10-modda. Ish staji bo‘lmagan shaxslarga ular lavozimga tayinlanganidan keyin kamida olti oy o‘tgach mansab darajasi beriladi.
11-modda. Sudlar apparati, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy maktab, Departament va uning hududiy bo‘limlarining bir mansab darajasida belgilangan muddat xizmat qilgan, lekin xizmat faoliyatida yoki xulq-atvorida jiddiy kamchiliklari bo‘lgan xodimlari mansab darajasi ko‘tarilmaydi.
12-modda. Mansab darajalari berilgan xodimlar shu mansab darajalarida umrbod bo‘ladi va faqat sudlarda, Sudyalar oliy kengashida, Oliy maktabda, Departamentda va uning hududiy bo‘limlarida ishlashga noloyiq xatti-harakatlari uchun mehnat shartnomasi bekor qilinganda ulardan mahrum qilinishi mumkin.
13-modda. Xizmat burchini qo‘pol ravishda buzgani yoki xizmat vazifalarini muttasil lozim darajada bajarmagani uchun xodimning mansab darajasi unga berilganidan ikkidan ortiq bo‘lmagan mansab darajasiga pasaytirilishi mumkin.
Mansab darajasidan mahrum qilish yoki uni pasaytirish mansab darajasi berish huquqiga ega bo‘lgan tegishli mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
14-modda. Sudlar apparati, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy maktab, Departament va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga mansab darajalari berish uchun attestatsiya o‘tkazish tartibi Konstitutsiyaviy sud raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan ularning vakolati doirasida belgilanadi.
15-modda. Mansab darajasi bo‘lgan sudlar apparati, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy maktab, Departament va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining lavozim maoshlariga 15-modda. Mansab darajasi bo‘lgan sudlar apparati, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy maktab, Departament va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining lavozim maoshlariga ustamalar qonunchilikda belgilangan miqdorlarda belgilanadi.ustamalar qonunchilikda belgilangan miqdorlarda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |