8-bob. Sudyalarning maqomi, ularning huquq va
majburiyatlari
58-modda. Sudyalar
O‘zbekiston Respublikasida sudyalar qonunga muvofiq odil
sudlovni amalga oshirishga
vakolat berilgan shaxslardir.
O‘zbekiston Respublikasida barcha sudyalar bir xil maqomga ega.
Sudlar
raislari, rais o‘rinbosarlari ayni vaqtda sudyalardir.
Sudyalarga malaka darajalari beriladi. Sudyalarga malaka darajalarini
belgilash va berish
tartibi ushbu Qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda aniqlanadi.
59-modda. Xalq maslahatchilari
O‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, fuqarolarning yashash yoki ish joyidagi yig‘ilishida
ochiq ovoz berish yo‘li bilan ikki yarim yil muddatga saylangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
xalq maslahatchisi bo‘lishi mumkin.
Haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan, saylov kunida o‘ttiz besh yoshga to‘lgan, harbiy qismlar
harbiy xizmatchilarining yig‘ilishlarida ochiq ovoz berish yo‘li bilan
ikki yarim yil muddatga
saylangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi harbiy sudning xalq maslahatchisi bo‘lishi mumkin.
Har bir sud uchun xalq maslahatchilari soni sudyalarning tegishli malaka hay’atlari
tomonidan belgilanadi.
Xalq maslahatchilari odil sudlovni amalga oshirishda sudyaning huquqlaridan foydalanadi.
Xalq maslahatchilari sudlardagi o‘z vazifalarini bajarishga bir yilda ko‘pi bilan
ikki haftaga
navbatma-navbat chaqiriladi, bundan ularning ishtirokida boshlangan sud ishini ko‘rishni tugallash
zarurati bu muddatni uzaytirishni taqozo etgan hollar mustasno. Shu davrda
ularning ish joyidagi
o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: