1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi


-modda. Investorlar faoliyatini nazorat qilish boʻyicha davlat organlarining vakolatlari


Download 44.12 Kb.
bet28/55
Sana06.11.2021
Hajmi44.12 Kb.
#171016
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
Bog'liq
investitsiya

29-modda. Investorlar faoliyatini nazorat qilish boʻyicha davlat organlarining vakolatlari

Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga investorlar va investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati vakolat bergan davlat organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.

Nazorat funksiyalarini amalga oshirishda davlat organi tijorat siri saqlanishini taʼminlashi shart.

5-bob. Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash

30-modda. Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning maqsad va usullari

Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash qulay investitsiya muhitini yaratish, yangi raqobatbardosh hamda innovatsion, eksportga yoʻnaltirilgan va (yoki) import oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga doir investitsiyalarni ragʻbatlantirish, mavjud ishlab chiqarishlarni zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan hamda zamonaviy boshqaruv tajribasini joriy etgan holda kengaytirish va yangilash maqsadida amalga oshiriladi.

Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash quyidagi usullarda amalga oshiriladi:

imtiyozlar va preferensiyalar qoʻllash;

investitsiya loyihasini birgalikda moliyalashtirish uchun markazlashtirilgan investitsiyalar ajratish;

moliyaviy, maslahat berish va axborot jihatidan qoʻllab-quvvatlash.



31-modda. Investorlarga va investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishda koʻmaklashish

Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi investorlarga boshqa davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishda koʻmaklashish maqsadida ishni “yagona darcha” tamoyili boʻyicha tashkil etadi.

Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi va uning hududiy boʻlinmalari ishlarni “yagona darcha” tamoyili boʻyicha tashkil etish maqsadida davlat xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlaydi, shu jumladan tegishli Davlat xizmatlari markazlari orqali taʼminlaydi.

Ishlarni “yagona darcha” tamoyili boʻyicha tashkil etish quyidagilarni ham oʻz ichiga oladi:

mavjud davlat xizmatlari masalalari boʻyicha qabul qilish 
va maslahat berish;

davlat xizmatlarini olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishda yordamlashish;

elektron raqamli imzoni, elektron arizani va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirishda yordamlashish;

davlat xizmatlarini olishda investorga davlat boshqaruvi organlarida va mahalliy davlat hokimiyati organlarida hamrohlik qilish.

Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalariga chet el investitsiyalarini va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish hamda ular ishtirokida loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq muammolarni hal etishda koʻmaklashadi.


Download 44.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling