1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Sudyalar malaka hay’atlari


Download 275.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/42
Sana30.04.2023
Hajmi275.92 Kb.
#1404719
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42
Bog'liq
O‘RQ-703-сон 28.07.2021. Sudlar to‘g‘risida

80-modda. Sudyalar malaka hay’atlari
Sudyalar malaka hay’atlari quyidagi masalalarni ko‘rib chiqish uchun tuziladi:
sudyaning intizomiy javobgarligi;
sudyaning vakolatlarini to‘xtatib turish yoki muddatidan ilgari tugatish;
sudyaning daxlsizligini ta’minlash;
sudyaga malaka darajasini berish;
xalq maslahatchilarini tanlash va ularning saylovini o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
sudyaning qasamyodi va Sudyalar odobi kodeksiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish.
Sudyalar malaka hay’atlari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining zimmasiga
yuklatilgan vazifalarni bajarishida unga ko‘maklashadi.
Sudyalar oliy malaka hay’ati O‘zbekiston Respublikasi sudyalari qurultoyi tomonidan besh yil
muddatga saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari
sudyalarining malaka hay’atlari tegishli sudlar sudyalarining konferensiyalarida besh yil muddatga
saylanadi.
Sudyalar malaka hay’atlarining faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan tasdiqlanadigan
nizomda belgilanadi.
13-bob. Sudyalarning va ular oila a’zolarining moddiy hamda ijtimoiy ta’minoti
81-modda. Sudyalarning moddiy ta’minoti
Sudyaning ish haqi qonunchilikda belgilangan miqdorlarda va respublika budjeti mablag‘lari
hisobidan to‘lanadigan oylik lavozim maoshidan, malaka darajasi, ko‘p yillik xizmati, faxriy unvoni
uchun har oylik ustama haqlardan iborat bo‘ladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq sudyalarga boshqa to‘lovlar ham amalga oshirilishi
mumkin.
Sudyalarga mehnatga haq to‘lashning belgilangan fondi doirasida mukofotlar to‘lanishi va
moddiy yordam ko‘rsatilishi mumkin.
Sudyalar xizmat safariga yuborilganda havo, temir yo‘l, avtomobil yo‘lovchilar transportida
(taksi va shahar yo‘lovchilar transporti bundan mustasno) joy band qilib qo‘yish va yo‘l hujjatlarini
navbatsiz olish huquqidan foydalanadi.

Download 275.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling