1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi


-modda. Maslahat berish va axborot jihatidan qoʻllab-quvvatlash


Download 44.12 Kb.
bet29/55
Sana06.11.2021
Hajmi44.12 Kb.
#171016
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
Bog'liq
investitsiya

32-modda. Maslahat berish va axborot jihatidan qoʻllab-quvvatlash

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro moliya institutlari huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi vakolatxonalari investorlarning muammolari va masalalarini hal etish maqsadida oʻz vakolatlariga taalluqli masalalar boʻyicha ularga maslahat va axborot yordami koʻrsatadi.



33-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning investitsiya faoliyati sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (bundan buyon matnda Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil deb yuritiladi) investitsiya faoliyati sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan masalalar boʻyicha investorlarning 
va investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ularni hal etish uchun tavsiyalar beradi, shu jumladan mazkur masalada davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilgan holda tavsiyalar beradi;

yuzaga keladigan masalalarni suddan tashqari va sudga qadar tartibda hal etishda investorlarga koʻmaklashadi;

investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi;

investorga uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, shu jumladan ularni himoya qilish shakllari va usullariga taalluqli masalalarni tushuntiradi;

investorlarning murojaatlari va davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining eshituvlari natijalarini tahlil qiladi;

qonun hujjatlarini tahlil qiladi va investorlarning huquqlarini buzadigan yoki xoʻjalik faoliyatini yuritishni qiyinlashtiradigan normalarni aniqlaydi hamda natijasi boʻyicha investorlarning buzilgan huquqlarini, erkinliklarini tiklash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi;

tegishli davlat boshqaruvi organiga investorlarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashga qaratilgan tavsiyalar kiritadi.

Tavsiyalar olgan davlat boshqaruvi organi va mahalliy davlat hokimiyati organi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilga tavsiyalarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida yozma javob taqdim etadi.

Zarur boʻlgan taqdirda, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar 
va tashkilotlardan investorlarning hamda investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning murojaatlarini koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan axborotni soʻrab oladi, bundan davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborot mustasno.


Download 44.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling