1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


Download 64.63 Kb.
bet34/40
Sana23.02.2023
Hajmi64.63 Kb.
#1226078
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
Bog'liq
SUDLAR TO`G`RISIDAGI QONUN

5-modda. O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudi sudloviga:
generallar tarkibidagi mansabdor shaxslarning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlar, shuningdek ushbu shaxslarga taalluqli boshqa ishlar va shikoyatlar;
sodir etilganligi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar;
polkovnik, 1-darajadagi kapitan harbiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslarning yoxud brigada komandiri lavozimidagi shaxslar hamda xizmat mavqeyi bo‘yicha ularga teng shaxslarning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlar, shuningdek ushbu shaxslarga taalluqli boshqa ishlar va shikoyatlar tegishlidir.
6-modda. Hududiy harbiy sudlar sudloviga podpolkovnik, 2-darajadagi kapitandan yuqori bo‘lmagan harbiy unvonlardagi shaxslarning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlar, shuningdek ushbu shaxslarga taalluqli boshqa ishlar va shikoyatlar tegishlidir.
7-modda. Bir guruh shaxslar ayblangan taqdirda, ayblanuvchilardan loaqal biri xususidagi ish harbiy sud sudloviga taalluqli bo‘lib, uni qonunga muvofiq alohida ish yuritishga ajratish mumkin bo‘lmasa, fuqaro shaxslarga oid ishlarning harbiy sudlar tomonidan ko‘rilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Yakka shaxs yoki bir guruh shaxslar bir necha jinoyatni sodir etishda ayblangan taqdirda, agar jinoyatlardan loaqal biri haqidagi ish harbiy sud sudloviga taalluqli bo‘lsa, barcha jinoyatlar to‘g‘risidagi va barcha shaxslarga oid ish harbiy sud tomonidan ko‘riladi.
8-modda. Harbiy sudlar jinoyat ishlari bilan birga harbiy qismlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining va fuqarolarning jinoyatlar tufayli o‘zlariga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi fuqarolik da’volarini ham ko‘rib chiqadi.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi:
o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida va apellatsiya tartibida ko‘rib chiqadi;
hududiy harbiy sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
harbiy sudlar ishining tashkil etilishini tekshiradi;
harbiy sudlarning sud amaliyoti va sud statistikasini umumlashtiradi, ularning tizimli tahlilini amalga oshiradi;
sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi;
harbiy sudlar sudyalarining malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
sudyalarning mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi harbiy sudlar ishini tashkil etish masalalariga doir buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi.

Download 64.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling