1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/43
Sana30.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1405324
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
Bog'liq
O‘RQ-703 28.07.2021

46-modda. Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish 
Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish ushbu Qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda 
belgilanadi. 
 
6-bob. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, 
viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari 
47-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyat, Toshkent 
shahar ma’muriy sudining tarkibi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi rais, 
rais o‘rinbosari, sudyalardan iborat bo‘ladi hamda rayosat va sudlov hay’atlari tarkibida ish yuritadi. 
48-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyat, Toshkent 
shahar ma’muriy sudining vakolatlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi: 
o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi va apellatsiya instansiyasi sudi sifatida ko‘radi; 
tumanlararo ma’muriy sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi; 
sud amaliyoti va sud statistikasini umumlashtiradi, ularning tizimli tahlilini amalga oshiradi; 
sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi; 
sudyalarning va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil 
etadi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi 
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
49-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar 
ma’muriy sudining rayosati
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy 
sudining rayosati shu sud sudyalaridan iborat tarkibda ish yuritadi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi 
rayosatining majlislari zaruriyatga qarab, lekin bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi va rayosat 
a’zolarining ko‘pchiligi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi 
rayosatining qarorlari ovoz berishda ishtirok etgan rayosat a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul 
qilinadi va tegishli sud raisi tomonidan imzolanadi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling