1-bob. Radiatsion shikastlanish. O’tkir nur kasalligi surunkali nur kasalligi


Download 52.19 Kb.
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi52.19 Kb.
#1510298
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'tkir nur kasalligi

Jadval №3. O’NK avj olgan davri xarakteristikasi.



Belgilar

I (1-2gr)

II(2-4gr)

III(4-6 gr)

IV (6-10gr)

Astenik sindrom

+

+

+

+

Infeksion asorat sindromi

-

+

+

+

Gematologik sindrom

-

+

+

+

Gemmoragik sindrom

-

+

+

+

Gastro-intestinal sindrom

-

-

+

+

Orofarengial sindrom

-

-

+

+

Yurak tomir buzil.sindromi

-

-

+

+

Epilyatsiya sindromi

-

-

+

+

Nurlanishli kaxeksiya sindromi

-

-

-

+

Leykotsitlar

1,5-3

0,5-1,5

0,1-0,5

<0,1

Trombotsitlar

60-100

30-50

30gacha

20gacha

Kamqonlik


+

++

+++

EChT (mm/s)

10-25

25-40

40-60

60-80

Muddat(kun)

30 dan kam

60 gacha

60dan ko’p

…..



Tuzalish davri. Qon ishlab chiqarish normallashuv belgilaridan boshlanadi. Periferik qonda avvaliga yakka-yakka miyeloblastlar promielotsitlar, mielotsitlar, monotsitlar va retikulatsitlar keyinchalik trombatsitlar soni oshib boradi. Ko’mik tekshirilganda, uning regeneratsiyasi barcha belgilari kuzatiladi, blast hujayralari turlari, mitozlar va miyelokariotsitlar ko’payadi. Bir davrni o’zida qon ishlab chiqarishni regeneratsiyasi va neytrofillar soni, bemorni umumiy ahvoli yaxshilanadi, qon oqishga moyillik yo’qoladi, nekrotik to’qimalar ajratib tashlanadi va teri bilan shilliq qavatlardagi chuqur bo’lmagan eroziyalar bitadi, 2-5 oydan terini va yog’ bezlari funksiyasi normallashadi, soch o’sishi qayta tiklanadi. Shunga qaramay hali uzoq muddat astenizatsiya belgilari, vegetativ tomirli distoniya gemodinamik va gematologik ko’rsatkichlar beqarorligi saqlanib qoladi. Shuningdek buzilgan faoliyatlar qayta tiklanishi sekin asta davom etadi va xarakterlanadi, ayniqsa O’NK og’ir turlarida shikstlangan a’zolardagi regeneratsiya bilan bir qatorda uzoq muddat kuchli holsizlanish va boshqaruvchi jarayonlarni funksional yetishmasligi, ayniqsa yurak-tomir va asab tizimlarida kuzatiladi. O’NK oqibati natijasi yomon bo’lmaganda tuzalish davri 3-6 oygacha davom etadi, ba’zida 1 yilgacha bo’lishi mumkin O’NK og’irlik darajasiga bog’liq to’liq tuzalish 1-3 yilgacha uzayishi mumkin.
O’NK I (1-2 gr) tuzalish davri nurlanishdan so’ng 2 oy oxirida yuzaga keladi. To’liq tuzalish va ish qobiliyatini tiklanishi kuzatiladi.
O’NK II (2-4 gr). Tuzalish qon ishlab chiqarishni jadallashuv belgilaridan boshlanadi. Tana harorati pasayadi umumiy ahvoli yaxshilanadi. Tuzalish davrida bemorlar hali shifoxonada davolanishga muhtoj bo’ladilar(1-1,5 oygacha) keyinchalik ular ambulator davolashga chiqarilishi mumkin. Faqat shundan so’ng harbiy vrachlik va mexnat ekspertizasi savollari hal qilinadi. O’NK II og’irlik darajasi bilan og’rigan bemorda nurlanishdan so’ng 4-5 oy o’tgandan so’ng taxminan 50 % bemorlarda ish qobiliyati to’liq tiklanishi mumkin. Shuningdek qolganlarida bu ko’rsatkich past holida qoladi.
O’NK III (4-6 gr). Kasallik oqibati natijasi yomon bo’lmaganda uzoq muddatli tuzalish davri kuzatilib uning jarayonida tezligi va muddati har xil bo’lgan qator a’zo va tizimlarning funksional holatini tiklanishi kuzatiladi. Qon ishlab chiqarish jadallashadi va qisqa muddatda tiklanadi. Shunda ko’mik bir necha kun davomida bo’shagandan giperplaziyalangancha aylanadi. Periferik qonda leykotsitar formulani chapga siljishi, neytrofilli leykotsitoz, yosh mielotsitlar, promielotsitlar, mieloblastlar hisobiga namoyon bo’ladi. Tuzalish belgilari paydo bo’lgandan 4-5 hafta o’tib bemorlar, shifoxona sharoitida davolanishga muhtoj bo’ladilar. Keyinchalik ahvoli yaxshilanib ularni dam olish maskani yoki sanatoriyga o’tkazish mumkin bo’ladi, ularni bu yerda 1,5-2 oy davomida bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Shundan so’ng ekspertiza masalalarini hal qilish mumkin bo’ladi. O’NK III og’irlik darajasi bilan og’rign bemorning ko’pchiligida ifodalangan o’zgarishlar mavjud bo’lib mehnat qobiliyatini pasayishiga sababchi bo’ladi.
O’NK oqibat natijasi mumkin bo’lgan turlarida to’liq klinik tuzalish va u yoki bu darajali organik nuqsonli yoki funksional yetishmovchilikni tuzalishi (nuqsonli tuzalish) kuzatilishi mumkin.
Klinik sog’ayish deb quyidagi holat tushuniladi: yuzaga kelgan nurlanishli shikastlanishlarni deyarli to’liq (Devilson bo’yicha 95%) reparatsiyani zarur fiziologik nuqsonli sog’ayishda qoldiqli jaroxatlar, boshqa tuzilmalar faoliyatidan to’liq darajada kompleksatsiyalanmaydi yoki boshqarish darajasi to’liq sifatli hayot faoliyatini zarur hajmini ta’minlamaydi, hatto nuqsonni anatomik reparatsiyasi 70-90 % gacha bo’lganda dastlabki ko’rsatkichga nisbatan.

Download 52.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling