1-Bob. O‘lchash asboblari haqida umumiy ma’lumotlar


Download 54.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana02.06.2024
Hajmi54.54 Kb.
#1834098
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'lchash vositalarining turlari. (1)

O‘lchash o‘zgartkichi deb o‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqish
uzatish, keyinchalik o‘zgartirish, ishlov berish va yoki saqlashga mo‘ljallangan, 
lekin kuzatuvchining ko‘rishi uchun moslanmagan o‘lchash vositasiga aytiladi. 
O‘lchash o‘zgartkichlarining turlari juda ko‘p. Odatda o‘lchash zanjirida 
birinchi bo‘lgan, ya’ni o‘lchanayotgan kattalik signalini qabul qiladigan o‘lchash 
o‘zgartkichiga birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi deyiladi. Undan keyingi 
joylashgan o‘lchash o‘zgartkichlariga esa oraliq o‘zgartkichlar nomi berilgan. 
O‘lchash o‘zgartkichlarining keng tarqalgan turlariga masshtabli va 
parametrik o‘lchash o‘zgartkichlari kiradi. 
Masshtabli o‘lchash o‘zgartkichlari o‘lchash signalini shu turdagi, faqat 
boshqa qiymatdagi signalga masshtabli (aniq) tarzda aylantirib beradi. Masalan, 
elektr tokining masshtabli o‘lchash o‘zgartkichlariga shuntlar, kuchlanishnikiga 
esa bo‘luvchilar nomi berilgan. 


10 
Parametrik o‘lchash o‘zgartkichlarida kirishdagi signal turlicha (mexanik 
siljish yoki ko‘chish, bosim, og‘irlik kabilar) bo‘lib, chiqishdagisi esa faqat elektr 
signali (elektr qarshiligi, elektr sig‘imi kabi) bo‘ladi. 
O‘lchash asbobi deb kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko‘rinishli shaklda 
o‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqishga mo‘ljallangan o‘lchash vositasiga 
aytiladi. 
Ma’lumotni tavsif etishiga qarab o‘lchash vositalari quyidagilarga bo‘linadi: 
shkalali o‘lchash vositalari; raqamli o‘lchash vositalari; o‘ziyozar o‘lchash 
vositalari.
Bevosita ko‘rsatuvchi elektr o‘lchash asboblari, (xususan elektromexanik 
asboblari) ikki asosiy qismdan, ya’ni o‘lchash zanjiri va o‘lchash mexanizmidan 
iborat deb qarash mumkin. 
O‘lchash zanjiri o‘lchanadigan elektr kattalikni (kuchlanish, quvvat, chastota 
va xokazoni) unga proporsional bo‘lgan va o‘lchash mexanizmiga ta’sir qiluvchi 
kattalikka o‘zgartirib beradi. 

Download 54.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling