143-modda. Ishonchnoma olgan shaxsning ishonchnoma bekor bo‘lganidan keyin qilgan harakatlari
Ishonchnoma olgan shaxsning ishonchnoma bekor bo‘lganligini bilguncha yoki bilishi lozim bo‘lgunicha qilgan harakatlari ishonchnoma bergan shaxs yoki uning huquqiy vorislari uchun uchinchi shaxslarga nisbatan o‘z kuchini saqlab qoladi.
Ishonchnoma olgan shaxsning ishonchnoma bekor bo‘lganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lganidan keyin qilgan harakatlari ishonchnoma bergan shaxs uchun huquq va majburiyatlarni vujudga keltirmaydi.
Agar uchinchi shaxs ishonchnomaning amal qilishi bekor bo‘lganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa, ushbu moddaning qoidalari qo‘llanilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50, 101, 105, 134, 135, 141, 142-moddalari.
144-modda. Ishonchnomani qaytarish majburiyati
Ishonchnomaning amal qilishi bekor bo‘lganidan keyin ishonchnoma olgan shaxs yoki uning merosxo‘rlari (huquqiy vorislari) darhol ishonchnomani qaytarib berishlari shart.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50, 101, 105, 134, 135, 141 — 143-moddalari.
5-kichik bo‘lim
MUDDATLAR. DA’VO MUDDATI
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.07.00.00 Muddatlar. Da’vo muddati / 03.07.01.00 Muddatlar]
11-BOB
MUDDATLARNI HISOBLASh
145-modda. Muddat belgilash
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda yoki bitimda belgilangan, shuningdek sud tomonidan tayinlanadigan muddat kalendar sana bilan yoxud yillar, oylar, haftalar, kunlar yoki soatlar bilan o‘lchanadigan vaqt davrining o‘tishi bilan belgilanadi.
(145-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Muddat muqarrar yuz berishi kerak bo‘lgan voqeani ko‘rsatish bilan ham belgilanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 146 — 163, 649, 651, 652-moddalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |