1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar


Download 233.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/42
Sana30.04.2023
Hajmi233.54 Kb.
#1402939
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
Bog'liq
O‘RQ-703-сон 28.07.2021(1)

50-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar
ma’muriy sudi rayosatining vakolatlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudining
rayosati:
sud amaliyotini umumlashtirish va obzorlari, sud statistikasi tahlili materiallarini ko‘rib chiqadi;
sudlov hay’ati faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzalarni eshitadi;
tumanlararo ma’muriy sudlar raislarining qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risidagi
ma’ruzalarini eshitadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy
sudining rayosati qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
51-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyat, Toshkent shahar
ma’muriy sudining sudlov hay’ati
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy
sudining sudlov hay’ati:
o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya bo‘yicha ko‘radi;
ishlarni apellatsiya tartibida ko‘radi;
sud amaliyotini o‘rganadi va umumlashtiradi;
sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi;
sud statistikasini tahlil qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy
sudining sudlov hay’ati qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
52-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar
ma’muriy sudi raisi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi:
sud faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi;
sud rayosatini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi;
sud rayosati qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni
tashkil etadi;
sud majlislarida raislik qiladi;
quyi turuvchi sudlarning faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashadi;
sudyalarning va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
sud amaliyotini umumlashtirish, sud amaliyoti obzorlarini tayyorlash va sud statistikasini
yuritish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi va ularning
murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;


sudyalar malaka hay’ati qarorlari, xulosalari ustidan Sudyalar oliy malaka hay’atiga
taqdimnomalar kiritadi;
sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlari va
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud orqali himoya qilishni amalga oshirishga doir
faoliyati to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyat,
Toshkent shahar Kengashiga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etadi;
sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni sudning
faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi;
sud apparati ishlariga rahbarlik qiladi, sud apparati xodimlari bilan mehnat shartnomalarini
tuzadi va bekor qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi
yo‘qligida uning vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan tegishli sudning rais
o‘rinbosari zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Download 233.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling