1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atlari


Download 233.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/42
Sana30.04.2023
Hajmi233.54 Kb.
#1402939
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
Bog'liq
O‘RQ-703-сон 28.07.2021(1)

29-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atlari:
ishlarni birinchi instansiyada, apellatsiya va kassatsiya tartibida, shu jumladan kassatsiya
instansiyasi sudida takroran ko‘radi;
sud amaliyotini o‘rganadi va umumlashtiradi;
sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi;
qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
sud statistikasini tahlil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atlari qonunga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
30-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi;
ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran ko‘rish zarurligi haqidagi masalani hal etish
uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda sud ishlarini talab qilib oladi;
ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran ko‘rish to‘g‘risida qonunda nazarda tutilgan
tartibda protest kiritadi;
sudlarning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ijrosini qonunda nazarda tutilgan
tartibda to‘xtatib turadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatini chaqiradi hamda ularning
majlislarida raislik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati qarorlarining bajarilishi ustidan
nazoratni amalga oshirishga doir ishlarni tashkil etadi;
ishni bir suddan boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani hal qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati ko‘rib chiqishi uchun ularning
vakolatlariga taalluqli bo‘lgan masalalarni kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tushuntirishlari qonunchilikka muvofiq emasligi
aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;


O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi 
va qonunlari normalariga rasmiy sharh berish
to‘g‘risida, shuningdek sudlar tashabbusi bilan kiritilgan muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan
normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat kiritish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnoma kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibi to‘g‘risida, sudlov hay’atlari tarkiblari
haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hay’atining (bundan buyon matnda
Sudyalar oliy malaka hay’ati deb yuritiladi) qarorlari, xulosalari ustidan O‘zbekiston Respublikasi
Sudyalar oliy kengashiga taqdimnomalar kiritadi;
rais o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi apparatining xodimlari bilan mehnat shartnomalarini
tuzadi, o‘zgartiradi va bekor qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bilan kelishilgan holda sudlarning
tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
buyruqlar va farmoyishlar qabul qiladi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi va ularning
murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.

Download 233.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling