1. bob. Mustaqillikning ro’yobga chiqishi va poeziyadagi izlanishlar


O`zbek jadid adabiyotining yirik namoyandalaridan XX asr taraqqiyoti


Download 49.02 Kb.
bet6/8
Sana25.01.2023
Hajmi49.02 Kb.
#1118691
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xx asr so\'ngi choragida poeziyalarning rivoji

2.2. O`zbek jadid adabiyotining yirik namoyandalaridan XX asr taraqqiyoti

Abdulla Avloniy o`zbek jadid adabiyotining yirik namoyandalaridan biri bo`lib, XX asr so`z san’atimiz taraqqiyotiga o`ziga xos hissa qo`shgandir.


Abdulla Avloniy Toshkentning Mergancha mahallasida to`quvchi Mirovlon aka oilasida tug`ildi. Ma’lum bir muddatdan so`ng oila Mirobodga ko`chadi. Bo`lg`usi adib eski maktabda, so`ng madrasada tahsil oladi. U mustaqil mutolaa bilan ko`p shug`ullanadi. Rus tilini yaxshi bilgani uchun Orenburg, Qozon, Tiflisda chiqib turgan gazeta-jurnallarni kuzatib bordi. Qisqa muddat ichida ziyolilar orasida u ma’rifatparvar sifatida tanildi va o`lkadagi ijtimoiy-madaniy harakatchilikning faol namoyandalaridan biriga aylandi. Uning bu faoliyatini 1904 yili Mirobodda usuli-savtiya maktabini ochishda ko`rishimiz mumkin.
Xalqning madaniy saviyasini oshirishda matbuot muhim o`rin tutadi. Avloniy bu sohada ham o`z bilimini, kuchini sinab ko`rdi. U 1907 yili “Shuhrat” nomli gazeta chop ettiradi. Orenburgda yashirin suratda nashr etiladigan “Soldat” nomli ruscha gazetaning muhim siyosiy tashviqotlarini tarqatishda “Shuhrat” gazetasi ko`p fidokorlik ko`rsatgan. 1906-1917 yillar Avloniy ijodiy faoliyatida katta burilish yasadi. U keng ommani ma’rifatli qilishda, ijtimoiy-ozodlik tuyg`ularini kurtak yozdirishda juda katta jonbozlik ko`rsatdi. 1909 yilda do`stlari ko`magida u maktab-maorif ishlariga yordam ko`rsatuvchi “Jamiyati xayriya” ochdi, “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” nomli 4 qismdan iborat she’riy to`plamining 1 juzvini nashr qildirdi. 1913 yili u teatrchilik ishlariga kirishib ketdi. Uningg`ayrat va tashabbusi bilan “Turon” teatr truppasi tashkil etildi. Uning a’zolari 25 kishidan iborat edi. Ulardan G`ulom Zafariy, Shokirjon Rahimiylar xalqqa taniqli edilar. Unga 1916 yili kelib qo`shilgan Mannon Uyg`ur va Shamsiddin Sharafiddinovlar (Xurshid) o`zbek teatr madaniyatining asoschilaridan bo`lib qoldilar. Truppa 1915 yili “Zaharli hayot”, “Baxtsiz kuyov” kabi dramalarni sahnalashtirdi. Avloniy o`z truppasi yanada takomillashuvi uchun peshqadam ozarbayjon va tatar dramaturgiyasiga murojaat etdi. 1914-16 yillar davomida Aliasqar Asqarov (ozarbayjon), Zaki Boyazidskiy (tatar) bosh rejissyor bo`lib ishladi. Avloniy o`zi ham truppa uchun sahna asarlari yozadi. Shu tariqa uning “Pinak” (1915), “Advokatlik osonmi?” (1916) komediyalari maydonga keldi. 1914-16 yillar davomida truppa Farg`onada bo`ladi, ularning bu tashrifi mahalliy matbuot sahifalarida e’lon qilingan edi.
Avloniy 1914 yil bir guruh taraqqiyparvar yoshlar bilan “Nashriyot” shirkatini tuzadi va Xadrada “Maktab kutubxonasi” kitob do`konini ochib, madaniy-oqartuv ishlari bilan shuG`ullanadi. Uning Toshkentda mahalliy muallimlar o`rtasida siyosiy ishlar olib boruvchi “O`qituvchilar uyushmasini” tuzganligi ma’lum. 1917 yilning aprel oyidan Avloniy “Turon” nomli gazeta chiqara boshlaydi. Lekin uning ikkinchi sonidayoq Mirmuhsinning maqolasidagi qaltis gaplari uchun “Sho`roi Islomiya” va “Ulamo” jamiyatlari qo`shma majlisida maqola muallifini ham, gazeta muharririni ham “kofir” deb e’lon qilishadi. Mirmuhsin yashirinadi, Avloniy tavba-tazarrular qilib ikkinchi gazeta chiqarmaslikka tilxat berib qutiladi. Bu voqyea Rossiya matbuotida ham shov-shuvlarga sabab bo`ladi. Shoirning o`limi munosabati bilan bosilib chiqqan nekrologda uning 1918 yil Toshkent shahar sovetining a’zosi, eski shahar ijroiya komitetining raisi, 1919-20 yillarda Afg`onistondagi elchixonada bosh konsul, Turkbyuroning iqtisodiy ta’minot mudiri vazifasida ishlagani aytilgan. Shuningdek, Avloniy “Ishtirokiyun”, “Qizil bayroq”, “Kasabachilik ishi” gazetalarida redkollegiya a’zosi va bosh muharrir bo`lib ishladi. 20-yillarda u pedagog olim sifatida faoliyat ko`rsatdi. 1924-29 yillarda harbiy maktabda, 1925-1934 yillar davomida O`rta Osiyo Qishloq xo`jaligi maktabida va SAGUda o`qituvchilik qildi, u yerda til bilimi kafedrasida professorlikka tasdiqlandi. Bu ishlardan tashqari Avloniy O`znashrda, Terminologiya komiteti Davlat ilmiy kengashida qizG`in ish olib bordi. 1933 yili o`rta maktablarning 7-sinfi uchun adabiyot xrestomatiyasini tuzadi. Avloniy 1934 yil 25 avgustda Toshkentda vafot etadi.
Avloniy 30 yildan ortiq vaqt mobaynida ijod qildi. O`zi aytganidek, o`nlab she’r va maktab kitoblari, 4 teatr kitobi qoldirdi. Uning madaniyatimiz tarixida tutgan o`rniga baho bersak, pedagogik faoliyati va poetik merosi diqqatga sazovordir. Adib maktablar uchun darsliklar tuzgan “Birinchi muallim” 4 marta, “Ikkinchi muallim” 3 bora nashr etiladi. ”Ikkinchi muallim” darsligida 50 dan ortiq she’riy va prozaik hikoyalar bor, yana unga Tolstoy va Krilovdan erkin tarjimalar kiritilgan. Avloniyning ta’limiy-axloqiy asarlari ichida “Turkiy Guliston yoxud axloq” diqqatga sazovordir. Avloniy bu asarini yaratishda Sa’diyning “Guliston” asariga suyanadi.
Avloniy o`ziga “ Hijron” taxallusini tanlaydi va shu taxallus bilan she’rlar bitadi.
Avloniyning maktab darsliklari suhbat usuli bilan bolalarning nutqini uyushtirishda, badiiy so`zlashuvga o`rgatishda katta ahamiyat kasb etadi. 7-sinflar uchun yaratgan xrestomatiyasida M.Gorkiy, V.Mayakovskiy, G`.G`ulom, H.Olimjon, Oybek, K.Yashin, Uyg`un asarlarini birinchi bor maktab darsliklariga kiritadi hamda ularning hayoti va ijodi haqida ma’lumot beradi. Avloniy butun ongli faoliyatini xalq maorifiga bag`ishladi.
Avloniy she’riyati “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” to`plamida jamlangandir. She’rlarning asosiy mazmuni axloqiy-ma’rifiy, ijtimoiy masalalarga bag`ishlangandir. Ulardan “Maktab”, “Ilima targ`ib”, “Millatga xitob” she’rlari mashhurdir. Avloniyning komik dramalaridan tashqari siyosiy dramalari ham mavjud. “Ikki sevgi”, “Biz va siz”, “PortuG`oliya inqilobi” asarlarida ozodlik, milliy uyg`onishg`oyalari ilgari surilgan, lekin bu dramalar tugallanmagan. Adibning publisistika sohasidagi yutuqlaridan ma’rifatparvarlik shiorlari bilan sug`orilgan maqolalari orasida “Madaniyat to`lqinlari”, “Hibzi lison”, “Jaholat” kabilarni ajratib ko`rsatish mumkin. “Afg`on kundaliklari” nomli asari esa o`zbek publisistikasi va memuar adabiyotning yaxshi namunalaridan biridir. Asarda vayron qilingan Turkistonning foje’i manzarasi tarixan haqqoniy tasvirlab berilgan.
Ko`rib chiqqanimizdek, Abdulla Avloniy o`zbek adabiyotining yorqin siymolaridan biri sifatida o`z davrida qizG`in faoliyat olib borgan.



Download 49.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling