1. bob. Mustaqillikning ro’yobga chiqishi va poeziyadagi izlanishlar
BOB. Mustaqillikning ro’yobga chiqishi va poeziyadagi izlanishlar
Download 49.02 Kb.
|
xx asr so\'ngi choragida poeziyalarning rivoji
1. BOB. Mustaqillikning ro’yobga chiqishi va poeziyadagi izlanishlar.
1.1. Falsafiy-timsolli obrazlilik badiiy tafakkurning mustaqil ko’rinishi. Timsollarga, ramzlarga asoslangan badiiy idrok va ifoda madaniyatidagi fasafiy umumlashmalar o’zining hikmatli, dono, ibratli ma’nodorligiga ko’ra insoniyat madaniyati tarixini bezab keladi. Ushbu xususiyat Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibbatul Haqoyiq» dostonlaridan tortib, Alisher Navoiy asarlarigacha, Oybekning «Mahmud Torobiy», «Navoiy va Guli», Zulfiyaning «Xotiram siniqlari» poemalaridan e’tiboran, A.Oripovning «Sohibqiron» she’riy dramasi va «Dunyo», «Hikmat sadolari» turkumlarigacha, barcha-barchasining mag’zini tashkil etadi. Ana shu ming yillik teran tafakkur madaniyatining tabiatini, bir-biridan farqli jihatlarini ko’rsatish eng muhim vazifalarimizdandir. Ushbu jihatlar har bir davrning aniq va asosli mazmuni bilan belgilanadi. Badiiy ong dunyoqarashlarning milliy o’ziga xos xususiftlari bilan ajralib turadi. Falsafiy timsolli obrazliloikning aynan ana shu tarixan aniq mazmuni va ahamiyatiga ko’ra bugungi istiqlol mafkurasi asoslarini mustahkamlash xususida so’zlash mumkin. Xususan, bugungi falsafiy she’riyat qaysi zususiyatlariga ko’ra avvalgi o’n yilliklardan farq qiladi, ajralib turadi? Va yana qaysi fazilatlari badiiy estetik tafakkurning kelgusi taraqqiyot tamoyillarini belgilab berayotir? Avvalo, jamiyatlar noqisligi, odamlar tabiati va ma’naviyatlar nomukammalligi bugungi falsafiy she’riyatimizni ham o’ylantirib kelmoqda. Nur bilan zulmat, ezgulik bilan yovuzlik, yaxshiliye bilan yomonlik, go’zallik bilan badbinlik, hayot bilan o’lim, jannat bilan do’zax – barchasi inson uchun. Har ikki dunyo shevalari odamni komillik maqomiga yetkazish uchun safarbar. Dunyoningg’alati yo’rig’iga boq, Kimga aysh tashnayu kimga dor mushtoq. Lekin hammasida ma’no bittadir, Qurbon oldin ketar, jallod keyinroq. Yoki, Shudgorda qarg’alar to’dasin ko’rsang, Sira ajablanma, bo’lma hangu mang. Sen yerni ag’darib shudgor qilgan chog’, Yuzaga chiqqandi qurtu chuvochang. Yoki, Paydo bo’lganida zamin va zamon, Atay yaralgandir daraxt va hayvon. Bul ikki soddani aldamoq uchun Aqlini pesh qilib chiqqan so’ng inson. A.Oripovning ushbu to’rtliklari inson va jamiyat kemtiklaridan bahs yuritadi. Ha, inson unib o’sgan muhitning farzandi. Shu bois u o’zini baxtli qiladigan, jamiyatni esa gulga o’raydigan tiriklik shakllarini izdaydi. Insonning ko’ngliyu fikrlari o’zi tug’ilib o’sgan jamiyatning andisi. Ruhoniy va ijtimoiy mutelikka qarshi kurash g’oyalari Odamning ma’naviy erkinligini ta’minlaydi. Shaxs va jamiyatni baxtli qilish g’oyalari falsafiy she’riyatimiz mundarijasini tashkil etmoqda. Ikkinchidan, har qanday mutelik ko’rinishlariga qarshi komillik xislat fazilatlari bilan kurashuvchi insonni voyaga yetkazish, ulug’lash g’oyalari falsafiy she’riyatimizning yana bir xususiyati bo’lib qoldi. Bu dunyoning barcha jahannam azoblarini, ko’rguliklarini, sir-sinoatlarini boshidan kechirgan, va lekin, ruhan sinmagan, bukilmagan Odamning aql-zakovati, ma’naviy kamoloti mutelikka qarshi bosh ko’taradi. U o’z haq-huquqlarini yaxshi bilgan va tanigan yolg’iz Shaxsning nidosigina, azoblarda yonib kuygan qalbning isyonigina emas. U ko’ngil erkinligiga, ruhoniyat erkiga yetishish asosida o’z baxtini yaratishga safarbar Inson. Uchinchidan, falsafiy timsolli she’riyatda nafaqat yolg’iz Shaxs isyonigina emas, yana Olam ham notugal, Odam ham qaram, degan mushohadakorlik alohida yo’nalishni tashkil etadi. Olam ichidagi odamni va odam ichidagi olamlarni to’kis, tugal va go’zal qilish mas’uliyati hukmron. Asqad Muxtorning «Hayot shu ekan-da», «Daraxtlar», «Yolg’iz elim», «Safaringda uor keladi» singari o’nlab she’rlari bu borada fikrlash uchun katta cho’g’ga ega. Axir hayot bizning o’y va armon, Ongu irodamiz emasmi? Axir, hayot, ey qudratli inson, Koru qilmishingning o’ziyeu, asli!? Nega o’z ishimiz diltang etganda Kuyib, sovub o’yga tolamiz? Nega endi: «Hayot shu ekan-da…» Deya, tan berganday, tinchib qolamiz? deydi A.Muxtorning lirik qahramoni. Abdulla Sherning «Vatan faryodi» she’rida lirik qahramon hayotga tashnalikdan yozg’iradi. Ruhlar gado bo’lgan zaminda Shohlar gado, shoirlar gado. Insof ado bo’lgan zamonda Gado ekan hattoki xudo. Dahshat ekan, dahshat ekan bu: Ko’rshapalak qo’nsa chiroqqa. Muncha yovuz qismat ekan bu: Ruh qorishib ketsa tuproqqa. Ko’rinadiki, jahoniy tashnalik sasi ana shu nomukammal dunyoni tushunishga, bilishga, anglashga qaratilgan. Bu – shunchaki qiziqish mayllaridan biri emas. U kurashga safarbar etilgan Nur. U yovuzlikka, jaholatga qarshi bosh ko’targan Yorug’lik. Demak, Nur va Zulmat, Yovuzlik va Ezgulik, Adolat va Nohaqlik o’rtasidagi ziddiyat falsafiy she’riyatning badiiy tadqiqotchilik madaniyatida ko’z ochgan yana bir yo’nalishdir. To’rtinchidan, falsafiy she’riyatdagi muhim tadqiqotchilik yo’nalishlaridan yana biri o’zlikni bilish bilan boqliq. Xususan, odam tabiatni bilishi, jamiyatni tushunishi va o’zini anglashi orqali o’zligini yana bir teran anglata boradi. Ko’ngil deb atalgan bekaram dunyoning «ko’chalari» tabiat va jamiyatga tutashib ketadi. Tabiat va jamiyatda Ko’ngil suv ichadigan marjon buloqlar turna qator. Shu boisdan ham tabiatning ruhida ko’ngil qulfi, ko’ngil zulfida esa, tabiatning kaliti yashirin. Ularning har ikkisi bir-biriga suyanchiq. Bir-biriga ochqich. Bir-biri ila et bilan tirnoq. Ko’rinadiki, bugungi falsafiy she’riyatning badiiy tadqiqotchilik yo’nalishlari turfa va ranggin. Hurriyat, keldingmi – nahotki kelding… Pinhona sog’indim, pinhona kutdim. Yomqirga bag’rini tutgan sahrodek – Sening nasimingga qalbimni tutdim. Mana qalb – baxtu dard to’la dengizim, Mavjlari shuhratim, hijron, o’kinchim. Qo’rquv kalxatlari tegib sindirgan – Yodim siniqlari ostda cho’kindi, - deb yozadi Zulfiya «Xotiram siniqlari» dostonida. Doston taxayyullar asosiga qurilgan. Milliy g’urur tuyg’ularini moziy ildizlariga murojaat etish asosida istiqlol ulug’lanadi. Tuyg’uning o’zi alohida olinganda hyech narsa emas. E’tiborli mohiyat kasb etmaydi. Qachonki u inson dardlari, sevinchlari ifodasiga aylansagina, ya’ni, kechinmalar odamlar qiyofasiga kirgandagina gumanistik mazmunga ega bo’ladi. Bu narsa ma’naviy – intellektual qadriyatlar bilan milliy qurur tuyg’ularini o’z aro bog’liq jihatlari haqida fikrlashish imkoniyatini tug’diradi. Zulfiyaning «Xotiram siniqlari» dostoni bu borada mo’l-ko’l ozuqa beradi. «Xotiram siniqlari» nafaqat istiqlol davri adabiyotida, umuman XX asr oxiri – XXI asr boshlari o’zbek poemachiligi takomil tarixida ayricha ahamiyatga ega. Gap asar mavzui milliy istiqlolga bag’ishlanganligida emas. Hamma gap, hurriyat uyg’otgan milliy g’urur tuyg’ularini ta’kidlash asnosida inson ruhoniyati iqlimlariga teran kirib borganligida, kechinmalar silsilasi asosida erkka intilib yozg’irgan ruhning suratini chiza bilganligida ko’rinadi. Shu ma’noda, doston erk haqidagi erksiz ruhning nidosi; alamli, iztirobli hayqirig’i. Ijtimoiy tuzum, hukmron mafkura qaddini bukkan, xotirasini sindirgan, va lekin, qadrini mahv etolmagan ruhoniyat suratlari, deging keladi. Dostonla ijtimoiy tuzum ko’rguliklaridan yongan, kuygan, va lekin, ado bo’lmagan inson ruhi bo’y ko’rsatadi. Zo’ravon zamona zulmidan qontalash insoniy taqdirlar ko’z ochadi. Kechinmalarga ko’chgan qismatlar so’zlaydi. Dostondagi taxayyullar tabiati shundan iboratki, lirik qahramon xotirasida tiklangan – singan taqdirlar misolida o’z yurti, millati boshiga tushgan zo’ravon tuzum ko’rgulikoariga qarshi bosh ko’targan nolalarini satrlarga tizadi. Onam, «suv boshidan loyqa» derdingiz, Bilmasdik bu gapda haqiqat zuhur. Muhtasham binoda sirli, yashirin Asl yigitlarga qazilardi go’r… Va faqat derdingiz: «soldim xudoga», Bu qirg’in doyasi xudosizlar-ku. …Sabr-qanoatdan yaralgan elim, So’qir ham o’ziga to’qmoq izlar-ku. Lirik qahramonning yongan so’zlari, bu – millatni sukutga cho’mdirgan, so’qir dillarni yuzaga keltirgan, shirin yolg’onlarni katta haqiqat deb bilgan mutelik psixologiyasi, gumrohlikka, g’ofillikka qarshi isyondir. Alamdan, iztirobdan jumbushga kelgan tuyg’ular tug’yoni bu. Mazkur mazmun yo’nalishi bilan ham asar erksevar xalqlar ko’ngliga yo’l topadi. Lirik qahramon «yallig’lanib yotar keksa xotiram», deyishligi bejiz emas. Eng kichik giyoh ham nazdimda uyg’oq, Faqat el-elatni sukutda ko’rdim. Zo’rovonliklarga qarshi dilda tug’yoni toshgan lirik qahramon dard-alamlaridan xamir qorayotganga o’xshaydi. Xotira siniqlariga aylangan fiqon ko’chalarini ulashayotgandek tuyuladi. «Xotiram siniqlari» Zulfiyaning millatni uyg’oqlikka, kurashchanlikka da’vat etuvchi o’tli nidosi. Ana shu tuyg’ular tahlilidan bugungi kunlar shukronasi, milliy istiqloldan g’urur tuyg’ulari sizib chiqayotganligini tuyish mumkin. Albatta, mustaqillikni madh etish yaxshi narsa, lekin undan sun’iylik o’rin olmasligi, mustaqilligimizning o’ziga xos ne’matligini ocha bilish lozim bo’ladi. Buni ko’pgina tajribali yozuvchildarimiz ham, endigina she’riyat olamiga qadam qo’yayotgan ijodkorlarda ham uchrayotganligidan quvonasan kishi. Lekin boshqa bir manzarani ham kuzatish mumkinki, buni aytib o’tmasdan iloj yo’q. Ma’lumki, Sho’ro davrida ofarinbozlik, ritorikani, deklorativlikni yuzaga chig’argan bo’lsa, bugungi yaltiroq madhiyabozlik bir qolipdan ko’chgan yaltiroq karnaychi she’riyatni vujkdga keltirmoqda. Ozod bo’ldi ruhimu jonim, Tadbirkorlik bilmadi tinim, Gullab yashnar ona Vatanim, Mustaqillik nashidasida bu. Ushbu tasvirlar Ayubxon Muhammadiyevning «Ezgulik» majmuasidagi «Mustaqillik gashidasida bu» she’ridan. Olamda hilpirar bayrog’ing bu kun, Dunyoga taralgan dovrug’ing bu kun, O’tkuring madhingni kuylaydi mamnun, Mustaqil o’lkamsan, O’zbekistonim! Bu satrlar O’tkir Jo’rayevning «Buloqlaring qaynab, kuylaydi ash’or» turkumidagi «Quyoshli o’lkam» she’ridan. Endi, Amir Xudoyberdiyevning «Vatan madhi» she’ridagi satrlarga diqqatni qarataylik. Ey, Vatan, sen ila hayotim, borim. Sen mening imonim, nomusim, orim, Necha azizlarim yotgan mozorim, Va erka dilbandlar erkin kezgan bog’. Ismoil To’xtamishevning «Peshvoz chiqar tongda oftob» she’ridagi mazkur satrlar ham belgisiz, g’uruq-tumtaroq olqish yog’dirishda yuqoridagi she’rlarga bir tomchi suvdek o’xshaydi. Hur Vatanning ravnaqi uchun, Xizmat qilmoq ezgu niyatdir. Bajarmoqqa farzandlik burchin Bu ham bitta imkoniyatdir. Jumagul Suvrnovaning «Mustaqillik, Vatanga jonim» she’ridan: Mustaqillik yuo’lsin, buyuk, Qay yutug’ing izohlay o’ktam. Bugun sendek: - «Mard bo’ling og’a» - Deb turibman elimga men ham. Muhiddin Omonning «Mustaqil yurt bolasiga» she’ridan: Vatanni sev, ardoqla, bolam, Buyuk ne’mat erur istiqlol. Elni sevgan inson mukarram, Yurt deganga kulgay baxt, iqbol. Ravshan Isoqovning «O’zbekiston – jannatimsan» she’ridan: O’zbekiston oltin diyor, Quyosh ketmas qoshingdan. Hamjihatlik qutlug’ shior – Ilk mustaqil yoshingdan. To’lan Nizomning «Turkiston – mening uyim» she’ridan: Turkiston – mening uyim: Nur qal’asi Shoshimda. Mehri bor quyoshimda, Ey, yurak, qayna, suyun! Yuqoridagi she’rlarda mualliflar ismi-sharifini olib qo’yadigan bo’lsak, ushbu satrlar bir qalam sohibiga tegishlidek tuyuladi. Inkubatordan chiqqan jo’jalardek bir-biriga juda ham o’xshash. Fikr qurilishi jihatidan ham nihoyatda uyqash. Keyin, qog’oz guldek sirti yaltirog’u ichi qaltiroq. Botinan hissiz, haroratsiz. Hovuch-hovuch shaldiroq so’zlar shovqini qulog’ingizga chalinadiyu, ko’nglingizga hyech vaqo yuqmaydi. Download 49.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling