1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
Sana26.05.2020
Hajmi0.71 Mb.
#110137
Bog'liq
O‘RQ-117 02.10.2007


 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 



AVTOMOBIL YO‘LLARI TO‘G‘RISIDA 

Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 29-iyunda qabul qilingan  

Senat tomonidan 2007-yil 24-avgustda ma’qullangan  

1-bob. Umumiy qoidalar 

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi 

Ushbu  Qonunning  maqsadi  avtomobil  yo‘llarini  loyihalash,  qurish,  rekonstruksiya  qilish, 

ta’mirlash,  saqlash  va  ulardan  foydalanish  sohasidagi  (bundan  buyon  matnda  avtomobil  yo‘llari 

sohasidagi deb yuritiladi) munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 



2-modda. Avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 

Avtomobil  yo‘llari  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  ushbu  Qonun  va  boshqa  qonun 

hujjatlaridan iboratdir. 

Haq to‘lanadigan avtomobil yo‘llari sohasidagi munosabatlar alohida qonun bilan tartibga 

solinadi. 

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining 

avtomobil  yo‘llari  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilganidan  boshqacha  qoidalar 

belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 



3-modda. Asosiy tushunchalar 

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:  



avtomobil  yo‘li  —  transport  vositalari  harakatlanishi  uchun  mo‘ljallangan,  ularning 

belgilangan  tezlikda,  og‘irlikda,  o‘lchamlarda  muttasil  va  xavfsiz  harakatlanishini  ta’minlaydigan 

muhandislik  inshootlari  majmuasi,  shuningdek  ushbu  majmuani  joylashtirish  uchun  berilgan  yer 

uchastkalari va majmua ustidagi belgilangan doiradagi bo‘shliq; 



avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar — yo‘l harakatining ishtirokchilari bo‘lgan yoki 

ajratilgan  mintaqa  hamda  yo‘l  bo‘yi  mintaqasi  doiralarida  belgilangan  tartibda  ruxsat  etilgan 

faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar; 

ajratilgan  mintaqa  —  avtomobil  yo‘li,  uning  tegishli  konstruktiv  elementlari  va 

muhandislik  inshootlari,  shuningdek  avtomobil  yo‘lidan  foydalanish  uchun  zarur  bo‘lgan  binolar, 

inshootlarni joylashtirish,  ihota va manzarali daraxtzorlar barpo  etish  uchun doimiy foydalanishga 

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan yer uchastkasi



yo‘l bo‘yi mintaqasi — ajratilgan mintaqaga tutashgan, chegaralarida aholi xavfsizligini va 

transportning harakatlanish xavfsizligini ta’minlash uchun yerdan foydalanishning alohida shartlari 

belgilanadigan yer uchastkasi; 

xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari — qishloq joylardan o‘tadigan va xo‘jaliklarni 

o‘zaro  bog‘laydigan  avtomobil  yo‘llari.  Xo‘jaliklararo  qishloq  avtomobil  yo‘llari,  agar  qonun 

hujjatlarida  boshqacha  qoida  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari 

ixtiyorida bo‘ladi. 



2-bob. Avtomobil yo‘llari sohasini boshqarish  

4-modda. Avtomobil yo‘llari sohasida davlat boshqaruvi 

Oldingi

 tahrirga qarang. 

Avtomobil  yo‘llari  sohasida  davlat  boshqaruvi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi, avtomobil  yo‘llari sohasidagi maxsus vakolatli organ (bundan buyon matnda maxsus 

vakolatli  organ  deb  yuritiladi),  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Yo‘l-

qurilish  ishlari  sifatini  nazorat  qilish  davlat  inspeksiyasi  va  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari 

tomonidan amalga oshiriladi. 



(4-modda  matni  O‘zbekiston  Respublikasining  2018-yil  23-iyuldagi  O‘RQ-486-sonli 

Qonuni 

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) 

5-modda.  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  avtomobil  yo‘llari 

sohasidagi vakolatlari 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 

avtomobil yo‘llari sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi; 

davlat  boshqaruvi  organlarining,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarining  avtomobil 

yo‘llari sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; 

O‘zbekiston  Respublikasining  umumiy  foydalanishdagi  avtomobil  yo‘llari  ro‘yxatini 

tasdiqlaydi; 

 LexUZ sharhi 

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2010-yil  5-avgustdagi  169-sonli 

“O‘zbekiston  Respublikasining  umumiy  foydalanishdagi  avtomobil  yo‘llari  ro‘yxatini  tasdiqlash 

to‘g‘risida”gi 

qarori

. 

avtomobil  yo‘llari  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  rioya  etilishi  ustidan  davlat  nazoratini 

amalga oshirish tartibini belgilaydi

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 



 LexUZ sharhi 

Qo‘shimcha  ma’lumot  uchun  qarang:  O‘zbekiston  Respublikasining  “O‘zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) 

Qonuni

. 

6-modda. Maxsus vakolatli organning vakolatlari 

Oldingi

 tahrirga qarang. 

Maxsus vakolatli organ:  

avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshiradi;  

avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilaydi;  

avtomobil yo‘llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;  

avtomobil  yo‘llarini  loyihalash  sohasidagi  normalar  va  standartlarga  rioya  etilishini 

ta’minlaydi;  

avtomobil yo‘llarining xalqaro tranzit yo‘laklarini shakllantiradi;  

avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish, loyihalash, qurish, ta’mirlash va ulardan foydalanish 

tartibi  masalalari  kompleks  hal  etilishini  ta’minlaydi,  shuningdek  buyurtmachi  xizmatining 

faoliyatini tashkil etadi;  

avtomobil  yo‘llarining  hududiy  arxitektura-badiiy  tuzilishiga  va  landshaft  dizayniga 

taalluqli  zamonaviy  yondashuvlarni  shakllantirish  hamda  amalga  oshirish  bo‘yicha  yagona  davlat 

siyosatini o‘tkazadi;  

avtomobil yo‘llariga tutash hududlarni transportning ifloslantirishidan va tashlanmalaridan 

muhofaza qilishning zamonaviy usullari hamda texnologiyalarini joriy etadi;  

avtomobil  yo‘llarini  qurish,  rekonstruksiya  qilish,  ta’mirlash  va  saqlash  sifati  ustidan 

nazoratni amalga oshiradi;  

umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining davlat kadastrini yuritadi;  

xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va 

ovullar ko‘chalarining hisobi yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;  

xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va 

ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘i saqlanishini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi, ularning 

holati tegishli transport-foydalanish darajasida bo‘lishini ta’minlaydi;  

avtomobil  yo‘llari  sohasida  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  tashkil  etish,  loyihalash,  qurish, 

rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, saqlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishda innovatsion 

texnologiyalarni, shuningdek zamonaviy standartlarni joriy etadi;  

umumiy foydalanishdagi avtomobil  yo‘llari ro‘yxati bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;  


avtomobil  yo‘llari  sohasida  kadrlarni  tayyorlashni,  qayta  tayyorlashni  va  ularning 

malakasini oshirishni,  shu jumladan xorijda o‘quv stajirovkasi  va seminarlar o‘tkazilishini  tashkil 

etadi.  

 LexUZ sharhi 

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil  14-fevraldagi  PF-4954-sonli  “Yo‘l 

xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 

Farmoni

. 

Maxsus  vakolatli  organ  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa  vakolatlarni  ham  amalga 

oshirishi mumkin. 

(6-modda  matni  O‘zbekiston  Respublikasining  2018-yil  23-iyuldagi  O‘RQ-486-sonli 

Qonuni 

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) 

Oldingi

 tahrirga qarang. 

6

1

-modda.  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Yo‘l-qurilish 

ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining avtomobil yo‘llari sohasidagi vakolatlari  

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Yo‘l-qurilish  ishlari  sifatini 

nazorat qilish davlat inspeksiyasi:  

yo‘l qurilishi, yo‘l-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishda 

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar 

tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi;  

qurilishi tugallangan yo‘l obyektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyalarining ishida 

ishtirok etadi;  

avtomobil  yo‘llari  sohasidagi  normativ-huquqiy  hujjatlarni,  shuningdek  texnik  jihatdan 

tartibga solish sohasidagi tegishli normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;  

yo‘l-qurilish  materiallari,  buyumlari  va  konstruksiyalarini  standartlashtirish  hamda 

sertifikatlashtirishga doir ishlarni amalga oshiradi;  

avtomobil  yo‘llaridan  foydalanuvchilarning murojaatlariga ko‘ra  yo‘l obyektlarining sifat 

ko‘rsatkichlarini aniqlaydi;  

yo‘l obyektlaridan foydalanishga doir ishlarning sifatli bajarilishi ustidan nazoratni amalga 

oshiradi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Yo‘l-qurilish  ishlari  sifatini 

nazorat  qilish  davlat  inspeksiyasi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa  vakolatlarni  ham  amalga 

oshirishi mumkin. 

(6

1

-modda  O‘zbekiston  Respublikasining  2018-yil  23-iyuldagi  O‘RQ-486-sonli 

Qonuniga 

asosan 

kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) 

 LexUZ sharhi 

Qarang:  Vazirlar  Mahkamasining  2019-yil  19-apreldagi  337-son  qarori  bilan  tasdiqlangan 

“O‘zbekiston  Respublikasi  Transport  vazirligi  huzuridagi  Yo‘l-qurilish  ishlari  sifatini  nazorat  qilish 

inspeksiyasi to‘g‘risida 

nizom

”. 

7-modda.  Mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarining  avtomobil  yo‘llari  sohasidagi 

vakolatlari 

Oldingi

 tahrirga qarang. 

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:  

xo‘jaliklararo  qishloq  avtomobil  yo‘llarini,  shaharlarning,  shahar  posyolkalarining, 

qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini rivojlantirish hududiy dasturlarini maxsus vakolatli organ 

bilan kelishilgan holda ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;  

xo‘jaliklararo  qishloq  avtomobil  yo‘llari,  shaharlar,  shahar  posyolkalari,  qishloqlar  va 

ovullar ko‘chalari tarmoqlarini rivojlantirish hamda takomillashtirish istiqbollarini maxsus vakolatli 

organ bilan kelishilgan xolda belgilaydi;  



shaharlarning, shahar posyolkalarining, qishloqlar va ovullarning transport infratuzilmasini 

rivojlantirish dasturlarini maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda ishlab chiqadi, tasdiqlaydi 

hamda amalga oshiradi;  

xo‘jaliklararo  qishloq  avtomobil  yo‘llarini,  shaharlarning,  shahar  posyolkalarining, 

qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini loyihalashtirish sohasidagi normalar hamda standartlarga 

rioya etilishini ta’minlaydi;  

xo‘jaliklararo  qishloq  avtomobil  yo‘llarini,  shaharlarning,  shahar  posyolkalarining, 

qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini saqlashni ta’minlaydi;  

xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va 

ovullar ko‘chalarining hisobini yuritadi.  

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham 

amalga oshirishi mumkin. 



(7-modda  matni  O‘zbekiston  Respublikasining  2018-yil  23-iyuldagi  O‘RQ-486-sonli 

Qonuni 

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) 

3-bob. Avtomobil yo‘llarini tasniflash va ularning toifalari  

8-modda. Avtomobil yo‘llarini tasniflash 

O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llari quyidagicha tasniflanadi: 

umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari;  

shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari;  

xo‘jalik avtomobil yo‘llari. 

9-modda. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari 

Umumiy  foydalanishdagi  avtomobil  yo‘llari  davlat  mulki  bo‘lib,  avtomobil  yo‘llaridan 

foydalanuvchilar  uchun  ochiqdir.  Umumiy  foydalanishdagi  avtomobil  yo‘llari  aholi  ehtiyojlarini, 

davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va mudofaa ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shaharlar hamda boshqa 

aholi punktlari o‘rtasida yuklar va yo‘lovchilar tashishni ta’minlaydi. 

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga molik 

avtomobil yo‘llariga bo‘linadi. 

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xalqaro avtomobil yo‘llari 

tarmog‘iga kiradigan yo‘llar xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘llari jumlasiga kiradi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  viloyatlari  va  tumanlarining  ma’muriy  markazlari,  viloyatga 

bo‘ysunuvchi  shaharlar,  madaniyat  hamda  sanoat  markazlari  o‘rtasida  transport  qatnovini 

ta’minlaydigan, mazkur markazlarni esa, xalqaro ahamiyatga molik yo‘llar bilan, aeroportlar, temir 

yo‘l stansiyalari, portlar va kema to‘xtash joylari, shuningdek qo‘shni davlatlar bilan bog‘laydigan 

yo‘llar davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llari jumlasiga kiradi. 

Tumanlarning ma’muriy markazlarini shaharchalar, qishloqlar va ovullar bilan, shuningdek 

davlat ahamiyatiga molik yo‘llar bilan bog‘laydigan yo‘llar mahalliy ahamiyatga molik avtomobil 

yo‘llari jumlasiga kiradi. 

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari maxsus vakolatli organ ixtiyorida bo‘ladi. 

O‘zbekiston  Respublikasining  umumiy  foydalanishdagi  avtomobil  yo‘llari  ro‘yxati 

belgilangan tartibda tasdiqlanadi. 



 LexUZ sharhi 

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2010-yil  5-avgustdagi  169-sonli 

“O‘zbekiston  Respublikasining  umumiy  foydalanishdagi  avtomobil  yo‘llari  ro‘yxatini  tasdiqlash 

to‘g‘risida”gi 

qarori

 

10-modda. Shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari 

Shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar 

va  ovullar  doirasida  o‘tadi,  mazkur  ko‘chalarning  O‘zbekiston  Respublikasining  umumiy 

foydalanishdagi  avtomobil  yo‘llari  ro‘yxatiga  belgilangan  tartibda  kiritilgan  uchastkalari  bundan 

mustasno. 


Shaharlar  va  boshqa  aholi  punktlarining  ko‘chalari  davlat  mulki  bo‘lib,  mahalliy  davlat 

hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘ladi. 



11-modda. Xo‘jalik avtomobil yo‘llari 

Xo‘jalik  avtomobil  yo‘llari  davlat  yoki  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  mulkidir. 

Texnologik  maqsadlarga  xizmat  qiladigan  yo‘llar,  shoxobcha,  xizmat,  patrul  va  boshqa  shunga 

o‘xshash avtomobil yo‘llari xo‘jalik avtomobil yo‘llari jumlasiga kiradi. 



12-modda. Avtomobil yo‘llarining toifalari 

Avtomobil yo‘llari texnik vazifasiga ko‘ra qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toifalarga 

bo‘linadi. 

4-bob. Avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish, qurish va saqlash  

13-modda. Avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish 

Oldingi

 tahrirga qarang. 

Umumiy  foydalanishdagi  avtomobil  yo‘llarini  moliyalashtirish  O‘zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Respublika  yo‘l  jamg‘armasi  mablag‘lari,  shuningdek  qonun 

hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. 



(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli 

Qonuni 

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) 

Umumiy  foydalanishdagi  avtomobil  yo‘llarini  moliyalashtirishga  ajratilgan  mablag‘lar 

belgilangan  maqsadga  ega  bo‘ladi  va  tegishli  avtomobil  yo‘llarini  ta’mirlash,  saqlash  hamda 

rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olib qo‘yilmaydi  yoki sarflanmaydi, qonun 

hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 

Oldingi

 tahrirga qarang. 

Xo‘jaliklararo  qishloq  avtomobil  yo‘llarini,  shaharlarning,  shahar  posyolkalarining, 

qishloqlarning va ovullarning ko‘chalarini moliyalashtirish mahalliy budjet mablag‘lari, shuningdek 

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. 



(13-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli 

Qonuni 

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) 

 LexUZ sharhi 

Qarang:  “Shahar  va  boshqa  aholi  punktlari  ko‘chalarini,  shuningdek  xo‘jaliklararo  qishloq 

avtomobil  yo‘llarini  ta’mirlash  manzilli  ro‘yxatlarini  shakllantirish  hamda  xarajatlarini  mahalliy  budjet 

mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish (to‘lovlarni amalga oshirish) tartibi bo‘yicha” 

nizom 

(ro‘yxat raqami 

1808, 16.05.2008-y.). 

Xo‘jalik  avtomobil  yo‘llarini  moliyalashtirish  ular  qaysi  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 

ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 

14-modda. Avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish 

Avtomobil  yo‘llarini  loyihalash,  qurish  va  rekonstruksiya  qilish  qonun  hujjatlarida 

belgilangan tartibda yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 

Avtomobil  yo‘llarini  qurish  va  rekonstruksiya  qilish  uchun  ishlab  chiqilgan  shaharsozlik 

hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak. 

Oldingi

 tahrirga qarang. 

Agar  umumiy  foydalanishdagi  avtomobil  yo‘li  bilan  tutashgan  yoki  kesishgan  avtomobil 

yo‘li shaharsozlik normalari va qoidalari buzilgan holda qurilgan bo‘lsa, maxsus vakolatli organ yoki 

uning tegishli hududiy bo‘linmasi uni qayta qurish haqida yoxud hududni dastlabki holatiga keltirish 

to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. 

(14-moddaning  uchinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2014-yil  11-dekabrdagi  O‘RQ-381-

sonli 

Qonuni 

tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda) 


Ajratilgan  mintaqada  muhandislik  kommunikatsiyalarini  qurish  va  mavjudlarini 

rekonstruksiya qilish loyihalari avtomobil yo‘li qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, 

o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar bilan kelishib olinishi kerak. 

Avtomobil  yo‘lini  qurish  yoki  rekonstruksiya  qilish  chog‘ida  muhandislik 

kommunikatsiyalarini ko‘chirish bo‘yicha olib boriladigan ishlar qonun hujjatlariga muvofiq amalga 

oshiriladi. 



15-modda. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash 

Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash mazkur yo‘llar qaysi yuridik va jismoniy shaxslar 

ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ta’minlanadi. 

Avtomobil  yo‘llarini  ta’mirlash  va  saqlash  avtomobil  yo‘llari  qaysi  yuridik  va  jismoniy 

shaxslar  ixtiyorida  bo‘lsa,  o‘sha  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tashkil  etadigan  yoki  jalb  qiladigan 

ixtisoslashtirilgan  tashkilotlar  (bundan  buyon  matnda  yo‘l  tashkilotlari  deb  yuritiladi)  tomonidan 

amalga oshirilishi mumkin. 

Temir  yo‘llarni  kesib  o‘tish  joylarini,  osma  ko‘priklarni,  parom  kechuvlarini,  tramvay 

yo‘llarini hamda avtomobil yo‘llaridagi boshqa inshootlarni ta’mirlash va saqlash mazkur inshootlar 

qaysi yuridik shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 



16-modda. Yo‘l tashkilotlarining huquq va majburiyatlari 

Noqulay  ob-havo-iqlim  sharoitlarida,  tabiiy  ofatlar,  yong‘inlar  yuz  berganda,  avtomobil 

yo‘li ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotganda va boshqa shunga o‘xshash hollarda, shuningdek ta’mirlash-

qurilish ishlari olib borilayotganda yo‘l tashkilotlari mahalliy davlat hokimiyati organlariga bu haqda 

bildirgan, avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilish 

bilan xabardor qilgan hamda tegishli belgilar o‘rnatgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar 

vazirligining  Davlat  yo‘l  harakati  xavfsizligi  xizmati  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Favqulodda 

vaziyatlar  vazirligi  bo‘linmalari  bilan  birgalikda  transport  vositalari  harakatini  cheklash  yoki 

taqiqlash huquqiga ega. 

Yo‘l tashkilotlari avtomobil yo‘llarining soz holatda bo‘lishini, ulardan transport vositalari 

muttasil va xavfsiz o‘tishini ta’minlashi shart. 

5-bob. Avtomobil yo‘llaridan foydalanish 

17-modda. Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning huquqlari 

Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:  

umumiy  foydalanishdagi  avtomobil  yo‘llaridan,  shaharlar  va  boshqa  aholi  punktlarining 

ko‘chalaridan,  shuningdek  boshqa  shaxslar  foydalanishi  uchun  ochiq  bo‘lgan  xo‘jalik  avtomobil 

yo‘llaridan o‘tish; 

muttasil, yil davomida, xavfsiz va qulay sharoitlarda harakatlanish; 

harakatlanishning yo‘l sharoitlari to‘g‘risida tezkor axborot olish; 

avtomobil yo‘lidagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararni belgilangan tartibda undirib olish. 



 LexUZ sharhi 

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining 

57-bobi

  (Zarar  yetkazishdan  kelib 

chiqadigan majburiyatlar). 

Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham 

ega bo‘lishi mumkin. 

18-modda. Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning majburiyatlari 

Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar: 

harakat  xavfsizligini  va  avtomobil  yo‘llarini  saqlashni  ta’minlay  oladigan  holatdagi 

transport vositalaridan foydalanishlari; 

ajratilgan mintaqani ifloslantirmasliklari; 

avtomobil yo‘llarining shikastlanish hollariga yo‘l qo‘ymasliklari shart. 



Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 

majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 



19-modda. Avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarning javobgarligi 

Avtomobil  yo‘lining  elementlari  shikastlanishiga  yo‘l  qo‘ygan  avtomobil  yo‘llaridan 

foydalanuvchilar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi hamda ko‘rsatilgan elementlarning va 

ularni tiklash ishlari qiymatining o‘rnini qoplaydi. 



 LexUZ sharhi 

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  kodeksining 

147



148-

moddalari

, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 

269-moddasi

, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi 

Fuqarolik kodeksining 

57-bobi

 (Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar).  

20-modda. Avtomobil yo‘llaridan foydalanish tartibi 

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan foydalanish tartibi maxsus vakolatli organ 

tomonidan belgilanadi. 

Oldingi

 tahrirga qarang. 

Xo‘jaliklararo  qishloq  avtomobil  yo‘llaridan,  shaharlarning,  shahar  posyolkalarining, 

qishloqlarning  va  ovullarning  ko‘chalaridan  foydalanish  tartibi  maxsus  vakolatli  organ  bilan 

kelishilgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi. 



(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli 

Qonuni 

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) 

Xo‘jalik avtomobil yo‘llaridan foydalanish tartibi mazkur avtomobil yo‘llari qaysi yuridik 

va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan belgilanadi. 

Avtomobil  yo‘llaridan  o‘qiga  tushadigan  yuk  va  og‘irligi  belgilangan  normalardan  ortiq 

bo‘lmagan  transport  vositalari,  o‘ziyurar  mashinalar  hamda  mexanizmlarning  o‘tishiga  ruxsat 

beriladi. 

O‘qiga  tushadigan  yuk  va  o‘lchamlari  muayyan  avtomobil  yo‘li  uchun  belgilangan 

normalardan  ortiq  bo‘lgan  transport  vositalarining  o‘tishi  uchun  qonun  hujjatlarida  belgilangan 

tartibda  haq  undiriladi.  Avtomobil  yo‘li  elementlari  shikastlangan  taqdirda,  avtomobil  yo‘lidan 

foydalanish  uchun  ruxsat  berilganligi  bunday  transport  vositalari  egalarini  javobgarlikdan  ozod 

etmaydi. 

Chet  davlatlar  transport  vositalarining  avtomobil  yo‘llaridan  o‘tishi  qonun  hujjatlarida 

belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 

 LexUZ sharhi 

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Bojxona  kodeksining 

3-bobi 

(“Tovarlarni  va  transport 

vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tish”), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-

yil  11-yanvardagi  11-sonli  “Avtomobilda  xorijiy  yuk  tashuvchilarning  O‘zbekiston  Respublikasi  hududiga 

kirishlari, bo‘lishlari, yuk olib o‘tishlari va undan chiqib ketishlari tartibi to‘g‘risida” 

qarori

O‘zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy 

fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalari”ning 

27-bandi

. 

21-modda.  Avtomobil  yo‘llaridan  ularning  asosiy  vazifasi  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan 

hollarda foydalanish 

Avtomobil yo‘llaridan ularning asosiy vazifasi bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda foydalanish 

avtomobil  yo‘llari qaysi  yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha  yuridik va jismoniy 

shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 

Agar 

qonunda 


boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, avtomobil yo‘llari qaysi yuridik va 

jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik va jismoniy shaxslar bilan kelishmasdan turib: 

ajratilgan mintaqada yo‘l axborotiga aloqasi bo‘lmagan reklama peshtaxtalari, peshlavhalar, 

e’lonlar o‘rnatish va joylashtirishga



sport musobaqalari va jamoatchilik tadbirlari o‘tkazishga; 

ajratilgan mintaqa doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borishga; 

kanallar,  aloqa  va  elektr  uzatish  liniyalari,  quvurlar,  temir  yo‘llar  hamda  boshqa 

kommunikatsiyalarning avtomobil yo‘llarini kesib o‘tishiga; 

tutashadigan va ajralib chiqadigan yo‘llar qurishga; 

ko‘priklar va suv quvurlari yaqinida melioratsiya hamda boshqa maqsadlar uchun daryolar 

va zovurlarning o‘zanlarini chuqurlashtirishga; 

avtomobil  yo‘liga  qo‘shilib  ketgan  shlyuzlar,  to‘g‘onlar  va  boshqa  melioratsiya  hamda 

gidrotexnika inshootlarini ta’mirlashga; 

avtomobil  yo‘llari  chetlarida  hamda  yo‘l  ko‘tarmalari  yoki  o‘yimlarining  qiyaliklarida 

joylashgan,  foydalanilayotgan  aloqa  va  elektr  uzatish  liniyalarini  rekonstruksiya  qilish  ishlarini 

bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi. 



22-modda. Ajratilgan mintaqadan foydalanish tartibi 

Agar qonunda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ajratilgan mintaqadan unda ishlar 

bajarish  uchun  avtomobil  yo‘li  qaysi  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  ixtiyorida  bo‘lsa,  faqat  o‘sha 

yuridik va jismoniy shaxslarning ruxsati bilan foydalanilishi mumkin. 

Ajratilgan  mintaqaning  uchastkalari  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  va  harakat  xavfsizligi 

qoidalari  talablarini  ta’minlash  sharti  bilan  servis  obyektlarini  joylashtirish  uchun  vaqtincha 

foydalanishga belgilangan tartibda berilishi mumkin. 

23-modda. Avtomobil yo‘llarida harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash 

Ushbu Qonun 16-moddasining 

birinchi qismida

 ko‘rsatilgan hollarda va qonun hujjatlarida 

nazarda  tutilgan  boshqa  hollarda  avtomobil  yo‘llarida  harakatlanish  cheklanishi  yoki  taqiqlanishi 

mumkin. 


Avtomobil  yo‘llari  qaysi  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  ixtiyorida  bo‘lsa,  o‘sha  yuridik  va 

jismoniy  shaxslar  ajratilgan  mintaqada  ish  olib  borilayotganda  ham,  agar  bunday  ishlar  transport 

vositalari  hamda  piyodalarning  harakat  xavfsizligiga  tahdid  qilsa,  avtomobil  yo‘llaridagi  yoki 

ularning ayrim uchastkalaridagi harakatlanishni cheklash yoxud taqiqlashga haqli. 

Ishlar  olib  borish  uchun  avtomobil  yo‘llaridagi  yoki  ularning  ayrim  uchastkalaridagi 

harakatlanishni  cheklash  yoki  taqiqlash  avtomobil  yo‘llari  qaysi  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 

ixtiyorida  bo‘lsa,  o‘sha  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tomonidan  berilgan  ruxsatnomalar  asosida 

amalga oshiriladi. 

Shoshilinch,  kechiktirib  bo‘lmaydigan  hollarda  avtomobil  yo‘llarida  harakatlanishni 

cheklash  yoki  taqiqlash ishlar olib borish uchun  oldindan ruxsatnoma olmagan holda joriy  etilishi 

mumkin, biroq bunda avtomobil yo‘llari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha 

yuridik va jismoniy shaxslar hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l 

harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalari bu haqda xabardor qilinishi shart. 

24-modda.  Avtomobil  yo‘liga  tutash  yer  uchastkalarining  mulkdorlari,  egalari  va 

ulardan foydalanuvchilarning majburiyatlari 

Avtomobil  yo‘liga  tutash  yer  uchastkalarining  mulkdorlari,  egalari  va  ulardan 

foydalanuvchilar: 

avtomobil  yo‘liga  qo‘shiladigan  va  shoxobcha  yo‘llarni  texnikaviy  jihatdan  soz  holatda 

saqlashlari; 

ajratilgan mintaqadagi dov-daraxtlarni asrash va saqlashga ko‘maklashishlari; 

avtomobil yo‘liga tutash butalarni parvarish qilishlari va imoratlarni soz holatda saqlashlari 

shart. 


Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘liga tutash yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari 

va  ulardan  foydalanuvchilar  avtomobil  yo‘li  o‘qidan  ellik  metrdan  kam  bo‘lgan  masofada  toshlar, 

shox-shabba, konstruksiyalar va boshqa materiallar to‘planishiga yo‘l qo‘ymasliklari shart. 

25-modda.  Avtomobil  yo‘llaridan  foydalanish  tartibiga  rioya  qilmaganlik  uchun 

yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligi 


Avtomobil  yo‘llari  qaysi  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  ixtiyorida  bo‘lsa,  o‘sha  yuridik  va 

jismoniy shaxslar avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilarga avtomobil yo‘lidagi nosozliklar tufayli 

yetkazilgan zararning o‘rnini belgilangan tartibda qoplashi shart. 

 LexUZ sharhi 

Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining 

57-bobi

  (Zarar  yetkazishdan  kelib 

chiqadigan majburiyatlar ). 

Avtomobil  yo‘lidan  o‘tish  sharoitlarining  yomonlashishiga  sabab  bo‘ladigan  ishlarni 

bajarayotgan  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  avtomobil  yo‘llaridan  foydalanish  tartibiga  rioya 

etmaganlik,  shuningdek  avtomobil  yo‘lining  tegishli  uchastkalarida  va  aylanib  o‘tish  joylarida 

transport  vositalarining  xavfsiz  harakatlanishini  ta’minlamaganlik  uchun  qonun  hujjatlarida 

belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. 



 LexUZ sharhi 

Qarang:O‘zbekiston  Respublikasi  Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  kodeksining 

148-149-

moddalari

. 

6-bob. Yakunlovchi qoidalar  

26-modda. Nizolarni hal etish 

Avtomobil yo‘llari sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 



27-modda.  Avtomobil  yo‘llari  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlik  uchun 

javobgarlik 

Avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan 

tartibda javobgar bo‘ladilar. 

28-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; 

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini 

qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin. 

29-modda. Qonunni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish 

O‘zbekiston  Respublikasining  1992-yil  3-iyulda  qabul  qilingan  “Avtomobil  yo‘llari 

to‘g‘risida”gi 653-XII-sonli 

Qonuni 


(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 

1992-yil, № 9, 353-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 



30-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi 

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 



 LexUZ sharhi 

Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2007-yil 3-oktabrdagi 195 (4348)-sonida e’lon qilingan. 

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV 

Toshkent sh., 

2007-yil 2-oktabr, 

O‘RQ-117-son 



 

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 40-son, 410-modda; 2014-y., 50-son, 588-

modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling