1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi


-modda. Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi


Download 44.12 Kb.
bet25/55
Sana06.11.2021
Hajmi44.12 Kb.
#171016
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55
Bog'liq
investitsiya

26-modda. Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organining asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:

salohiyatli investorlarga faoliyatining huquqiy, iqtisodiy va boshqa masalalari boʻyicha maslahat berish hamda ularga yuzaga keladigan masalalarni hal etishda zarur yordam va koʻmak koʻrsatish;

yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish hamda investitsiya faoliyatini tartibga solish sohasidagi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

hamkorlik yoʻnalishlarini va loyihalarini majburiy ravishda kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va xoʻjalik boshqaruvi organlarining chet el vakolatli organlari, chet el hukumat moliya tashkilotlari hamda xalqaro moliya institutlari, shuningdek kompaniyalar va salohiyatli chet ellik investorlar bilan investitsiyaviy hamkorlik masalalariga doir oʻzaro aloqalarni taʼminlash;

investorlar bilan doimiy ikki tomonlama aloqani taʼminlash, hududlar va mahalliy yuridik shaxslarga investitsiyalarni jalb qilishda koʻmaklashish, investitsiya takliflari ishlab chiqilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash va xalqaro investitsiya hamjamiyatlari ishida ishtirok etish;

investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya muhitini rivojlantirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi investitsiya faoliyatini takomillashtirish sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.


Download 44.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling