1-bob. Suv resurlari ning qisqacha tasnifi va orol muammosi


Suv resurslaridan oqilona foydalanish


Download 149.52 Kb.
bet7/7
Sana26.09.2023
Hajmi149.52 Kb.
#1687922
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ichki suvlar rejimining o

2.3. Suv resurslaridan oqilona foydalanish.
Global iqlim o‘zgarishi, aholi soni va iqtisodiyot tarmoqlarining o‘sishi suvga bo‘lgan talabni tobora oshirmoqda. Natijada suv resurslarining taqchilligi yildan-yilga kuchayib boryapti. Shu bois, keyingi yillarda mamlakatimizda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, ularni boshqarish tizimini takomillashtirish, suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha izchil va keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi ham har qachongidan dolzarb bo‘lib, bu borada muayyan chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilyapti. Ushbu yo‘nalishda qabul qilingan dasturlar, kiritilgan investitsiyalar natijasida toza ichimlik suvini ishlab chiqarish va yetkazib berish hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Misol uchun, 2018 yilda “O‘zsuvta’minot” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan 1 553 mln.kub.metr yoki o‘rtacha kuniga 4 254 ming kub. metr ichimlik suvi ishlab chiqilgan bo‘lsa, 2022 yilda uning hajmi 1 728 mln. kub. metr yoki o‘rtacha kuniga 4 734 ming kub. metrni tashkil etdi.
Endi 1 million kub metr suvni qanday tasavvur qilish mumkin?, degan savol tug‘iladi. Buning uchun suv bilan to‘ldirilgan bitta katta olimpia stadionini ko‘z oldimizga keltirish kifoya. Ana shunday stadionlardan 400 ta bo‘lsa 1 million kub metr suv hosil bo‘ladi. Yuqoridagi raqamlardan esa suv hajmining naqadar katta ekanini ko‘rish mumkin.
Sohaning qonunchilik bazasi mustahkamlangani, normativ huquqiy asoslari takomillashtirib borilayotgani ushbu masalaning naqadar dolzarbligini ko‘rsatadi. Jumladan, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning qabul qilingani suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilishni jadallashtirish hamda suvdan oqilona foydalanishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimizning tizimga oid tegishli qarorlari bilan esa yer osti suv resurslarini muhofaza qilish, suv xo‘jaligi sohasiga investitsiya mablag‘larini keng jalb qilishdagi ishlar ko‘lami kengaymoqda.
Ta’kidlash joiz, respublika iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan bir yilda o‘rtacha 56-57 mlrd. kub metr miqdorida suv resurslaridan foydalaniladi. Shundan, 87 foizi qishloq xo‘jaligiga, 9 foizi energetika, sanoat va baliqchilikka, atigi 4 foizi ichimlik suvi ishlab chiqarish maqsadlariga sarflanadi.
Ayonki, suv ta’minoti tashkilotlari ichimlik suvini aholining soni, ularning turmush sharoitlari hamda texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib, ishlab chiqaradi.
Shu nuqtai nazardan aytganda, mamlakatimiz aholi soni yiliga o‘rtacha 700 ming nafarga oshib, 2030 yilda 41 mln. nafarga yetishi, ularning sifatli suvga bo‘lgan talabi 20 foizga ortishi kutilmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, hozirda aholiga toza ichimlik suvini uzluksiz yetkazib berish o‘ta muhim vazifaga aylangan.
Shu bilan birga, yurtimizda 97 ta yer osti suv koni mavjud bo‘lib, ularning resurslari 63,9 mln. kub metr sutkani, ya’ni respublika umumiy suv resurslarining 25 foizini tashkil qiladi. Bugungi kunda ichimlik suvi ta’minotining 67 foizi yer osti suvlari hisobidan amalga oshirilmoqda.
So‘nggi yillarda yer osti suvlariga bo‘lgan ehtiyoj keskin oshib borayotgani sababli Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan qo‘shimcha yer osti suv resurslarini aniqlash choralari ko‘rilyapti. Xususan, vazirlik tomonidan ushbu resurslar hisobiga 3 mln. aholining ichimlik suvi ta’minoti va 155 ming gektar maydonning sug‘orilishi ta’minlanadi.
Xulosa o‘rnida aytganda, O‘zbekistonda suv resurslari uch xil maqsadga, jumladan, aholi uchun toza ichimlik suvi va ishlab chiqarish korxonalari ta’minotiga, qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orishga yo‘naltiriladi. Qayd etish joiz, mazkur sohalarning hammasi bir-biridan muhim va zarur.
Xo‘sh, ular uchun yetarli bo‘lgan suv resurslari qanday shakllanadi?, degan savol tug‘iladi. Ayish kerakki, daryolarda to‘planadigan suvlar, tabiiy yog‘ingarchilik, yer osti suvlari — bizning suv manbalarimizdir. Demak, o‘z-o‘zidan asosiy maqsad ana shu manbalarni to‘liq nazoratga olish, ulardan ishlab chiqarilayotgan toza suv hajmlarini ko‘paytirish, eng muhimi, suv iste’molida yuzaga kelgan tartibsizlik va isrofni yo‘q qilish bo‘ladi.
Bundan tashqari, suv manbalari O‘zbekistondagi ko‘plab ekotizimlar, jumladan, daryolar, ko‘llar va suv omborlari uchun muhim ahamiyatga ega. Suv resurslariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish va ularni boshqarish biologik xilma-xillikni saqlashga, suv sifatini yaxshilashga olib keladi va ekoturizmni saqlash va rivojlantirish imkonini beradi.
Umuman olganda, suvni tejash mamlakatga iqlim o‘zgarishiga moslashish va ichimlik suvining kamayishi, yong‘in va qurg‘oqchilik xavfining oshishi kabi salbiy ta’sirni yumshatishda muhim omil bo‘ladi.

Xulosa
O`zbekiston tog`laridagi ko`llar, to`g’on va morena ko`llar, tekisliklardagi esa qoldiq ko`llar yoki zovur-drenaj suvlarining to`planishidan vujudga kelgandirlar. O`zbekistonda tektonik yo’l bilan vujudga kelgan eng katta ko`l Orol dengizidir.


O`zbekistonda sun'iy suv havzalari 53 ta suv omborlari va 25 suv omborlari bor. Ular asosan daryo suv rejimining tartibga solib turish, energetika maqsadlarida qurilgan. O`zbekiston suv omborlarida suv zahirasi 17,9 km3 ni tashkil etadi.
Yer osti suvlari O`zbekiston suv resurslarining bir manbai bo`lib, bizning eng muhim tabiiy boyliklarimizdan hisoblanadi. O`zbekistonda yer osti suvlarining dinamik zahirasi -1038,1 m3/sek. ni tashkil qiladi.
Gidrogeologlar O`zbekiston hududini 2 ta tog` oldi va tog` va tekislik provinsialariga bo`ladilar. Birinchisida katta zahiraga ega bo`lgan chuchuk yer osti suvlari bo`lsa, ikkinchisida zahirasi uncha katta bo`lmagan minerallashgan yer osti suvlari mavjud.
O`zbekiston yer osti suvlarini zahirasini vujudga kelishiga eng qulay sharoit absalyut baladligi 1500 m dan 3000 -3500 metrgacha bo`lgan tog`liklarga to`g`ri keladi, chunki bu balandlik orasida joylashgan hududlar eng ko`p yog`in- sochin tushadigan hududlardir. Shuning uchun bu mintaqada yer osti suvining eng ko`p oqim moduli kuzatiladi. Karbonatli jinslarda bir kv. km maydonda u 12 l/sek. ni, cho`kindi - magmatik kompleksda -8-9 l/s, metomorfozlashgan qum slaneslarda 3-5 l/s, mezo - kaynazoyning jinslarida 1-3 l/s tashkil etadi. Aksincha bu ko`rsatkich 1500 metrgacha bo`lgan joylarda yog`in-sochin miqdorining kamayishi va bug`lanishining kuchayishi natijasida keskin kamayib , 0,10 dan 1-3 l/s km2 ni tashkil etadi. Tog` oldi mintaqasining yer osti suvlarining zahirasi 295 m3/sek, tog` oralig`idagi botiqlar va daryo vodiylariniki hamda Farg`ona vodiysida -289 m3/sek. Chirchiq - Ohangaron havzasida 140 m3/sek, Mirzacho`lda -32 m3/sek, Zarafshon vodiysida -95 m3/sek, Kitob-Shahrisabzda –8 m3/sek, Surxondaryo va Sherobod konuslarida 17 m3/sek. ni tashkil etadi.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, O`zbekistonda to`yinish manbai bilan ta'minlangan foydalanish mumkin bo`lgan yer osti suvlarining miqdori 1000 m3 /sek yoki bir yilda 31,5 mlrd. m3ni tashkil etadi. Hozirgi kunda O`zbekistonda yillik o`rtacha 1,5 km3 atrofida yer osti suvlaridan sug`orishda, aholini ichimlik suvi bilan ta'minlashda, uy-ro’zg`or, maishiy xizmatda, davolanish maqsadlarida foydalanilmoqda. Hozirgi vaqtda respublikamizdagi 30 mln. ga. mavjud yaylovlarning 2,5 mln ga dan ortiq qismi yer osti suvlari hisobiga obi-hayot bilan ta'minlanmoqda.
O`zbekistonda suv resurslaridan foydalanishda yo`l qo`yilgan kamchiliklar yirik muammolarning kelib chiqishiga sababchi bo`ldi. Bular Orol dengizi muammosi, daryo qayirlarida to`qay ekosistemalarining degradatsiyalanishi, daryo suvlarining ifloslanishi va qashshoqlanishi, zovur- tashlama ko`llarning vujudga kelishi, yer osti suvlarining ifloslanishi va boshqalar.



Download 149.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling