1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


Download 64.63 Kb.
bet36/40
Sana23.02.2023
Hajmi64.63 Kb.
#1226078
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
SUDLAR TO`G`RISIDAGI QONUN

14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining o‘rinbosari:
sudlov hay’ati ishini tashkil etadi;
sudlov hay’ati majlislarida raislik qiladi;
sudlov hay’ati faoliyati to‘g‘risida sud rayosatiga ma’ruza taqdim etadi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini shaxsan qabul qiladi;
sud raisi yo‘qligida uning vakolatlarini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining o‘rinbosari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi o‘rinbosari yo‘qligida uning vakolatlari mazkur sud raisi tomonidan sudyalardan biriga yuklatilishi mumkin.
15-modda. Hududiy harbiy sud raisi:
sud majlislarida raislik qiladi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi va ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud apparati xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va tugatadi.
Hududiy harbiy sud raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hududiy harbiy sud raisi yo‘qligida uning vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalaridan biri bajaradi.
16-modda. Harbiy sudlar tarkibi, shtatlar soni, shtatdagi lavozimlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
17-modda. Harbiy sudlar sudyalari “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq intizomiy javobgarlikka tortiladi.
18-modda. Harbiy sudlarning apparati xodimlarini ishga qabul qilish va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq tegishli harbiy sud raisi tomonidan amalga oshiriladi.
19-modda. Harbiy sudlarni moddiy-texnik jihatdan ta’minlash, moliyalashtirish, transport, aloqa vositalari bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
20-modda. Ushlangan, qamoqqa olingan, gauptvaxtalarda saqlanayotganlarni harbiy sudlarga qo‘riqlab olib borish va ularni sud majlisida qo‘riqlash harbiy qismlar yoki garnizonlarning harbiy komendaturalari tomonidan amalga oshiriladi. Boshqa saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahbuslarni ishni ko‘rish joyiga qo‘riqlab olib borish va qo‘riqlash belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining soqchilik qo‘shinlari qismlari, organlari tomonidan amalga oshiriladi.
21-modda. Harbiy sudlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
“Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga
2-ILOVA

Download 64.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling