1-bob. Pedagogika nazariyasi va amaliyotida ta’lim vositalari muammolari
Download 0.69 Mb.
|
2 5213301213067479555
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifalari
- 1.2§. Zamonaviy ta’lim vositalari.
Kurs ishining maqsadi:
Innovatsion pedagogika asoslarini va innovatsion ta’lim jarayonini , maktabda matematikani o’qitishning innovatsion vositalarini o’rganishdan iborat. Kurs ishining obyekti: O’zbekistondagi barcha ta’lim muassasalarida matematikani o’qitish jarayoni. Kurs ishining predmeti: Innovatsion ta’lim muhiti mazmuni, metodlari va innovatsion muhitni shakllantiruvchi vositalar. Kurs ishining vazifalari: S Mavzuga doir manba topish, axborotlarni tartiblash, rejani shakllantirish; S Innovatsion pedagogik faoliyatni o’rganish; S Innovatsion ta’lim jarayoni, shakl, metod, vositalarini o’rganish; S Innovatsion ta’lim muhitini o’rganish; S Matematikani o’qitishning innovatsion muhitini o’rganish; S O’rganilgan ma’lumotlar asosida xulosalar chiqarish; S Kurs ishini jihozlash, himoyaga tayyorlash; bob. Pedagogika nazariyasi va amaliyotida ta’lim vositalari muammolari. 1.1 §. Ta’lim vositasi tushunchasi Ta’lim vositalari -O’quv materialini ko’rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o’qitishni samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi. Ta’lim berishning texnik vositalari -o’quv materialini ko’rgazmali namo- yish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi talabalarga o’quv materialini tushunishlariga va eslab qolishlariga imkon beradi .Bunday vositalarga quyidagilar misol bo’lishi mumkin: diaproektor, grafoproektor, doska-bloknot, doska-stend, ... Yordamchi ta’lim vositalari — grafiklar, chizmalar, namunalar, tarqatma materiallar va boshqalar. O’quv-uslubiy materiallar — o’quv materiallar, o’zlashtirilgan o’quv materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular talabalarning mustaqil ishlarini faollashtirishga yordam beradi (ish varaqasi, eslatma, nazorat varaqasi, matnlar). Ta’lim vositalari o’qituvchi uchun ham, o’quvchi uchun ham qulay bo’lishi lozim. O’qituvchi uchun vositalar: o’quv predmetini o’qitish metodikasi bo’yicha qo’llanmalar, shahsiy metodika, murakkab masalalar bo’yicha metodik tavsiyalar, o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan metodik ishlanmalar, darslik. Talabalarni o’quv bilish faoliyatlarini jadallashtirishga yordam beruvchi har turdagi ta’lim vositalarini tanlash va ulardan foydalanish quyidagilarga bog’liq: Maqsadni belgilash; Asosiy bilim manbaiga; Ta’lim usuliga; O’quv materialining yangiligi va murakkabligiga; Talabalarni o’quv imkoniyatlariga. Ta’lim vositalarini tanlashni aniqlovchi omillar: maqsadni belgilash; o’quv ahborot mazmuni; ta’lim vositalari; etakchi bilim manbai; o’quv materialining yangiligi va murakkabligi. Mavzuni o‘rganishning taxminiy bosqichlari quyidagilardan iborat deb bilamiz: Mavzu va uning rejasi beriladi; O‘quv faoliyati natijalari eslatiladi; Mavzuni uning ahamiyatga qisqa to‘xtalinadi; Mavzuni tushuntirish ketma- ketligi texnologik loyiha asosida o‘qituvchi maqsadiga mos kelishi lozim; Talabalar diqqatini jalb etib, mavzu savollari haqida muammoli vaziyatlar hosilqilish; Tushuntirish jarayonida o‘quv adabiyotlari yoki tarqatma materal bilan ishlashga ahamiyat beriladi; Talabaning tarqatma materal yoki o‘quv adabiyotlardan asosiy tushunchalarni o‘qish va yozishni tashkil etishga imkoniyat yaratish; Mavzuni o‘rganish darajasini tekshirish, talabalarga og‘zaki savollar berib borish orqali, (masalan, analitik geometriya tushunchasining mohiyati nima?); Talabalar javoblariga izoh berish yoki toddirish, to‘g‘ri javoblarni rag‘batlantirish; Egallangan bilimlarni tekshirish va baholash; bunda tayyorlangan savollar hamma talabalarga tarqatiladi. Savollarga javob berish uchun muayan (masalan, 10 minut) vaqt beriladi. Berilgan savol varaqlari yigdshtirib olingach, savollar oldindan tayyorlab qo‘yilgan javoblar bilan solishtirib tekshiriladi. To‘g‘ri javoblar ekranda ko‘rsatiladi yoki doskaga ilinadi. Har bir talaba o‘zining bilimlarini o‘zi tekshirib ko‘radi va baholaydi baholash reyting tizimida bodadi, o‘qituvchi talabalar javoblariga munosabat bildiradi.yuqori baholanganlar rag‘batlantiriladi va kam baho olgan-larga tanbeh bermasdan, ularni o‘qish - o‘rganishga da’vat etiladi; Egallangan bilimlarni yanada mustahkamlash va mustaqil ishlash ko‘nikmasini hosil qilish maqsadida uyga vazifa beriladi. Bunda beriladigan vazifa aniq bodishi, berilgan vazifaning bajarilish shakli (referat, konspekt qilish, misol va masalalarni yechish) aniq bodishi zarur. Matematika fanini, o‘rganishda ushbularga erishishni maqsad qilib olinadi: matematikaning hozirgi zamon taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati anglash; o‘quvchining matematik apparatning qo‘llanilishiga qiziqishi; amaldagi dastur asosida matematik apparatni o‘rgatish; ayrim masalalarning matematik modellarini tuza bilish va uni tahlil qilish; matematik fikrlash va xulosa chiqarish; matematik bilimlarni chuqurlashtirishga yo‘naltirib, bu bilimlarni o‘z faoliyatida qo‘llash. 1.2§. Zamonaviy ta’lim vositalari. Zamonaviy ta’limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend, doska-bloknot, grafoproektor, elektron darslik va videodarslikni misol keltirishimiz mumkin. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling