1-Bob. O‘lchash asboblari haqida umumiy ma’lumotlar
Download 54.54 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'lchash vositalarining turlari. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Standart namuna
- Namunaviy modda
O‘lchash vositasi deb o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va me’yorlangan
metrologik tavsiflarga ega bo‘lgan texnikaviy vositaga aytiladi. O‘lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari me’yorlangan metrologik tavsiflarga ega bo‘lishlari lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi. O‘lchash amalida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri aniqlanishi aynan mana shu o‘lchash vositasining to‘g‘ri tanlanishiga va ishlashiga bog‘liq. O‘lchash vositalarining namoyondalari 1.1-rasmda keltirilgan. O‘lchovlar - keng tarqalgan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi. 1.1-rasm. O‘lchash vositalarining turlari O‘lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan o‘lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va shu kabilarni o‘lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin. O‘lchovlarning ham turlari va xillari ko‘p. Standart namunalar va namunaviy moddalar ham o‘lchovlar turkumiga kiritilgan. Standart namuna - modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o‘lchov sanaladi. Masalan, g‘adir-budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari. 9 Namunaviy modda esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo‘ladigan va aniq xossalarga ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan, "toza suv", "toza metall" va hokazolar. "Toza rux" 420 0 S haroratni hosil qilishda ishlatiladi. O‘lchovlar ko‘p qiymatli (o‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo‘lingan chizg‘ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, o‘lchash kolbasi, normal element) turlarga bo‘linadi. Ba’zan o‘lchovlar to‘plamidan ham foydalaniladi. Kattalikning o‘lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda tutishimiz lozim bo‘ladi: ishchi o‘lchash vositalari, namunaviy o‘lchash vositalari, ishchi etalon, solishtirish etaloni, nusxa etalon, ikkilamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi etalon va davlat etaloni. Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy o‘lchovlar etalonlar deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga bo‘linadi. Davlat etalonlari namunaviy o‘lchov va asboblarni tekshirishda qo‘llaniladi va Davlat standartlashtirish idoralarida saqlanadi. Aksariyat o‘lchashlarda biror signalni boshqa turga o‘zgartirish lozim bo‘ladi. Ushbu vazifani odatda o‘lchash o‘zgartkichlari bajaradi. Download 54.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling