murakkab inson sifatida qabul qilish zarurligini, muhimi, insonni anglash ekanini ta’kidlaydi. Zotan, bu xususiyat milliy mustaqillik davri o’zbek hikoyachiligi taraqqiyotini ta’minlovchi muhim xususiyatdir. Shunisi ham borki, insonni tushunishga da’vat etish insonni anglash falsafasini talab qiladi. Insonni tasvirlash orqali esa ana shu hayot falsafasi yaratiladi. Zotan, adabiy janr taraqqiyotining yangi davrida hodisalarga va inson shaxsiga yondoshish tamoyillarining o’zgarib, takomillashib borishi tabiiy va zaruriy jarayon hisoblanadi. Ammo, badiiy ijodning azaliy qonunlari barcha davrlar uchun o’zgarmasdir: yozuvchi voqeanavis emas, insonshunos sifatida ish ko’rib, inson qalbi haqida aytilmagan haqiqatlarni badiiy kashf etsagina, u yaratgan asar estetik qimmat kasb etadi.


Download 49.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling