1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati
Download 275.92 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘RQ-703-сон 28.07.2021. Sudlar to‘g‘risida
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari:
1) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi qo‘shinlari va qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan boshqa harbiy tuzilmalar harbiy xizmatchilari, shuningdek o‘quv yig‘inlarida bo‘lgan davrda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlarni; 2) harbiy qismlar, qo‘shilmalar va birlashmalarning, harbiy boshqaruv organlarining qo‘mondonligiga nisbatan harbiy xizmatchilarning da’volari bo‘yicha fuqarolik ishlarini hamda harbiy boshqaruv organlari va harbiy mansabdor shaxslarning harbiy xizmatchilar huquq va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyatlarni; 3) alohida holatlar tufayli sudlar ish yuritmayotgan joylarda barcha fuqarolik va jinoyat ishlarini; 4) davlat sirlariga taalluqli ishlarni; 5) qonun bilan o‘z vakolatlariga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi. O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari qonunga muvofiq boshqa ishlarni ham ko‘rishi mumkin. Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida ko‘rsatilgan shaxslar harbiy yoki unga tenglashtirilgan xizmatni o‘tash davrida sodir etgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar, agar ular ish sudda ko‘rilish paytiga kelib xizmatdan bo‘shab ketgan bo‘lsa ham, harbiy sudlar tomonidan ko‘riladi. Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida ko‘rsatilgan shaxslar harbiy yoki unga tenglashtirilgan xizmatga chaqirilgunga yoki kirgunga qadar sodir etgan jinoyatlar va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘riladi. 5-modda. O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudi sudloviga: generallar tarkibidagi mansabdor shaxslarning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlar, shuningdek ushbu shaxslarga taalluqli boshqa ishlar va shikoyatlar; sodir etilganligi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar; polkovnik, 1-darajadagi kapitan harbiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslarning yoxud brigada komandiri lavozimidagi shaxslar hamda xizmat mavqeyi bo‘yicha ularga teng shaxslarning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlar, shuningdek ushbu shaxslarga taalluqli boshqa ishlar va shikoyatlar tegishlidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling