O‘zbekiston
Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi,
viloyatlar va
Toshkent
shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy
sudlari sudyalarining malaka hay’atlari tegishli sudlar sudyalarining
konferensiyalarida besh yil
muddatga saylanadi.
Sudyalar malaka hay’atlarining faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan tasdiqlanadigan
nizomda belgilanadi.
13-bob. Sudyalarning va ular oila a’zolarining moddiy hamda
ijtimoiy ta’minoti
81-modda. Sudyalarning moddiy ta’minoti
Sudyaning ish haqi qonunchilikda belgilangan miqdorlarda
va respublika budjeti
mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan oylik lavozim maoshidan, malaka darajasi, ko‘p yillik xizmati,
faxriy unvoni uchun har oylik ustama haqlardan iborat bo‘ladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq sudyalarga boshqa to‘lovlar ham amalga oshirilishi
mumkin.
Sudyalarga mehnatga haq to‘lashning belgilangan fondi doirasida mukofotlar to‘lanishi va
moddiy yordam ko‘rsatilishi mumkin.
Sudyalar xizmat safariga yuborilganda havo, temir yo‘l, avtomobil yo‘lovchilar transportida
(taksi va shahar yo‘lovchilar transporti bundan mustasno) joy band qilib qo‘yish va yo‘l hujjatlarini
navbatsiz olish huquqidan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: