1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-bob. Yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish


Download 167.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana05.08.2023
Hajmi167.06 Kb.
#1665441
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
O‘RQ-406-сон 14.09.2016

3-bob. Yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish


22-modda. Yoshlar huquqlari va erkinliklarining kafolatlari
O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga
hamda qonunga muvofiq har bir yosh
fuqaroning huquqlari va erkinliklari kafolatlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
2-bulimi
.
Yosh fuqarolarning huquqlari va erkinliklari cheklanishi mumkin emas, qonunda belgilangan
hollar bundan mustasno.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i
nazar, yoshlarning huquqlari va erkinliklarini biror bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga yo‘l
qo‘yilmaydi hamda bunday cheklash qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 19-moddasining 
ikkinchi qismi
.
Davlat voyaga yetmaganlarni jazoni ijro etish muassasalarida va ixtisoslashtirilgan o‘quv-
tarbiya muassasalarida saqlashda shaxsning huquqlariga va qadr-qimmati hurmat qilinishiga,
insonparvarlik prinsiplariga rioya etilishini kafolatlaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Voyaga yetmaganlar uchun ular sodir etgan huquqbuzarlikning og‘irlik darajasi va ularning
yoshi hisobga olingan holda jazoni ijro etish muassasalarida va ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya
muassasalarida qonunchilikka muvofiq tabaqalashtirilgan rejimda saqlash nazarda tutiladi.
(22-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 167.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling