1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


Download 233.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/42
Sana30.04.2023
Hajmi233.54 Kb.
#1402939
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
O‘RQ-703-сон 28.07.2021(1)

3-modda. Malaka darajalari quyidagicha beriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalariga, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashi sudyalariga — oliy, birinchi, ikkinchi malaka darajalari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston
Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar
ma’muriy sudlari sudyalariga — birinchi, ikkinchi, uchinchi malaka darajalari;
tumanlararo, tuman, shahar sudlari, hududiy harbiy sudlar sudyalariga — uchinchi, to‘rtinchi,
beshinchi malaka darajalari.
4-modda. Oliy malaka darajasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Oliy malaka darajasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosarlari — sudlov hay’atlari
raislariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalariga, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashi sudyalariga tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining va O‘zbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisining O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka
hay’ati xulosasiga asoslangan taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan beriladi. Boshqa malaka darajalari tegishli sudyalar malaka hay’atlari xulosasiga binoan
O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hay’ati tomonidan beriladi.
Birinchi marotaba saylangan yoki tayinlangan sudyalarga malaka darajalari ish faoliyatining
dastlabki uch oyi ichida ilgarigi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlar va mansab
darajalarini inobatga olgan holda beriladi.
Sudyalar orasidan belgilangan tartibda saylangan yoki O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarorlari bilan tayinlangan shaxslarga malaka darajalari tegishli davlat organlari va
tashkilotlari rahbarlarining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy
malaka hay’ati tomonidan beriladi.
5-modda. Har bir malaka darajasida bo‘lish muddatlari ijobiy malaka attestatsiyasi mavjud
bo‘lgan taqdirda quyidagicha belgilanadi:


beshinchi malaka darajasida — ikki yil;
to‘rtinchi malaka darajasida — uch yil;
uchinchi malaka darajasida — to‘rt yil;
ikkinchi malaka darajasida — besh yil.
Birinchi malaka darajasida bo‘lish muddati belgilanmaydi.
Yuqori malakali sudyalarga ish tajribasini inobatga olgan holda, egallab turgan lavozimi
uchun nazarda tutilgan darajadan qat’i nazar, shuningdek ketma-ketlikka rioya etmagan holda,
lekin unga berilgan malaka darajasidan ikki darajadan yuqori bo‘lmagan malaka darajasi
berilishiga yo‘l qo‘yiladi.
6-modda. Sudyalar odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni qo‘pol ravishda
buzganlik uchun malaka darajasidan mahrum etilishi mumkin.
Malaka darajasidan mahrum etish va malaka darajasini pasaytirish shu malaka darajasini
bergan mansabdor shaxs yoki organ tomonidan amalga oshiriladi.

Download 233.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling