Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman,
shahar sudi rais, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat
bo‘ladi.
Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi rais va sudyalardan iborat bo‘ladi.
Tarkibi olti
sudyadan ortiq tumanlararo, tuman, shahar sudida sud raisining o‘rinbosari
lavozimi joriy etiladi.
Bir tarkibli tumanlararo, tuman, shahar sudi sud raisidan iborat bo‘ladi.
40-modda. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudining, jinoyat ishlari
bo‘yicha tuman, shahar sudining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudining vakolatlari
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi qonun bilan o‘zining vakolatlariga
kiritilgan fuqarolik ishlarini va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudi jinoyat ishlarini va ma’muriy huquqbuzarliklar
to‘g‘risidagi ishlarni, shuningdek qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash
haqidagi yoxud qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi, ayblanuvchini
lavozimidan
chetlashtirish haqidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi yoxud
ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish haqidagi, murdani eksgumatsiya
qilish to‘g‘risidagi, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqidagi,
amnistiya aktiga asosan
mahkumni jazodan ozod qilish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni va qonun bilan o‘zining vakolatlari
doirasiga kiritilgan boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi.
Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi fuqarolik-
huquqiy munosabatlarda yuzaga keladigan nizolarni
va korporativ nizolarni, shuningdek qonun
bilan o‘zining vakolatlari doirasiga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib
chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: