1-bob. Radiatsion shikastlanish. O’tkir nur kasalligi surunkali nur kasalligi


Download 52.19 Kb.
bet4/8
Sana16.06.2023
Hajmi52.19 Kb.
#1510298
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'tkir nur kasalligi

O’NK II (2-4 gr). Avj olgan davr ko’p hollarda tana harorati ko’tarilishidan boshlanadi. Ahvoli yomonlashadi astenik, gemmoragik, infeksion sindromlar belgilari paydo bo’ladi. Qon tizimidagi buzilishlar kuchayib boradi va ifodalangan leykopeniyaga (1,5-0,5*109l) va trombotsitopeniya (30-50*109 l) olib keladi.
Qizil qon hujayralari tomondan o’rtacha ifodalangan kamqonlik bo’ladi. EChT 25-40 mm/s gacha oshadi. Ko’mikda gipoplaziya belgilari topiladi. Avj olgan davri 2 oygacha davom etadi.
Bemor tuzalishi qon ishlab chiqarishni jadallashuvi belgilari bilan boshlanadi. Tana harorati pasayadi, bemor umumiy axvoli yaxshilanadi. Tuzalish davrida bemorlar hali shifoxonada davolanishga (1,0-1,5 oygacha) muhtoj bo’ladilar, keyinchalik ular ambulator davolanishga chiqarilishlari mumkin. Faqat shundan so’ng harbiy vrachlik va mehnat ekspertizasi masalalari hal qilinadi. Taxminan O’NK II og’irlik darajasini o’tkazgan bemorlarni 50% da 4-5 oydan so’ng mehnat qilish qobiliyti to’liq tiklanadi. Qolganlarida esa hali past holatda bo’ladi
O’NK III (4-6 gr). Kasallik kechishida avj olgan davrga o’tkanda shikastlanganlarning umumiy ahvoli keskin og’irlashadi, ifodalangan astenik, infeksion sindrom belgilari (barqaror yuqori harorat, qaltirash va kuchli terlash bilan kechuvchi qondan mikrob floralari paydo bo’luvchi ichak tayoqchasi, stafilakokk, streptokokk, tonzillit, zotiljam rivojlanishi mumkin) gemmoragik sindrom belgilari (terida tarqalgan qon quyilishlar, burundan, me’dadan. Ichakdan qon ketishlar). Faol soch to’kilishi kuzatiladi (epilyatsiya sindromi). Yarali nekrotik gingivit, stomatit rivojlanadi (orofarengial sindrom), har xil dispeptik o’zgarishlar, tana vazni pasayishi (gastro intestinal sindrom) trombotsitopeniya kuzatiladi, har xil xarakterdagi yurak sohasidagi og’riqlar ham kuzatilishi mumkin. AQB pasayishi, taxikardiya (yurak tomirli buzilishlar sindromi). Qonda leykotsitlar soni 0,5-1,09/l gacha pasayadi. Chuqur trombotsitopeniya kuzatiladi (30*109gacha) va ifodalangan kamqonlik rivojlanadi, qonni ivish davri va Dyuke bo’yicha qonni oqish muddati uzayadi, qon quyqasini retraksiyasi buziladi, EChT 40-60 mm/s gacha oshadi O’NK bu davri uchun ifodalangan disproteinemiya xarakterli bo’lib albuminlar miqdori kamaygan holda alfa 1 va alfa 2 globulinlar ko’payadi. Ko’mik bo’shagan surtmalarida atipik limfotsitlar, yakkam-dukkam o’zgargan segment yadroli neytrofillar, plazmatik va retikulyar hujayralar topiladi. Avj olgan davri 2 oydan ortiq muddatda davom etadi. Kasallikni uchinchi haftasidan boshlab o’lim bilan tugash hollari kuzatiladi.
Oqibat yomon kechmaganda uzoq muddatli tuzalish davri kuzatiladi, uning jarayonida tezligi va muddati har xil bo’lgan alohida a’zo va tizimlar funksional holatini qayta tilanishi kuzatiladi. Qon ishlab chiqarish jadal vaqisqa muddat davomida qayta tiklanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, ko’mik bir necha kun davomida bo’shagandan giperplaziyalanganga aylanadi. Periferik qonda leykotsitlar formulasini chapga siljishi bilan neytrofilli leykotsitoz rivojlanadi yoki leykotsitlar, promiyelotsitlar hatto miyeloblastlar hisobiga.
Tuzalish belgilari paydo bo’lgandan so’ng birinchi 4-5 hafta davomida bemorlar shifoxona sharoitida davolanishga muxtojdirlar. Keying davrlarda ular ahvoli shunchalik yaxshilanadiki, ular dam olish maskanlariga yoki sanatoriylarga 1,5-2 oyga borishlari maqsadga muvofiqdir. Shundan so’ng ekspertiza masalalarini yechish mumkin bo’ladi. O’NK III og’irlik darajasini o’tkazgan ko’pgina bemorda bu davrda hali ifodalangan o’zgarishlar ish qobiliyatining pasayishi saqlanib qoladi.
O’NK IV (6-10 gr, )kasallikni avj olishi, qon ishlab chiqarishni jadal buzilishi (ko’mikni bo’shashishigacha agranulatsitoz rivojlangungacha) qon oqishga moyillikni va infeksion asoratlarni erta rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Yuqori harorat, ifodalangan qon oqishiga moyillik va umumiy ahvoli og’ir bo’lishi bilan bir qatorda ichakdagi buzilishlar va organizmning suvsizlanishi rivojlanadi, avj olib boruvchi MNS va yurak tomir tizimlari shuningdek buyrakni chiqarish funksiyalari buzilib boradi.
Shuningdek barcha klinik sindrom belgilari namoyon bo’ladi.
Leykotsitlar soni pereferik qonda 0,1*109 ldan kam holatgacha pasayadi, chuqur trombotsitopeniya (20*109l gacha) kuzatiladi. Ifodalangan kamqonlik rivojlanadi. EChT 60-80 mm/s gacha oshadi. Biokimyoviy siljishlar O’NK III og’irlik darajasiga o’xshash bo’lib, kuchliroq ifodalangan bo’ladi. Ko’mik bo’shagan deyarli hamma hollarda o’lim bilan yakunlanishini ko’ramiz. Kamdan – kam holda kompleksli davolashni barcha tadbirlaridan foydalanganda bemor hayotini saqlab qolish mumkin bo’ladi.
O’NK avj olgan davri xarakteristikasi og’irlik darajasiga bog’liq №3 sonli jadvalda keltirilingan.

Download 52.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling