1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


Download 275.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/42
Sana30.04.2023
Hajmi275.92 Kb.
#1404719
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
O‘RQ-703-сон 28.07.2021. Sudlar to‘g‘risida

11-modda. O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudi rayosati:
sud amaliyotini umumlashtirish va sud statistikasini tahlil qilish natijalarini ko‘rib chiqadi;
sudlov hay’atining faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzalarni eshitadi;
hududiy harbiy sudlar raislarining qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risidagi ma’ruzalarini
eshitadi.
O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudi rayosati qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudlov hay’ati:
o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiyada ko‘rib chiqadi;
ishlarni apellatsiya tartibida ko‘rib chiqadi;
sud amaliyotini o‘rganadi va umumlashtiradi;
sud statistikasini tahlil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudlov hay’ati qonunga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi:
sud faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi;


sud rayosati majlislarini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi;
sud rayosati qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil
etadi;
sud majlislarida raislik qiladi;
quyi turuvchi sudlar faoliyatini tashkil etishda ko‘maklashadi;
sudyalar, sud apparati xodimlari va xalq maslahatchilarining malakasini oshirish bo‘yicha
ishlarni tashkil etadi;
sud amaliyotini umumlashtirish, sud amaliyoti obzorlarini tayyorlash va sud statistikasini
yuritish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi va ularning
murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
Sudyalar oliy malaka hay’atiga sudyalar malaka hay’atlari qarorlari yuzasidan taqdimnomalar
kiritadi;
sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud apparati xodimlari bilan mehnat shartnomalarini
tuzadi va tugatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga
oshirishi mumkin.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining o‘rinbosari:
sudlov hay’ati ishini tashkil etadi;
sudlov hay’ati majlislarida raislik qiladi;
sudlov hay’ati faoliyati to‘g‘risida sud rayosatiga ma’ruza taqdim etadi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini shaxsan qabul qiladi;
sud raisi yo‘qligida uning vakolatlarini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining o‘rinbosari qonunga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi o‘rinbosari yo‘qligida uning vakolatlari mazkur sud
raisi tomonidan sudyalardan biriga yuklatilishi mumkin.
15-modda. Hududiy harbiy sud raisi:
sud majlislarida raislik qiladi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi va ularning
murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud apparati xodimlari bilan mehnat shartnomalarini
tuzadi va tugatadi.
Hududiy harbiy sud raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi
mumkin.
Hududiy harbiy sud raisi yo‘qligida uning vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasi Harbiy
sudining sudyalaridan biri bajaradi.
16-modda. Harbiy sudlar tarkibi, shtatlar soni, shtatdagi lavozimlar ro‘yxati O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan tasdiqlanadi.

Download 275.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling