1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Sudyaga hurmatsizlik qilganlik uchun javobgarlik


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/43
Sana30.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1405324
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43
Bog'liq
O‘RQ-703 28.07.2021

65-modda. Sudyaga hurmatsizlik qilganlik uchun javobgarlik 
Davlat organlari va boshqa organlar, korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar, mansabdor 
shaxslar, fuqarolar sudyalarni hurmat qilishi va ularning mustaqilligi prinsipiga rioya etishi shart. 
Sudyaga hurmatsizlik qilish, xuddi shuningdek uni ochiqdan-ochiq mensimaslikdan dalolat 
beruvchi xatti-harakatlar qilish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
66-modda. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga 
aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi 
Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Muayyan ishni har tomonlama, to‘la va xolisona ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilish yoki 
g‘ayriqonuniy sud hujjati chiqarilishiga erishish maqsadida sudyalarga qanday bo‘lmasin ta’sir 
ko‘rsatish qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
112-moddasi

Sudyadan ko‘rilgan yoki ish yuritishidagi ishlar mohiyati bo‘yicha biron-bir tushuntirishlar 
berishni talab qilish, shuningdek qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari, kimga 
bo‘lmasin, tanishib chiqish uchun ishlarni taqdim etish taqiqlanadi. 
Ommaviy axborot vositalari o‘z xabarlarida muayyan ish yuzasidan sud muhokamasi 
natijalarini oldindan o‘zicha hal qilib qo‘yishga yoki sudga qanday shaklda bo‘lmasin ta’sir 
ko‘rsatishga haqli emas. 
 
10-bob. Sudyalarni saylash va tayinlash 
67-modda. Sudyalik lavozimiga nomzodga qo‘yiladigan talablar 
O‘ttiz besh yoshga to‘lgan, oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarosi sudyalik lavozimiga nomzod bo‘lishi mumkin. 
Quyidagilar sudyalik lavozimiga nomzod bo‘lishi mumkin emas: 
jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs
ilgari sudlangan yoki o‘ziga nisbatan jinoyat ishi reabilitatsiya qilmaydigan asoslar bo‘yicha 
tugatilgan shaxs; 
chet davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan yoki chet davlat hududida doimiy yashash huquqini 
tasdiqlovchi yashash guvohnomasiga yoxud boshqa hujjatga ega bo‘lgan shaxs; 
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan 
shaxs; 
psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxs; 
sudyaning vakolatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan boshqa kasallikka chalingan 
shaxs. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling