1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


Download 233.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/42
Sana30.04.2023
Hajmi233.54 Kb.
#1402939
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42
Bog'liq
O‘RQ-703-сон 28.07.2021(1)

6-modda. Hududiy harbiy sudlar sudloviga podpolkovnik, 2-darajadagi kapitandan yuqori
bo‘lmagan harbiy unvonlardagi shaxslarning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlar, shuningdek ushbu
shaxslarga taalluqli boshqa ishlar va shikoyatlar tegishlidir.
7-modda. Bir guruh shaxslar ayblangan taqdirda, ayblanuvchilardan loaqal biri xususidagi ish
harbiy sud sudloviga taalluqli bo‘lib, uni qonunga muvofiq alohida ish yuritishga ajratish mumkin
bo‘lmasa, fuqaro shaxslarga oid ishlarning harbiy sudlar tomonidan ko‘rilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Yakka shaxs yoki bir guruh shaxslar bir necha jinoyatni sodir etishda ayblangan taqdirda, agar
jinoyatlardan loaqal biri haqidagi ish harbiy sud sudloviga taalluqli bo‘lsa, barcha jinoyatlar
to‘g‘risidagi va barcha shaxslarga oid ish harbiy sud tomonidan ko‘riladi.
8-modda. Harbiy sudlar jinoyat ishlari bilan birga harbiy qismlar, korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar, jamoat birlashmalarining va fuqarolarning jinoyatlar tufayli o‘zlariga yetkazilgan
moddiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi fuqarolik da’volarini ham ko‘rib chiqadi.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi:
o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida va apellatsiya tartibida ko‘rib
chiqadi;
hududiy harbiy sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
harbiy sudlar ishining tashkil etilishini tekshiradi;
harbiy sudlarning sud amaliyoti va sud statistikasini umumlashtiradi, ularning tizimli tahlilini
amalga oshiradi;
sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi;
harbiy sudlar sudyalarining malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
sudyalarning mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi harbiy sudlar ishini tashkil etish masalalariga doir
buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi rayosati mazkur sud sudyalaridan iborat
tarkibda ish yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi rayosatining majlislari zaruriyatga qarab, biroq har oyda
kamida bir marta o‘tkaziladi va rayosat a’zolarining ko‘pchiligi hozir bo‘lganda vakolatli hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi rayosatining qarorlari majlisda ishtirok etayotgan
rayosat a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va sud raisi tomonidan imzolanadi.

Download 233.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling