20-modda. Oshkoralik va ochiqlikni taʼminlash kafolatlari
Hammaning eʼtibori uchun rasmiy ravishda eʼlon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar kuchga kirmagan hujjatlar sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi va investitsiyaviy munosabatlarni tartibga solish, ushbu hujjatlardagi koʻrsatmalarni bajarmaganlik uchun investitsiya faoliyati subyektlariga nisbatan biror-bir sanksiya qoʻllash uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin emas.
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan oʻz rasmiy veb-saytida investitsiya faoliyati sohasida oʻzining ishtiroki va qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilishi shart.
Jismoniy va yuridik shaxslarga ochiqlik hamda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining investitsiya faoliyati sohasidagi faoliyati toʻgʻrisida va oʻzlari qabul qilayotgan qarorlar toʻgʻrisidagi axborotdan moneliksiz foydalanish imkoniyati taʼminlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |