1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Sudyalarning har yilgi mehnat ta’tili


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/43
Sana30.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1405324
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
Bog'liq
O‘RQ-703 28.07.2021

82-modda. Sudyalarning har yilgi mehnat ta’tili
Sudyalarga har yili o‘ttiz kalendar kunidan iborat mehnat ta’tili beriladi. 
O‘n yildan ortiq sudyalik ish stajiga ega bo‘lgan sudyalarga o‘z xohishiga ko‘ra olti kalendar 
kunigacha qo‘shimcha mehnat ta’tili berilishi mumkin. 
83-modda. Sudyalarni uy-joy bilan ta’minlash
Uy-joyga muhtoj bo‘lgan sudya mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda sud joylashgan erda xizmat turar 
joyi bilan ta’minlanadi.
Sudya unga doimiy yashash uchun belgilangan tartibda turar joy berilgunga qadar turar joy 
arendasi, ijarasi (ikkilamchi ijarasi) bilan bog‘liq xarajatlari kompensatsiya qilinishi huquqiga ega. 
84-modda. Sudyalarni va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish choralari 
Sudyaning hayoti va sog‘lig‘i davlatning maxsus muhofazasida bo‘ladi hamda respublika 
budjeti mablag‘lari hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda sug‘urta qilinadi. 
Quyidagi hollarda sug‘urta kompaniyalari (sug‘urtalovchilar) sug‘urta summalarini to‘laydi: 
sudya ishlayotgan davrida yoki vakolatlari muddati tugaganidan keyin halok bo‘lsa (vafot 
etsa), agar bu sudya o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan duchor bo‘lgan mayibligi yoki 
sog‘lig‘ining boshqacha shikastlanishi oqibatida ro‘y bergan bo‘lsa, uning merosxo‘rlariga — 
sudyaning ellik oylik ish haqi miqdorida
sudya o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan 
shug‘ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‘lib qolganida yoki uning sog‘lig‘iga 
boshqacha shikast yetkazilganida — sudyaning yigirma besh oylik ish haqi miqdorida; 
sudya o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan 
shug‘ullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatining doimiy yo‘qolishiga olib 
kelmaydigan darajada mayib bo‘lib qolganida yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast 
yetkazilganida — sudyaning besh oylik ish haqi miqdorida. 
Sudya o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan 
shug‘ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‘lib qolganida yoki uning sog‘lig‘iga 
boshqacha shikast yetkazilganida majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha olingan to‘lovlarni hisobga 


olmagan holda unga ish haqi va tayin etilgan pensiya o‘rtasidagi farq tarzidagi kompensatsiya har 
oyda to‘lanadi. 
Sudya o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan duchor bo‘lgan mayiblik yoki uning 
sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilishi oqibatida halok bo‘lsa (vafot etsa), uning qaramog‘ida 
bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga sudya ish haqining ularning hissasiga to‘g‘ri keladigan 
qismi va boquvchisini yo‘qotganligi munosabati bilan ularga tayinlangan pensiya o‘rtasidagi farq 
tarzidagi kompensatsiya har oyda, majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha olingan to‘lovlarni hisobga 
olmagan holda to‘lanadi. 
Sudyaning o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan unga tegishli mol-mulkni yo‘q 
qilish yoki shikastlash oqibatida yetkazilgan moddiy zararning o‘rni sudyaga yoki uning oila 
a’zolariga to‘laligicha qoplanadi. 
Ushbu moddaning 
ikkinchi — beshinchi qismlarida
nazarda tutilgan zararning o‘rnini 
qoplash bo‘yicha to‘lovlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilib, keyinchalik ular 
aybdor shaxslardan qonunda belgilangan tartibda undirib olinadi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling