1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining turizm sohasidagi vakolatlari


Download 106.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/41
Sana08.01.2022
Hajmi106.15 Kb.
#237329
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
Bog'liq
O‘RQ-549-сон 18.07.2019. Turizm to‘g‘risida

10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining turizm sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

tegishli  hududda  turizm  sohasidagi  davlat  siyosatini  hamda  ushbu  sohani

muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

turizm  sohasidagi  davlat  dasturlarini  va  hududiy  dasturlarni  ishlab  chiqish  hamda

amalga oshirishda ishtirok etadi;

vakolatli davlat organi va (yoki) uning hududiy bo‘linmasi bilan kelishuvga ko‘ra turizm

sohasidagi hududiy dasturlarni, shu jumladan qisqa muddatli hamda o‘rta muddatli istiqbolda

turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar rejasini tasdiqlaydi;

tegishli hududda turizm sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;

turistlar  va  ekskursantlarning  tegishli  hududlarda  joylashgan  turistik  resurslardan

hamda aloqa vositalaridan moneliksiz foydalanishini, shuningdek ularning tibbiy, huquqiy va

boshqa turdagi yordam olishini ta’minlaydi;

mavjud  turistik  salohiyatni  tahlil  qiladi  va  tegishli  hududda  turizmni  rivojlantirish

to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni taqdim etadi;

tegishli  hududda  joylashgan  turistik  resurslarni  muhofaza  qilish  bo‘yicha  chora-

tadbirlar ishlab chiqadi va ularni joriy etadi;

tegishli  hududda  turistik  industriya  obyektlarini  rejalashtirish  va  qurish,  shuningdek

yer  uchastkalarini  o‘z  vaqtida  ajratish  hamda  ularning  zarur  muhandislik-kommunikatsiya

tarmoqlariga ulanishini ta’minlash bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;

investorlarni  qidirish  va  jalb  etishni,  shuningdek  tegishli  hududda  investitsiya

loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichlarida ularga ko‘maklashishni amalga oshiradi;

aholi  bandligi  va  daromadlarini  oshirish  maqsadida  turizm  sohasida  tadbirkorlikni

rivojlantiradi va qo‘llab-quvvatlaydi;

turistik axborot markazlarini tashkil etadi.


Download 106.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling