1-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘rq-683-sonli Qonuni tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi


-modda. Majburiyatning qismlarga bo‘lib bajarilishi


Download 1.87 Mb.
bet126/190
Sana04.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1325141
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   190
Bog'liq
21.12.1995

239-modda. Majburiyatning qismlarga bo‘lib bajarilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Basharti boshqacha tartib qonunchilikda, shartnomada nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki ish muomalasi odatlaridan yoxud majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, kreditor majburiyatning qismlarga bo‘lib bajarilishini qabul qilmaslikka haqli.
(239-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 449-moddasi ikkinchi qismi, 913-moddasi uchinchi qismi.
240-modda. Majburiyatning tegishli shaxs uchun bajarilishi
Agar boshqacha tartib taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan bo‘lmasa va ish muomalasi odatlaridan yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, qarzdor majburiyatni bajarish chog‘ida ijroni kreditorning o‘zi yoki bu ish uchun u vakolat bergan shaxs qabul qilayotganligini isbotlashni talab qilishga haqli bo‘ladi va bunday talabni qo‘ymaganlik oqibatlari xavfi uning zimmasida bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 129, 133, 134-moddalari, 813-moddasining birinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
241-modda. Majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklash
Shartnomadan kelib chiqqan majburiyatni to‘la hajmda yoki uning bir qismini bajarish, agar qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, shuningdek agar uchinchi shaxs taraflardan biri bilan tegishli shartnoma orqali bog‘liq bo‘lsa, uchinchi shaxs zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Agar majburiyatni qarzdorning shaxsan o‘zi ijro etishga majburligi qonunchilik, shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, kreditor qarzdor uchun uchinchi shaxs tomonidan taklif qilingan ijroni qabul qilishi shart.
Majburiyat bajarilmaganligi uchun, basharti qonunchilik yoki shartnomada uchinchi shaxsning javobgar bo‘lishi nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnomadagi taraf javobgar bo‘ladi.
(241-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 434-moddasi birinchi qismi, 634-moddasining birinchi qismi, 694-moddasining birinchi qismi, 704-moddasi, 820-moddasining ikkinchi xatboshisi, 858-moddasi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling