1. bob. Mustaqillikning ro’yobga chiqishi va poeziyadagi izlanishlar
Mustaqillik davri poeziyasida tarixiy tasvirning o’ziga xosligi
Download 49.02 Kb.
|
xx asr so\'ngi choragida poeziyalarning rivoji
1.3. Mustaqillik davri poeziyasida tarixiy tasvirning o’ziga xosligi.
Odil Yoqubovning «Avlodlarga vasiyatim» tarixiy dramasi nasrda yozilgan bo’lib, uning asosiga Amir Temurning yoshi ulg’aygan bir paytda muyassar bo’lgan suyukli rafiqasiga bo’lgan samimiy sevgisini tarannum etishni maqsad qilib qo’yadi. Shundan, asarning muqaddimasi Sohibqironning O’trordagi qarorgohida xasta holda yotgan paytidagi holatining tasviridan boshlanadi. U qanchalik dard bilan olishmasin, dilini sevimli yordan ayriliq dardi qiynaydi. Dard bo’lganda ham… keling dardli dilning ohu-zoriga, yori bilan hijronda o’rtanib qilgan xayoliy suhbatiga quloq tutaylik. Sohibqiron. Bibi, bibijonim. Izlay-izlay keksayganda topgan duru gavharim. Nechuk meni kutmading? Meni kutmay aziz joningga qasd qilding? Suluvko’z. Boshqa choram bo’lmadi, amirim, Olloh qovushtirgan jufti halolim! Sohibqiron. Bilaman, malagim, barini bilaman. Suluvko’z. Yo’q, bilmaysiz, amirim, bilmaysiz. Bibingizning birdan-bir gunohi o’zingiz topshirgan masjidi jome’ni qurib tugatmoq erdi. Sizga bebaho bir tuhfa in’om etmoq erdi, ul shum niyatlar ersa…3 Mana, Amir Temurni umr so’ngida iztirobga solayotgan narsa. Ha, muqaddimadan anglashilgan voqelik, dramaning mag’zini ishg’ol etgan. To’g’ri, asarda Amir Temurning Suluvko’z bilan bo’lgan ishqiy munosabatlari va Suluvko’zning fojiaviy taqdirigina emas, aka-uka Qalqonbek va Bosqonbekning opa-singil saroy kanizaklari Soragul va Aqchagullar bilan bo’lgan ishqiy sarguzashtlari ham o’rin olgan. Bosqonbekning Amir Temurga otilgan o’qqa qalqon bo’lib, uni saqlab qolishi va buning evaziga o’zi nobud bo’lganligi real aks etgan. Amir Temurning Boyazid bilan bo’lg’on harbdan so’nggi muloqoti ham o’ziga xos. Hali Boyazid gap ochmasidan Sohibqiron Boyazidning dilida nima borligini ochib tashlaydi. Sohibqiron. Kaloming shulkim, men, kimsan Sulton Boyazid butkul turk olamini mag’rib g’ayridinlaridan asrab o’rtada qalqon bo’lib turg’on erdim, sen ersa meni toru-mor qilib, g’animlarimizga yo’l ochib berding, demoqchisan sen! Boyazid. Yo bu so’zim haqiqat ermasmi, Sohibqiron? Mag’ribda qilich yalong’achlab turg’on yovlaringizga yo’l ochmadingizmi? Mashriqda Urusiyaga qarshi ko’krak kerib turg’on To’xtamishxonni yer bilan yakson qilib… Sohibqiron. (Qaltirab). Bas, ul munofiqdin so’z ochib, eski yarani tirnama, Yildirim! Padari buzrukvori olamdan o’tib, yetim qolganda uning boshini silab, ta’lim-tarbiya qilib, otasi taxtiga o’tqazgan kim? Amir Temur Ko’ragoniy emasmu? Boyazid. Amir Temur Ko’ragoniy, ammo… Sohibqiron. Ko’ragoniy bo’lsa, nechun bul malomat? Mag’ribdagi g’animlarimga qarshi qalqon bo’lib turg’on erdim deb ko’krak kerasan, ammo yolg’iz ko’zingni mag’ribga ermas, mashriqqa qadaysan? Mening sarhadimg’a tahdid solasen! Kamina seni ko’zi ko’r bir faqir desam, diling ham ko’r erkan, Boyazid!(248). Sohibqironning butun yurishi va har bir masalaning yechimi uchun mashvarat qilganda, xullas, har bir qadamida o’zi bilan birga muarrixni olib yurganligi ham asarga ishonchli bir ruh baxsh etgan. Ayniqsa, Amir Temur umrining oxirgi daqiqalarida yaqinlarini yig’ib vasiyat qilar ekan, uning dilida o’z davlatining barqarorligi qolayotgan avlodining birdamligiga bog’liq ekanligiga chuqur ishonadi va nabirasi Pirmuhammadni valiahd etib tayinlaganligini barchaga bildiradi, uni qo’llab, barchasiga mamlakatni asrab-avaylashda bir-biriga hamkorlikka chaqirib, vasiyat qiladi. Dilidagi fikrini bildiradi-yu, yig’ilganlarda o’zining vasiyatini qabul qilayotganda ishonchsizlik sezgandek bo’ladi va bu dilini bezovta qilayotgan dardini muarrix bilan baham ko’radi. Sohibqiron. Boya… Kamina olamdan o’tsam… Toju-taxtimni vorisi valiyahdi nabiram Pirmuhammad bo’lg’ay deganimda men inongan amiru-umaro norozi bo’lg’anday bo’ldiya, buni uqa oldingmu, Mavlono? Murrix. Uqdim, Davlatpanoh, uqdim. Sohibqiron. Uqqan bo’lsang, ayt: inongan tog’larim ko’zim tirikligida irodamga bo’ysunmoqni istamasalar ko’zim yumulg’ondan keyin bu elda ne bo’lur, Mavlono?(265). Ha, Amir Temur umrining oxirgi kunlarini kechirar ekan, o’zi tuzgan mustaqil davlat taqdirini o’ylab, dilida armon tuyadi va bu dard uning oromini buzib tahlikaga soladi. Bunga ko’zi ochiqligidayoq «inongan amiru-umaro norozi bo’lg’anday bo’l»ganligi sabab edi. Muarrix bilan muloqot davomida u bunday bezovtaligini qayta-qayta ta’kidlab tarixda qoldirishni lozim topadi. Download 49.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling