1. bob. Mustaqillikning ro’yobga chiqishi va poeziyadagi izlanishlar


XXI asr o’zbek adabiyoti va o’zbek poeziyasi


Download 49.02 Kb.
bet3/8
Sana25.01.2023
Hajmi49.02 Kb.
#1118691
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xx asr so\'ngi choragida poeziyalarning rivoji

1.2. XXI asr o’zbek adabiyoti va o’zbek poeziyasi.


Qayta qurish davri va mustaqillikka erishganligimiz sharofati bilan xalqimiz tarixini, uning tarixida o’rin tutgan alohida siymolar obrazini yoritishga. Ayniqsa, Amir Temurning tarixdagi o’ziga xos o’rnini ko’rsatishga bag’ishlangan sahna asarlari yaratishga e’tibor kuchaydi. Bu tariximizni oydinlashtirishga va unda alohida qimmatga ega bo’lgan AmirTemur faoliyatini sahnada aks ettirishga bag’ishlangan uch sahna asari o’zida bir davrni – AmirTemurning Balxqurultoyidan so’nggi Turon amiri sifatida saylanganda numrining oxirigacha bo’lgan faoliyatini aks ettirish jihatidan bir-biriga yaqin tursa-da, ulardagi dramatizm va xarakter mantiqi ifodasida dramaturglar mahoratining o’ziga xosligini ko’rinishini oz bo’lsa-da ravshanlashtirishni lozim topdik.
Albatta, bir mavzuda asar yozishning o’ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Bir xil mavzu bo’lishiga qaramay o’sha davrining hali anglashilmagan tomonlarini ochib bera bilish, uni ifoda etishda o’ziga xos mahoratini namoyon etish va shu orqali originallikka erishish mumkin bo’ladi.
Shu nuqtai nazar bilan qaraganda, Asror Samadning «Sohibqiron Temur» dramasi Amir Temurning bu davrdagi faoliyatini birinchi bo’lib sahnaga olib chiqish va kitob holida chop ettirilganligi bilan qimmatli. Unda voqea Balx qurultoyining o’tkazilish paytidagi holat tasviridan boshlanadi. Asarda dramatizmga boy o’rinlar she’rda berilgan. Unda Amir Temurning ko’proq o’z faoliyatini Islom diniga bo’lgan e’tiqodi orqali yuzaga chiqarganligi barcha xatti-harakatlarining va asar voqeligining negizida turadi. Shundan uning umr yo’ldoshi Bibixoning Amir Temurning vafotidan so’ng aytgan so’zlari ham uning xarakter mantig’idan kelib chiqib asarda tasvir etilgan hayot yo’li ifodasi deyish mumkin: «…Amirimning ko’zlari uyquga ketgan kabi asta beozor yumildi. Zero, amirimning matlabi-yu, maqsadi ro’yobga chiqdi: o’z yurtini kofirlardan tozaladi, pokladi, xalqining boshiga toj kiydirdi. Men Iskandari soniy emasman, dedi Sohibqiron. Yo’q, yo’q! Ming bora yo’q Iskandar Zulqaynarin emas edi amirim, qo’li ham tobutdan chiqib ochiq ketmas! U bu dunyodan nayob javohir olib ketdi: bu matonat, bu buyuk aql-zakovat, bu – pok vijdon! Bu – boy iymonu e’tiqod!»1
Asarda Amir Temurning Cho’lponoyga – Misr podshosi qiziga erishuvi, unga bo’lgan samimiy muhabbati ishonchli chiqqan. Lekin Ja’far xarakterini ishlashda yetishmovchiliklar ham ko’zga tashlangandek bo’ladi. Jafarni Misrga vakil sifatida yuborganda, u Misr podshosiga yolg’on-yoshiq so’zlab, Amir Temurga qarshi qayraydi. Bu haqda Misr sarkardasi Jaloyir do’stlikni mustahkamlash, urush qilmaslik maqsadida Ja’farning yaramasligidan turonliklarni xabardor etadi va Bibixonim bundan Amir Temurni ham ogoh etadi. Lekin zafar bilan qaytilgandan keyin ham u Amir Temur saroyida xizmatda qolaveradi va Cho’lponoyning boshiga yetadi. Umuman, Ja’farning maqsadi ham qorong’i qolgan. Har bir obraz xatti-harakati xarakter mantiqidan kelib chiqib amalga oshirilsa, unga bo’lgan tomoshabin va kitobxon ishonchini qozonish mumkin edi.
Abdulla Oripovning «Sohibqiron» she’riy dramasida dramatizm va xarakterning ro’yobga chiqishi mantiqiy asoslar bilan yuz beradi. Asar Amir Temur haqidagi she’r bilan boshlanadi. Bu she’r ramziy ma’noga ega. Uning leytmotivini Amir Temurdek buyuk insonning shon va shavkati xalqimiz tarixida katta qimmatga ega ekanligi, istiqlol tufayli yana o’z xalqiga shon-shavkati bilan qaytganligi tashkil etadi. Bu kitobxon va tomoshabinga mustaqillikdan faxrlanish, Amir Temurday bir ulug’ inson ajdodi ekanligidan g’ururlanish tuyg’usini uyg’otadi.
Dramada Amir Temurning tomoshabin bilan yuzlashishi ham o’ziga xos. U soch oldirmoqda. Soch bahona sartarosh bilan sirlashadi, hazil-mutoyiba qiladi va shu yo’sinda uning kechmishi o’z tilidan hikoya qilinadi. Faqat bolaligining Kesh atrofida kechganligigina emas, uning yoshlikdan adolatga bo’lgan mehri qilich chopish hunari bilan yo’g’rilib, o’z shamshiriga «Kuch – adolatda!» deya yozilganligi, «Chingiziylar mo’r-malaxdek bosgan bir paytda» qasoskor va erksevarlarni bir joyga to’plab, «yalov ko’tarib», tog’u-tosh, dovonlarni, g’orlarni makon tutganligi anglashilib boradi. Shunday bir paytda bosqinchilar uni erksevarlar xomiysi emas, o’g’ri, yo’lto’sar deb gap tarqatganligi ayon bo’ladi. Shuningdek uning:
Gap yurarmish, go’yo Temur tabassum qilmas,
Go’yo menga xursandchilik, shodlik begona.
Har qadamda bilintirmay og’u sochg’uvchi
Mansabparast, g’ayur, battol, o’g’ri, firibgar
Xushomadgo’y kimsalarni mahram sanaymi?
Yo ularga yaltoqlanib, tabassum aylab,
Ko’nggillarin ovlash uchun muqom qilaymi?
Men ularning yuragida ne kechishini
Oyinaga boqqan kabi ko’rib turaman.
Odamlarning badnafs, yuho og’izlariga
Tizgin solib, qamchin bilan titratmoq darkor…2
kabi so’zlaridan qalbidagi «mansabparast, o’g’ri, firibgar, xushomadgo’ylar»ga nafrati o’z-o’zidan anglashiladi, Sohibqironning keyingi faoliyati yoshlikdagi jo’shqin harakatining uzviy davomi ekanligini, haqiqat va adolat oldida u hatto o’z farzandini ham ayamaydigan insonligi namoyon bo’ladi.
Husayn – tarixda ham, dramada ham murakkab xarakterli shaxs. Avvaliga u o’z manfaatini o’ylab, Amir Temur bilan hamkorlik qiladi. Amir Temurning xalq orasida shuhrati osha borganligini ko’rgach, u Amir Temurni qanday bo’lmasin yo’q qilish harakatiga tushadi va hatto o’zining Amir Temur bilan qarindoshlik iplarini bog’lab turgan O’ljoy Turkonning (Husaynning singlisi, Temurning zavjasi) halokati sababchisi ham uning ana shu noo’rin xatti-harakati bo’ladi. Bularning barchasi, oxir oqibat Amir Temur tomonidan Husaynning o’limga hukm etilishi bilan barham topadi.
Amir Temur o’z farzandlari, nabiralariga juda katta mehr bilan qaraydi, o’z navbatida, ularning ham to’g’rilik va adolat yo’lidan adashganlarida qattiq jazoga buyuradiki, bu o’zining tarbiyaviy kuchini hozir ham yo’qotmagan. Masalan, o’g’li Mironshohga mast holda xotini Xonzodabegimni kaltaklagani munosabati bilan aytgan quyidagi so’zlariga e’tibor bering:
Qilmishing uchun seni hozir tilka-pora qilsam ham ozdir.
Sohibqiron o’g’liman deb, shahzodaman deb
Yoki bosar-tusaringni bilmay qoldingmi?..
Ayol zoti xonadonning shamchirog’idir,
O’sha chiroq o’chmasin deb jang qilamiz-ku!
Endi esa, zindonga bor!
Qirq kun yotgaysan!(58)
Hatto, Amir Temur xatolikka yo’l qo’ysa vazirlarini ham ayab o’tirmaydi. Bu vaziri Muhammad Qovchinga bo’lgan munosabatida o’z ifodasini topgan. Ozgina xatosi uchun Muhamad Qovchinni otboqarlikka lozim ko’radi. Keyingi sahnalardan birida esa, darug’ani xalqqa noo’rin soliq solganligidan va xalqning uning ustidan qilgan shikyatidan dorga ostiradi. Shuningdek, aholiga firib berayotgan qassoblar ham jazoga loyiq topiladi. U mashvaratsiz biror ishga qo’l urishni lozim bilmasligi ham uning faoliyatining va muvaffaqiyatining asosi ekanligi asarda o’rinli ko’rsatilgan. Bu, xalqimiz tili bilan aytganda, yetti o’lchab bir kesish odatidir. Bu holat Boyazid bilan bo’lgan munosabatda ham ko’zga tashlanadi. Amir Temur Sulton Boyazidning dunyodagi o’rnini juda yaxshi his etadi. Lekin Qora Yusuf, Jaloyirdek bir yo’lto’sarlar uning pinjidan o’rin olganligi Temurni tinch qo’ymaydi. Ularni o’z qo’liga topshirishni so’rab, turk Sultoni Boyazidga maktub yo’llaydi. Yo’llaydi-yu, sarosimada qoladi, javob ancha kechikadi. Kech kelgan maktub ham chidab bo’lmas haqoratga yo’g’rilgan edi. Bu ikki turkiy mamlakat o’rtasidagi nizoni kuchaytiradi va harbga yo’l ochadi. Amir Temurning xufyalar orqali va tadbirkorlik bilan kengashgan holda yo’l tutishi harbdagi muvaffaqiyatiga asos bo’ladi. Bu g’alabadan so’nggi Boyazid bilan muloqotida ham o’z ifodasini topgan:
Temur
O’z boshingga o’zing yetding,
Iqror bo’l, Sulton,
Takabburlik va manmanlik hunaring bo’ldi.
O’z qavmingdan chiqqan bizdek Sohibqironga
Ko’p noloyiq maktublarni bitgan bu sen-ku.
Xudo sendan yuz o’girdi,
Lashkarlaring ham.
Qora Yusuf, Jaloyirdek g’animlarimning
Boshin silab, atay mening g’ashimga tegding.
Yer yuzining bir bo’lagin egallab olib
Jahongirlik da’vo qilish muroding edi.
O’zing o’yla, chiqishgaymi ikki jahongir?
Bir olamga ikki xudo ko’plik qilmasmi?
Boyazid
Agar mening qilmishlarim qusur sanalsa,
Buning bari senga ham xos, bilib qo’y, Temur.
Temur
Biroq Alloh yo’rug’idan chiqmaganman men,
Va aksincha, bu yo’ruqni buzgan zotlarning
Adablarin berib keldim, berajakman ham(72-73).
Amir Temur biror yurtga yurish qilar ekan, buning zamirida o’sha yurtda tinchlik o’rnatish, el-yurtni jaholatdan, zulmdan qutqarish maqsadi yotganligi «Sohibqiron» asarining mag’ziga singib ketgan. U Rum qaysari ustidan g’alaba qozongach, uning huzuriga muborakbod uchun kelgan elchilarni xushnud qabul qilar ekan, elchilarning: «A’lohazrat, Ovruponi Boyaziddin Siz qutqardingiz. Oltin haykal munosib Sizga», – kabi fikrlarini tinglagach, ularning dilida nima borligini ham, o’z dil istagini ham to’kib soladi:
«Ahli Ovrupo!
Meni sodda osiyolik deya o’ylamang.
Juda yaxshi bilaman men murodingizni,
Rum sultonin menga qarshi gijgijladingiz,
Oqibatda qutuldingiz uning zulmidan.
Xudo o’zi insof bersin senga, Ovrupo.
Oltin haykal. Oltin haykal.
Xushomadmi bu?
Mening qurgan shaharlarim – haykallarimdir.
Tag’in shuni bilingki, men butparast emas
Savdo-sotiq degan gap ham bordir dunyoda,
Ne-ne xalqlar do’stlashgaydir tijorat bois.
Samarqandga tashrif etsin karvonlaringiz.
Hindistondan Bolqongacha biror bolakay
Boshi uzra olib o’tsa lagan marvarid,
Yillar osha ulg’ayadi bolakay, ammo
Bir dona ham to’kilmagay o’sha lagandan.
Uqdingizmi, men qandayin tartib o’rnatdim.
Siz faranglar, yig’ishtiring qaroqchilikni
Bizlar kabi halollikka rioya aylang.
Sizlar xochga topinasiz.
Xoch ko’rinishi –
Bamisoli sharqu G’arbning qo’shiluvidir.
Inshoolloh, musulmonman, aytar gapim shu:
Hamkor bo’lsin Ovrupoyu ulug’ Osiyo(80-81).
Abdulla Oripov Amir Temur hayotidagi xushnud damlarni ham, tushkun holatlarni ham asarga me’yori bilan singdirib yuborishga usta san’atkor. Hali chet el elchilarini, Boyazidni kuzatib ulgurmagan Amir Temur huzuriga Hofiz Sheroziyning tashrifi, Sohibqironning ruhiyatini ko’tarib yuboradi. Hofiz Sheroziy Amir Temurning o’z she’riyatidan ham, Yassaviy va Firdavsiylar ijodidan ham xabardor, ijodkorlarning jonkuyari ekanligini anglagach, iftixor bilan shunday deydi:
She’riyatu ilmu fanga Siz kabi jo’mard,
Oliy himmat xomiy bersin doim Allohim.
Ana shunda gullab-yashnar Eron zamin ham,
Ana shunda charaqlagay Turon ham abad(87).
Samarqanddan chopar keladi va Samarqand ahlining Amir Temurni buyuk zafar bilan qutlamoqqa muntazirligini aytish bilan birga, Xitoydan maktub kelgani xabarini ham yetkazadi. Amir Temur maktubni o’qir ekan g’azablanadi:
Bu qandayin qabohatkim, Chin hukmdori
Bizdan o’lpon talab qilmish!
Surbet! Muttaham!..
Men dunyoning teng yarmini fath etibmanu
Kenja farzand emishman u osmon o’g’liga.
Tavba qildim!
Mantiq qani?
Adolat qani?
Men ularni o’rnatgumdir Xitoy yerida…
Shunday bezovtalik bilan turgan onda chopar nabirasi Muhammad Sulton dardi og’irlashgani haqidagi xabarni yetkazadi. Temur bunday tahlikali paytda ham o’z qalbidagi g’azab va mehrning qanchalik o’rni borligini ochishga muyassar bo’ladi:
U suyukli nabiramdir, valiahdimdir.
Alloh menga qahr hissin qancha mo’l bersa,
Yuragimga o’shanchalik mehr ham solmish.
Meni yengsa mehr hissi yengar olamda…(92).
Asarda Amir Temurning Bibixonimga bo’lgan ishonch va mehri, Bibixonimning Amir Temurga bo’lgan samimiy munosabati ancha keng o’rin olgan. Umuman asar, Amir Temurning har tomonlama jonli insonlarga xos samimiy qiyofasini ham, yovqur va shijoatli siymosini ham xarakter mantig’idan kelib chiqib ochish bilan o’ziga xos orginallikka erishgan. Bu Yassaviy arvohi bilan bo’lgan munosabatida ham o’z ifrdasini topgan.

Download 49.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling