1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Sudlarni moliyalashtirish


Download 275.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/42
Sana30.04.2023
Hajmi275.92 Kb.
#1404719
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
Bog'liq
O‘RQ-703-сон 28.07.2021. Sudlar to‘g‘risida

90-modda. Sudlarni moliyalashtirish
Sudlarni moliyalashtirish, ularning binolarini qo‘riqlash va saqlab turish respublika budjeti
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Ajratiladigan mablag‘lar miqdori O‘zbekiston
Respublikasining har yilgi Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun bilan tasdiqlanadi.
Ajratilgan mablag‘larni taqsimlash:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, tumanlararo, tuman,
shahar sudlari va harbiy sudlar uchun — Departament tomonidan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan
amalga oshiriladi.
Har bir sud alohida bino, qo‘riqlash va avtotransport bilan ta’minlanadi.
91-modda. Sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash
Sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash Departament tomonidan
amalga oshiriladi.
Departamentning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlashga doir ishlarni tashkil etish,
shuningdek bu ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
sudlar binolarini qurish va ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘lar samarali sarflanishini
ta’minlash, sudlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
sudyalar va sud apparati xodimlarining mehnat sharoitlarini, moddiy va ijtimoiy ta’minotini
yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlashning joriy holatini tizimli
tahlil qilish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlashni rivojlantirishga doir
uzoq muddatli kompleks dasturlar tayyorlash;
sudyalarning va sud protsesslarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti
vakolatlari va uning faoliyatini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.

Download 275.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling