1. Bog‘in tuzilishi. Bo‘g‘in tiplari. Bo‘g‘inning til va nutqdagi ahamiyati
Bo‘g‘inning til va nutqdagi ahamiyati
Download 33.85 Kb.
|
9 Bo‘g‘in (sillabema). Urg‘u (aksentuatsiya).
Bo‘g‘inning til va nutqdagi ahamiyati quyidagilardan iborat,
1. So‘zning, xususan, fonetik so‘zning shakllanishida «qurilish materiali» va qoliplovchi vazifalarni bajaradi. Ayrim tillarda bo‘g‘inning distinktiv (tafovutlash, farqlash) funktsiyasi ham bor. Masalan, koreys, v`etnam, xitoy tillarida bo‘g‘in ohang turiga qarab so‘z ma`nosini farqlaydi, ayni shu xususiyati bo‘lgan tillarda u sillabema hisoblanadi. O‘zbek tilida bo‘g‘inning bu funktsiyasi nihoyatda kuchsizdir. 2. bo‘g‘inning pedagogik-metodik ahamiyati ham bor, birinchi sinf O‘quvchilarini to‘g‘ri o‘qish va to‘g‘ri yozishga O‘rgatishda, ularda to‘g‘ri talaffuz va imlo ko‘nikmalarini shakllantirishda bo‘g‘inlab o‘qitish va bo‘g‘inlab yozdirish yaxshi natija beradi. q.Orfografiya qoidalarining bir qismi bo‘g‘in ko‘chirilishiga asoslanadi. 4.Bo‘g‘inning she`riyatdagi turoqlarni, ohangdoshlik va musiqiylikni ta`minlovchi vosita sifatidagi roli ham katta. U she`riy misralardagi ritmni yuzaga keltiruvchi asosiy unsurlardan biri, ayni paytda vazn O‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi. №uyidagi she`riy parchalarni qiyoslab ko‘raylik, 1.Kuy avjida uzilmasin tor, She`r yarmida sinmasin qalam. Yashab bo‘lmay umrini zinhor, Bu dunyodan ketmasin odam. (E.Vohidov. «Kuy avjida uzilmasin tor»). 2.She`rlarim- chechagim, hayotim, She`rlarim boylikdir, bisotim, Yomg‘irdan namlanmas qanot Oshaman bulutlar tog‘idan! (A. Umariy. «Yomg‘irda»). Keltirilgan bu ikki she`riy parchani bir-biriga ohang jihatdan solishtirsak, ularning to‘qqizlik turkumiga mansubligi ma`lum bo‘ladi, shunga qaramay bu ikki she`rning ritmik 1 Каранг: Махмудов Аμмаджон. Узбек адабий тилида су´зларнинг фонетик структураси // "Узбек тили ва адабиёти" журнали, 1984, 2-сон, 30-34-бетлар. xususiyatlari bir xil emas. Buning sababi shuki, ularning har birida bo‘g‘inlar turlicha guruhlanib kelmoqda. qiyos qiling, 1.Kuy avjida4 / uzilmasin torO‘ 9 She`r yarmida4 /sinmasin qalamO‘ 9 Yashab bo‘lmay4/umrini zinhorO‘ 9 Bu dunyodan4/ketmasin odamO‘ 9 2.She`rlarimq /chechagimq,/ hayotimq 9 She`rlarimq / boylikdirq,/bisotimq 9 Yomg‘irdanq / namlanmasq / qanotimqq9 Oshamanq/ bulutlarq / tog‘idanqq9 Download 33.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling