1. bola tarbiyasi haqida sharq mutafakkirlari fiklari hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida ota-onalar bilan ishlash


Download 31.97 Kb.
Sana24.03.2023
Hajmi31.97 Kb.
#1292434
Bog'liq
Bola shaxsi, vazifalari


Bola shaxsi, vazifalari
Reja:
Kirish.
Asosiy qism
1.bola tarbiyasi haqida sharq mutafakkirlari fiklari
2.hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida ota-onalar bilan ishlash
3.maktabning ota-onalar bilan hamkorligi mazmuni
4.Oilada farzand tarbiyasining turli xil davrlari va ularning ma’naviy kamolotga ta’siri
5.bolani tarbiyalashda oila,mahalla ,ta’lim muassasi hamkorligini amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari
Xulosa
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda mamlakatimizda chuqur ,keng qamrovli iqtisodiy –siyosiy,ijtimoiy islohotlar amalga oshirilmoqda.jamiyat ma’naviy yuksalish va yangilanish sari yuz tutgan.jamiyat ma;naviyatini yuksaltirish – davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi.O’zbekiston respublikasi 1- prezidentining 1999-yil 3-sentabrdagi “ Respublika ma’naviyat va ma;rifat kengashini qo’llab –quvvatlash to’g’risida” gi Farmoni zamiridagi g’oyalar,ulardan kelib chiqadigan maqsadlar ma’naviyatning ustuvorligini yana bir karra tasdiqlaydi.O’zbekiston Respublikasining 1-prezidenti Islom Karimov birinchi chaqiriq ,O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining XVI sessiyasidagi nutqida ,”Erkin fuqoro ma’naviyatini ,ozod shaxsni shakllantirish masalasini oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda ,biz o’z atrofida sodir bo’layotgan voqea –hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan,ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin ,har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak.
Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki,hayotimiz boshqa sohalardagi ahvol,amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq,ma’naviyatning tiklanishi,boy tarixiy merosimizning keng o;rganilishi an’analarimizning saqlanishi ,madaniyat va san’at fan, ilm-fan rivoji bilan uzviy bog’liqdir”,- deb ta’kidlagan edilar. Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning ilk yillaridanoq jismonan sog’lom,ma’nan yetuk shaxs yaratishga e;tabor berila boshlandi. Bu boradagi ishlarni aniq,maqsadli olib borish uchun rejalar ishlab chiqildi.Birgina o'tgan yillarning nomlanishida ham buning isbotini ko’rish mumkin.1997 – yil – Inson manfaatlari yili : albatta inson manfaatlari himoya qilinmagan ,ularning ehtiyojlari qondirilmagan davlat hech qchon qudratli bo’lolmaydi.Shu bois ham avvalo inson qadr-qimmati oily darajaga ko’tarildi.1998-yil - Oila yili : xalqimiz azaldan oilani muqaddas bilib ,uni “Vatan ichra vatandir” deya ulug’lab kelgan.Unda ulg’aygan har bir farzand ,avvalo o’z oilasi aksini ,ular birlashib esa mamlakat qiyofasini butun dunyoga tanitadi.1999-yil - Ayollar yili: Ona hayotning boshi.Shunday ekan jamiyatda ayollar ahvoli uning kelajagini belgilovchi asosiy omil bo’ladi.Ona tarbiyasi o’rnini hech bir narsa bosa olmaydi.2000- yil – Sog’lom avlod yili : shubhasiz, bolalar sog’lom bo’lsa, kelajagimiz bunyodkorlaridan hech xavotir olmasak bo’ladi. Bunday misollarni juda ko’plab keltirishimiz mumkin.Xususan, pezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2023 –yilni “ Inson manfaatlari va ……” deb nomlashlari ham yuqoridagi an’ananing uzviy davomidir.O’zbekistondagi ro’y berayotgan bunday yo’nalishdagi ishlar bola tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o’quv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan belgilab hayotga tadbiq etishni taqozo etadi. Ayniqsa, sinf rahbarlari bilan oila o’rtasidagi bu xil o’zaro xabarlashuvlar o’quvchini to’la o’rganishga, ta’lim va tarbiyada shu o’quvchi uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Sinf rahbari o’z kuzatishlari ,oldindan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa, undagi to’plangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o’rganish bilan shularga asoslanib tegishli xuloslalr chiqarishsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo’llari ,keyinngi rejalarni belgilasa,erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo’yib borsa, ta’lim samarali natija beradi. Sinf rahbarlarining ota- onalar bilan olib boriladigan ishlari g’oyat keng , ko’p qirrali bo’lib,bu ishlarni faqat sinf va maktab miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha turar joydagi va o’quvchining ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik bilan ham yaqin aloqada bo’lishni taqozo etadi. Yuqorida aytib o’tilgan fikrlardna ma’lum bo’ldiki, shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning hamkorlikusullarining hilma-xilligini ko’rstadi va bu mavzuning dolzarbligini asoslaydi.
O’zbekiston Respublikasining “ Ta’lim to’g’risidagi “ qonunida ta’lim muassasalari oldida turgan asosiy vazifa – bola shaxsining to’laqonli rivojlanishida oila bilan o’zaro hamkorlik qilish” , deb ko’rsatilgan. Bu ustuvor yo’nalish ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning barcha jabhalarini qamrab oladi.
Bolalarni tarbiyalash ota-onalarni pedagogik bilimlarini oshirish bilan chambarchas bog’liq. Ota- onalar tomonidan bolaning xarakteriga asos solinadi,uning atrofdagilar bilan o’zaro munosabati shakllanadi. Har bir oila farzandini o’zicha tarbiyalaydi,ammo har bir oila turli vaziyatlardan kelib chiqqan holda turli darajada malakali pedagogik yordamga muhtoj bo’ladilar. Lekin, hamma ota-onalar ham bu yordamni qabul qilavermaydilar. Bolani kuzatayotgan, uning muammolarini biladigan pedagogning vazifasi ota-onalarini hamkorlikka jalb qilish yoki ularni pedagogik tamoyilarni tushunush va bilishga yo’naltirishdir.
Rivojanishida nuqsoni bo’lgan bolalar yashayotgan va tarbiyalanayotgan ,maktabda o’qiyotgan oilalar turli bo’lib, bular oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda , ota-onalarning ma’lumoti,ularning tarbiya bo’yicha muammolari bo’yicha xabardorligida namoyon bo’ladi. Bolalar va ota-onalar o’rtasidagi munosbatlarda qiyinchiliklar, muammolar kelib chiqadi. A.S.Spisavakovsayaning ma’lumotlariga ko’ra ota-onalar o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomalar ularning korreksiyalash masalalari bo’yicha pedagoglarga murojaat etmasliklarining sabablarini ko’rsatgan. Bularga:

  • Ota-onalar qiyinchiliklarga e’tibor bermasliklari ;

  • Noqulay deb hisoblashlari ,chunki bu turdagi vazifalar pedagogning vazifasiga kirmaydi;

  • Pedagog bilan muloqot qilishga qiynaladilar;

  • Muammolarini o’zlari hal qilamiz deb hisoblaydilar;

  • Pedagogning kasbiy kompetensiyalaridan shubhalanadilar.

Pedagoglar esa bu muammoga boshqa tomondan qaraydilar:

  • Ota –onalar indmasdan muamolarni tinglaydilar,lekin barcha ishlarni o’zlaricha hal qiladilar

  • Ota-onalar bilan gaplashish qiyin, chunki ular o’zlarini haq deb biladilar

Va farzandlarining tarbiyasiga boshqalar aralashishini istamaydilar;

  • Ko’p ota-onalarning yoshi pedagognikidan katta va shuning uchun ularning e’tiborini qozonish va maslahatlar berish mushkul.

Bularning barchasi yana bir bor pedagog uchun oila bilan ishlashda hal etilmagan ko’plab masalalar mavjudligini ko’rsatadi.Maktabning pedagogik jamoasi ota-onalarga yordam berishlari uchun avval maktab ,muassasa xodimlari bilan tizimli va maqsadga yo’naltirilgan ishlarni so’ngra esa pedagoglarning ota- onalar bilan asta –sekinlik ,har tomonlama o’ylab ko’rilgan ishlarini olib borish lozim. Bolalar va ularning ota-onalri bilan obyektiv vaziyatni e’tiborga olgan holda ishlashni o’rganish zarur .
Chet el va respublikamizdagi olimlar maktab va oilaning ehtiyojlarini faqat to’liq ravishda – ochiq tizimli bo’lganidagina qondira olishini isbotlab berdilar. Ota –onalr erkin, o’zlarining vaqtlaridan va istaklaridan kelib chiqqan holda maktab hayotiga kirib borib, bolaning maktabdagi faoliyati ,pedagogning bolalar bilan muloqot qilish usullari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishlari kerak. Ota –onalarga farzandining o’qish va boshqa faoliyatini kuzatishga imkon berish – pedagoglarning bolalarga munosabati, g’amxo’rligi, diqqat- e’tiborini ko’rsatish ularning maktab xodimlariga bo;lgan ishonchini orttiradi. Ota-onalar uchun maktabning ochiqligi ularning pedagogik bilimlarini, kompetentligini oshirishga yordam berishi mumkin.
Pedagoglar va ota-onalar hamkorligi quyidagi tamoyilarga asoslanishi kerak:

  • Bolaning maktabda va oilada hissiy, ma’naviy va jismoniy ehtiyojini qondirish;

  • Maktabda va oilada tarbiyalash va rivojlantirishda birdamlik;

  • Bola shaxsini ota-onalar va pedagoglar tomonidan hurmat qilinishi;

  • Pedagoglar tomonidan oiladagi tarbiyani ,ota-onalar tomonidan jamiyatda tarbiyalash shartlarini e’tiborga olinishi.

Hozirgi vaqtda ota-onalar bilan ishlash yangi darajada bo’lib, uning vazifasi
Bolaning hayoti sifatini oshirish va maktab,oila sharoitida rivojlantirishdir. Pedagoglarning ota-onalar bilan hamkorligi pedagogning kasbiy mahoratining o’sishi natijasidagina amlaga oshadi. Umumiy pedagogika,pedagogik mahorat, psixologiya va boshqa sohalar bo’yicha qurollangan pedagogo ota- oanalr bilan bemalol muloqot qila oladi,ular bilan bolani tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilgan muammolarni yechishda sherikchilik qila oladi. Bunga maktabning oila uchun ochiqligi imkon yaratadi:

  • Ota –onalar tomonidan maktabga tizimli ravishda qatnashish;

  • Bayramlarni birgalikda o’tkazish;

  • Pedagoglar tomonidan tarbiyalanuvhilarning oilasiga tashrif buyurish va bunda ota-onalar bilan hamkorlik rejalarini tuzish;

  • Suhbatlar o’tkazish ,maslahatlar berish;

  • Bolalar faoliaytini ko’rish va boshqalar.

Oila ham pedagogla rtomonidan hurmat etilishini talab etadi. Oiladagi tarbiyaning eng yaxsh inamunalaridan maktab sharoitida ham foydalanish zarur, ta’lim mussasasining yutuqlari oila uchun kerakdir. Ta’lim muassasasi va oilaning hamkorligidagi yangi shakliga bolalarni tarbiyalash maslalari bo’yicha pedagogik abiyotlar ko’rgazmasini tashkil qilish,ota-onalarga bolalarning harakterlarini tashxis qilish va korreksiyalashga, pedagogik taxminlar,psixologik testlashga doir fandagi yutuqlar haqida ma’lumot berish kiradi.
2.Maktabning ota-onalar bilan hamkorligi mazmuni
Kelajagimiz bunyodkori bo’lgan bolalarni tarbiyalashda maktab va oilaning hamkorligi juda muhim bo’lib uning samarali bo’lishi pedagog va ota-onalarning bir fikrliligidan kelib chiqadi. Bola shaxsining shakllanishi va rivojlanishida ham bu juda zarur. Ota –onalarning bola hayotida faqatgina uyda emas, balki maktabda ham ishtiroki:

  • Dunyoni bolalar nigohida ko’rishga;

  • Farzandiga o’ziga teng sifatida qarashga;

  • Bolaning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilish va ularni e’tiborga olishga;

  • Bolani hissiy qo’llab –quvvatlashga tayyor bo’lish;

  • Bola bilan ishonchli munosabatlar o’rnatish ,ularning ishlarida ishtirok etish,uning quvonchlari,g’amlarini birgalikda sezish imkonini beradi.

Zamonaviy tadqiqotlar bolaning tarbiyasida oilaning asos ekanligini ta’kidlaydi va oiladagi tarbiyaning kuchi hamda turg’unligini belgilab beruvchi omillarni ko’rsatganlar. Ular quyidagilardir:
1.Chuqur hissiy xarakterga ega bo’lgan ota-onaning farazndga bo’lgan sevgisi va unga javobgar hislar;
2.Onaning,otaning,boshqa oila a’zolarining tarbiyaviy ta’sirining davomiyligi va uzoq davom etishi;
3.Ilk yoshdanoq bolani turli faoliyatga jalb etish.
Pedagoglar va ota-onalar birgalikdagi harakatlari ,intilishlari bilan istalayotgan natijalarga erishishga harakat qilishlari kerak. Ota –onalar va pedagoglar quyidagilarini doimo yodda tutishlari kerak:
-bola shaxs,biz uning individualligini qo’llab-quvvatlashimiz zarur;
-bola bizda,ya’ni ota-ona va pedagoglarda – unga yordam berishga tayyor insonlarni ko’rishi,his etishi kerak;
- pedagoglar,murabbiylar bolalarda ota-onalariga bo;lgan beqiyos hurmat hissini tarbiyalashlari kerak;
- o’z navbatida ota- onalar ham bolada pedagogga nisbatan ishonch hissini tarbiyalashi va guruhning ishlarida faol ishtirok etishlari lozim. Ota –onalar va o’qituvchilar tarbiyaga bo’lgan munosabatini o’zgartirishi, yoshning psixologik xususiyatlarini bilish asosida bola bilan dialoglar o’tkazishni;
-ota-onalar va pedagoglar bolani tarbiyalashda va o’qitishda tushunish,ehtiyotkorlik,madaniyatli munosabatda bo’lishlari;bolaning sezgi va hislarini inkor etmasligi zarur.
Maktab va oilaning hamkorlik shaklllariga quyidagilar kiradi:

  • Oilaga tashrif buyurish :

  • Suhbatlar

  • ochiq eshiklar kuni

  • Ochiq darslar , mashg’ulotlar,

  • Ota-onalar konferensiyalari

  • So’rovnomalar o’tkazish

  • Yaxshi ishlar kuni

  • Ma’lumot kechalari

  • Stol atrofidagi muhokamalar

  • Maktab mutaxassislari bilan uchrashuv kechalari

  • Adabiyotlar kechasi

  • Sport musobaqalari

  • Dam olish kechalari

  • Xalq bayramlari.

Ota-onalar bilan hamkorlikda ishlashning eng samarali shakllaridan – bular stol atrofidagi suhbat, tajriba almashish,so’rovnoma,yangi metodik adabiyotlar bilan tanishish,ochiq eshiklar kuni,yakka tartibdagi maslahatlardir. Bayramlar umumiy ishning sevimli qismidir.Unda ota –onalar va bolalar yangiliklar bilan tanishadilar,g’oyalar almashinadi,amaliy maslahatlar ,bayram liboslarini tayyorlash bo’yicha ishlar maslahatlashiladi. Bunday yondashuv ijodiy hamkorlikka undaydi,ishonch uyg’otadi,ko’p muammolarni hal etadi.Oilada bolani tarbiyalashda ,uning shaxsini rivojlantirishda ijobiy muhit yaratishda eng avvalo,psixologik-pedagogik bilimlar ,amaliy ko’nikma va malakalarga ega bo’lish lozim.Ota –onalarning pedagogik madaniyati va maktabdagi hamkorlik jarayonidagi ishtiroki darajasini aniqlashda ijtimoiy –pedagogik metodlardan so’rovnoma,test,yakka suhbatlar,oilaga borish,bolalar va ularning ota-onalarini kuzatish metodlarini qo’llash mumkin. Ota-onalarning toifalariga bog’liq ravishda yangi faol ish shakllaridan – stol atrofidagi yig’ilishlar,auksion,ko’rgazmalar,viktorinalar,pedagogik kaleydoskoplar,disputlar,qiziqishlari bo’yicha klublar,tanlovlar,savol-javob kechalaridan foydalaniladi. Hamkorlikni tashkil etishda pedagoglarning o’zlarini ham kasbiy malakalarining darajasini oshirish zamonaviy talablardan ,ta’limni modernizatsiyalashga bo’lgan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi kerak. Maktab va ota-onalarning hamkorligining mazmuni va metodikasi quyidagilardan o’z ichiga oladi:
-pedagog va ota-onalar o’rtasida o’zaro ishonch,bolaning qiziqshlari va ehtiyojlarini hamda tarbiyachilar sifatida o’zlarining vazifalarini tushunish, oilada pedagogning ,maktabda ota-onalarining hurmatini mustahkamlash;
- ijobiy tanqid va o’z –o’zini tanqid asosida to’g’ri munosabat o’rnatish;
-oilada tarbiyalashning eng maqbul vazifalarini o’rganish va ularni ota-onalar o’rtasida tashviqot qilishi,maktab ishida oilada tarbiyalashning ijobiy metodlaridan foydalanish;
-maktabning oila bilan ishlashida turli ish shakllaridan foydalanish;ota-onalar va oilalarning boshqa a’zolari bilan tanishish,maslahatlar,ota-onalarning guruhli va umumiy majlislari,konferensiyalari,ota-onalar universitetlari,tashviqotning ko’rgazmali shakllari
-ota- onalar bilan individual va guruhli ishlash shakllari bir-birini to’ldiradi. Ota –onalar bilan pedagogning har kungi muloqoti individual ishi uchun katta imkoniyatlari yaratadi,maktab va oilaning aloqalarini mustahkamlaydi

3.Oilada farzand tarbiyasining turli xil davrlari va uning ma’naviy kamolotga ta’siri


Bolani sabru toqatga o’rgatishning ham o’rni,vaqti va me’yori bor. Ma’lumki, ayrim kishilarning nojo’ya va zararli xatti-harakatlariga ham ko’r-ko’rona sabru toqat qilaverish zaiflik belgisi.O’zbek xalqi pedagogikasining bosib o’tgan yo’lini o’rganib,tahlil qilib,milliy tarbiyamizda quyidagi holatlarga e’tibor berish kelgusida komil insonni tarbiyalashda o’zining ijobiy natijasini beradi,deb o’ylaymiz:

  • Bolani maishatga emas,balki ilmu ma’rifatga to’ymaydigan qilib tarbiyalash lozim;

  • Kishilarga beminnat,chin ko’ngildan yaxshilik qilish fazilati ham bolalikdan,o’qish jarayonida o’zaro hamardlik va hamjihatlikdan boshlanadi,shuni sedan chiqarmaslik kerak;

  • Baqiroqlik,urushqoqlik ham kasallik,bu kasal,ko’pincha bolalarga ota-onalarga kattalardan yuqishini ham unutmaslik kerak

  • O’z farzandlarinigina pok bo’lishini istasang,o’zgalarning farzandlariga nopok nazar tashlamaslik kerak;

  • Zaminsiz giyoh o’smaganidek,bolada ham sababsiz biron hol yuz bermaydi

  • Boladagi iste’dod biz mtarbiyachilardan alanga kutadi,agar biz uni alangata olsak,u porlab nur bo’ladi

  • Majlisni boshqara olish ham o’ziga xos san’at bo’lib ,u kishining yoshligidagi jamoatchilik faoliyatining mevasidir;

  • Bog’u rog’larni rang-barang ko’rkam daraxtlar,daraxtlarni esa zumrad yaproqlar bezaganidek,ulusni bola, bolani esa ilmu hunar ,odobi axloq bezaydi;

  • Har qanday imkoniyating bo’lsa ham, bola uchun boshqa bolalardan o’zini ustun qo’yishga sabab bo’ladigan imtiyozlar berishdan saqlanish lozim;

  • Bolaga ajoyib tarbiya bersang, u senga umr qo’shadi,aksincha bo’lsa umringdan qirqadi

  • Bola kamolotidagi eng muhim narsa har bir ishni qilishdan oldin uning oqibatini o’ylashga odatlantirishdir,chunki pushaymonlik kaltabinikning hosili;

  • Davr bizni kechagi hayotga undayotgan va tezroq odim tashlashga qistayotganini yosh avlod his etmog’i lozim;

  • Bolaning iste’dodini namoyon qilish uchun ham iste’dod kerak;

  • Tabiat ham o’ziga xos tarbiyachi. U o’z niholarini ba’zan sovuq bo’ronlarga,jazirama issiqqa ham o’rgatadi.Vaqti- vaqti bilan billur tomchilar bilan ohista yuvadi,muloyim shabadasi bilan ohista silab-siypab erkalaydi.

  • Hayotning murakkab tugunli vaziyatlari mo’l ,ularni topib yecha bilish uchun kishi bolalikdan bilim va malaka hosil qilishi kerak;

  • Bolada hayotni,borliqni kuzatuvchanlik bo’lmasa,u berahm va befarosat bo’lib qoladi.Shuning uchun ham uning kuzatuvchanligini shakllantirish lozim;

  • Bolaning mehmon huzurida o’zini qanday tutishi oiladagi bola tarbiyasining bir ko’zgusi;

  • Oilaning iqboli-istiqboli,har jihatdan to’g’ri rivojlangan xulqi zebo farzanddir;

  • Madomiki,xonadonda o’zaro ishonch yo’qolib,qulf-kalit qilish zarurati tug’ilgan ekan,bu bolalarni to’g’rilik,halollik ruhida tarbiyalash masalasi diqqatdan chetda qolganligidan nishona;

  • Hayotni kuzatuchi bola ko’p hosil beradi.Oqilona javob berish uning zehnini barkamol qiladi;

  • Bolaning tamizli yoki betamiz bo’lishi ham ko’p jihatdan biz,o’qituvchilarning aqlu zakovatimizga,fahmu farosatimizga bog’liq;

  • Agar bizdan ta’lim va tarbiya olgan shogirdlarimiz davr talabiga munosib bo’lsa,ular bizning iftixorimiz;

  • Keksalikda avlodga o’rnak bo’lishning zamiri ham yoshlikdan boshlanadi;

  • Biz yoshlarni tarbiyalashda o’zimiz yashab o’sgan muhit bilan hozirgi sharoitning farqini ko’zda tutib ish ko’rishimiz lozim.Chunki ularning kamolotiga ta’sir ko’rsatuvchi xabarlar beqiyos va serqirradir.

Oila shaxs uchun uning ijtimoiylashuvi jarayoni ro’y beradigan ,uning axloqi,dunyoqarashi tarkib topadigan dastlabki va nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’lgan jamoadir. Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli ravishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga,qirralariga ta’sir ko’rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko’rsatadi.Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta’sir ko’rsatishning chuqur o’ziga xosligi bilan uyg’unlashib ketadi.Bu esa uni oily darajada ta’sirchan qilibgina qolmay,shu bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur bo’g’iniga ham aylantiradi.Oilaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati shaxslar va ota-onalarning o’ziga xos xususiyatlari : qon-qarindoshligi,muhabbati, yaqinligi,ishonchi,burch hissi,obro’liligi va hakozolar bilan ta’minlanadi.O’z farzandining barcha zaif va kuchli tomonlarini yo’rgakdagi chog’idan biladigan,uning qalbidagi eng kichik harakatni ham sezadigan hamda tushunadigan ,unga ta’sir etishni biladigan onadan va otadan yaxshiroq kim ham ularni ezgulikka,mehnatsevarlikka,do’stlikka,muhabbatga o’rgata oladi. Ma’lumki,xilma-xil faoliyat sharoitida shaxsning qobiliyatlari eng samarali rivojlanadi,uning ijodiy imkoniyatlari ochiladi,shaxsni oiladan boshqa qayerda ham faoliyatning xilma xil turlariga jalb etish mumkin. Oilaviy tarbiyaning qimmatligi va ahamiyati yana shundaki,kichik shaxslik paytida oilada egallangan narsalar bir umr saqlanib qoladi. Xuddi shuning uchun ham ota-onalarning shaxslarini har tomonlama tarbiyalash majburiyati qonuniy tarzda belgilab qo’yilgan. Sinf rahbari ota-onalar bilan birgalikda tarbiyaviy ishlarni tashkil etar ekanlar,eng yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar ma’lumotlarni e’tiborga olishlari ham muhimdir. Ularga muvofiq, o’sib kelayotgan kishi shaxsini shakllantirishga oilaning qo’shadigan hissasi turliyosh bosqichlarida turlicha bo’ladi va to’lqinsimon o’zgaradi. Dastlabki 3 yil ichida u ayniqsa kuchli bo’ladi,shundan keyin oilaviy ta’sirning muayyan darajada barqarorlashuvi davri boshlanadi. Uning navbatdagi davri,odatda maktabgacha yosh tugaydigan paytga to’g’ri keladi, shundan keyin tahminan o’smirlik davrigacha u zaiflashgandek bo’ladi.Yana ota –onalarning ta’siri ota-ona oilasidan ajralib,o’z oilasini tuzguncha kuchayadi. Psixologik – pedagogik tadqiqotlarning ma’lumotlari ba’zan shaxsning imkoniyatlari to’g’risida barqaror tassavurlarni o’zgartirib yuboradi. Masalan, uch yoshli bolalar olimlar bir nech ayil muqaddam taxmin qilganlariga nisbatan ancha chuqur idrok etish qobiliyatiga ega,uch yoshli bola hozir olti yoshli bolalar qilgan va qilmagan narsalarni bilishi va qilishi mumkinligi,kichkintoyni yurishdan avval suzishga,ona tili bilan deyarli baravar chet tilida gapirishga o’rganish mumkinligini va hokozolar ma’lum bo’ldi. Vaholanki, tajribaning ko’rsatishicha ota-onalar ko’pincha o’zlarini tarbiyaviy ishga to’la tayyor deb biladilar va maxsus pedagogik bilimlarni egallashni zarur deb hisoblamaydilar. Ota-onalarning bu xususiyatini taniqli pedagog va psixolog K.D.Ushinskiy o’z davrida ta’kidlagan edi. “Tarbiya san’ati ,deb aytgan edi u,- shunday xususiyatga egaki,deyarli barchaga tanish va tushunarli,ba’zilarga esa juda oson ish bo’lib tuyuladi- odam bu ish bilan nazariy va amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo’lsa,unga bu ish shunchalik tushunarli va oson bo’lib ko’rinadi. Deyarli hamma tarbiya sabr-toqatni talab etishni e’tirof qilishadi,ayrimlar buning uchun tug’ma qobiliyat va malaka ya’ni ko’nikma kerak deb o’ylaydilar.Lekin juda kam odam sabr-toqat,tug’ma qobiliyat va malakadan tashqari bilimlar kerakligi haqida ishonch hosil qiladi. Bunday bilimlarning yo’qligi oilaviy tarbiyada ko’plab xatolarga olib keladi.Sinf yoki guruh rahbari ota-onalar bilan ishlashda hisobga olmay iloji yo’q. Bu jihatdan ota-onalarning shaxslarni tarbiyalashdagi quyidagi qiyinchiliklari va xatolarini ajratib ko’rsatish mumkin:
- Ota –onalarning bolalar bilan muomilasinining yetishmasligi.ular o’zlari,ishlari haqida kam so’zlab beradilar,o’quv bilim o’quvchilar jamoasining hayoti,o’z shaxsining qiziqshlari,uning jamoat ishlari,bu ishga jamoat munosabati va hakozolar bilan kam qiziqadilar. Muomilaning yetishmasligi bolaning ota –onadan uzoqlashishga olib keladi,kattalarni bolaga yanada faolroq ta’sir ko’rsatish imkoniyatidan mahrum qiladi.
- bolalarni mehnat jarayonlariga jalb etish orqali ularning mehnat tarbiyasini tashkil qila bilmaslik.Ona ishga ko’milib ketgan paytda bolalar oilaviy ishlardan, turar joylardagi sihlardan va boshqalardan ozod etiladilar.Buning natijasida mehnatga mensimay munosabatda bo’ladilar.
- ota –onalar tarbiyasining izchil emasligi – onda –sonda o’qishni tekshirish,biror nojo’ya ish uchun jazolash va hakozolar axloqiy immunitet hosil bo’lishi uchun yordam bermaydi.Oilaviy tarbiyaning asosi sifatida taqiqlashlar sistemasi – ijobiy namuna asosida tarbiyalay bilmaslik,bola hayotini har doim turli hatti –harakatni mashq qiladigan tarzda tashkil eta olmaslik natijasidir. Bu sistema bolaning kattalar xoxishiga qarab salbiy munosabatini susaytiradi.
- harakatlarning ta’lim muassasasi bilan muvofiqlashtirilmaganligi yoki u bilan kelishmovchilik. Bolada pedagogga , ta’lim muassasasiga ishonchsizlik paydo bo’ladi va u o’sib boradi, bu esa uning kamchiliklarini tuzatishni qiyinlashtiradi,pedagogik jihatdan qarovsizlik holatiga olib keladi. Ayrim ota-onalarning bola ulg’ayib borishi bilan tarbiyaviy faollikni susaytirib yuborishlari oqibatida bola ota-onalardan uzoqlashadi,ta’lim muassasasiga qiziqishi pasayadi.
-Qarorlarni qabul qilishda kechikish. Bola katta bo’lgandan keyin aqli kirib,tuzaladi deb o’ylash odatda o’zini oqlamaydi.Bu ko’pincha qayta tarbiyalashni talab qiladigan pedagogik jihatdan qarovsizlik holatiga olib keladi. Ko’rsatib o’tilgan kamchiliklar qatoriga ota-onalarning tarbiya usullarini bilishlarini, bolalar ulg’ayishi bilan ularni o’zgartirishni bilmaslik yoki istamasligi, ota bilan onaning talablari birligining yo’qligi,pedagogik odob,chidamning yo’qligi,ota-onalarning turmushining ma’naviy tomoniga zid tarzda moddiy tomoniga qiziqib ketishi va boshqalarni qo’shish mumkin. Ota - onalar bilan ish shakllari va usullarini tanlashda odatda sinf rahbari o’z shaxsiy xususiyatlari tajribasini,o’quvchilarning oilalarida vujudga kelgan o’ziga xos xususiyatlarini, ota-onalarning bilim va tajribasini,bolalarni tarbiyalashda yuqorida ko’rsatib o’tilgan xatolar va qiyinchiliklarni ,fe’l atvor xususiyatlarni,o’quv muassasasi pedagoglar jamoasidagi muhitni ,ota-onalar bilan ish olib borishda tarkib topgan an’analarni va hakozolarni hisobga olib belgilaydi. Tajribaning ko’rsatishicha ,sinf rahbarining ota-onlar bilan hamkorligining ommaviy sinf tarzidagi va yakka tartibdagi ish shakllarini oqilona birga qo’shib olib borish, bunda uning mazmunida izchilikka rioya etish orqali erishiladi. Ko’rsatilgan shakllar ta’rifi va ularni qo’llashning eng yuqori natija berishini ta’minlaydigan shart-sharoitlarga qisqacha to’xtalib o’tamiz. O’quvchilarni tarbiyalashda oilaning bir qancha vazifalari mavjud bo’lib ular quyidagilardir:
- oilada sog’lom muhitni yaratish,milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish,farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o’rnak bo’lishi,farzandlarning ota-onasiga ,vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish,
O’zaro g’amxo’r bo’lishini ta’minlash
-oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash,oila a’zolarining o’z huquq va burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini ta’minlash;
- farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish,ma’rifatli va ma’naviyatli kishilar bo’lib yetishishlarini ta’minlash
- bozor munosabatlariga mos bo’lgan kasb-hunar o’rgatish,iqtisodiy tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish,
-bolalarning ma’naviy barkamol va jismonan bo’lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish;
- bolalarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,istiqlol g’oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash,bolalarning bo’sh vaqtlarini pedagogik nuqtayi nazardan kelib chiqib unumli tashkil qilish,ularga qo’shimcha ta’lim berish;
-farzandlarida mavjud bo’lgan iste’dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
- o’z farzadnlarining o’quv muassasasi ,mahalla,davlat va jamiyat oldidagi burchlarini ado etishlari uchun oilada mas’uliyatli bo’lish;
-ota-onalar o’zlarining pedagogik va psixologik bilimlarini doimo oshirib borishi;
- bolalarda tejamkorlik va ishbilarmonlikning ma’naviy-axloqiy tomonlarini shakllantirish;
- oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo’nalishlarini uyg’un holda bosqichma-bosqich amalga oshirishga mas’ullikni ta’minlash;
- sanitariya-gigeyenik ekologik ko’nikmalarni singdirish,diniy aqidaparastlik,ichkilikbozlik,giyohvandlikka qarshi tarbiyani amalga oshirish,oila, ta’lim muassasasi va mahalla oldida o’z farzandlarining barcha hatti-harakatlari uchun javobgardir. Ota –onaning farzand oldidagi burchi,o’zbekona ta’bir bilan aytganda ,farzandga yaxshi nom qo’yish,yaxshi muallim qo’liga topshirib savodini chiqarish,ilmli,kasbli qilish, oilali va uy-joyli qilishdan iboratdir.

  1. Sharq mutafakkirlarining bola tarbiyasi haqidagi fikrlari . Sharq ma’naviy –madaniyatining xilma-xil jihatlari ,ayniqsa, Uyg’onish davrida juda rivojlangan bo’lib, bu davrda yashab ijod etgan Abu Nasr Farobiy, Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino , Abu Rayhon Beruniy ,Abduraxmon Jomiy, Jalollidin Davoniy, Alisher NAvoiy va boshqa ko’plab mutafakkirlarning ijodlari pedagogik fikr taraqqiyotida yosh murabbiylarning ma’naviy –axloqiy kamolotida,farzand tarbiyasida muhim manbaa bo’lib xizmat qiladi.

Sharqning buyuk allomasi,qomusiy olim Farobiy (873-950) bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan,bunday deydi:” Har kimki ilm hikmatini o’rganmagan desa, uning yoshligidan boshlasin,sog’-salomatligi yaxshi bo’lsin,yaxshi axloq va odobi bo’lsin,so’zining uddasidan chiqsin,yomon ishlardan saqlangan bo’lsin,barcha qonun-qoidalarni bilsin, bilimdon va notiq bo’lsin,ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin,barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin”. Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim-tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda ,xususan, aqliy-axloqiy tarbiyada alohida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi.Uning e’tiqodicha, bilim,ma’rifat,albatta yaxshi axloq bilan bezatmog’I lozim,aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi,bola yetuk bo’lib yetishmaydi.
Abu Ali Ibn Sino esa bola tarbiyasi,tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarni bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy-ro’zg’or tutish masalalarida ham so’z yuritadi.Bolani tarbiyalash oilada ota-onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota-ona tarbiyachi bo’lishi mumkin.Ibn Sino bolada axloqiy xusisiyatlarni mehnat,jismoniy , aqliy tarbiya bilan o’zaro uzviy birlikda shakllantirishni ,uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi. Yusuf Xos Hojibning uqtirishicha , har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’I kerak. Buning uchun u tug’ilgan kunidan boshlab zarur tarbiyani olmog’I lozim. U qobil farzand tarbiyasi haqida so’z yuritar ekan ,ualrning o’zlariga xos xususiyatiga e;tabor berish kerakligini ta’kidlaydi. Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog’I kerak ,shundagina ularning noo’rin hatti-harakatlariga berilishining oldi olinadi degan fikrlarni bayon etadi u.
Mirzo Ulug’bekning oila muhiti sog’lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha,bolaning bilim olilshiga bo’lgan qiziqish ,havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o’rinni egallaydi. Oilada ota-onalar ayniqsa, o’qimishli ota-onalar o’z farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol topishida alohida e’tibor berishlari lozim. Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida ,kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilinishida yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda,ayniqsa kishilarning bir-birlariga bo’lgan ruhiy-ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligini uqtiradi. Husayn Voiz AL-Koshifiy ning uqtirishicha,insonni ta’lim –tarbiya orqali qayta tarbiyalash aqliy qobiliyatni o’stirish mumkin.
Koshifiy o’zining pedagogik qarashlarida bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish masalasiga alohida e’tibor beradi. Ota-onalar muallimlardan bu masalaga alohida e’tibor berishni talab etadi. Bu masalada oilaviy hamda tashqi muhit muhim o’rin tutadi. Bola to’g’ri so’zli,va’daga vafodor,yaxshi xulqli qilib tarbiyalanishi kerak.
Jalolllidin Davoniy ota onaning bola ni tarbiyalashdagi ahamiyatiga keng to’xtalgan. Uning fikricha, oila tarbiyasida ota ham, ona ham teng huquqli,teng ishtirok etishi bolaning yaxshi xulq-odob qoidalarini muayyan bir kasbni egallashiga ko’maklashishi – ilm-fan va kasb-hunar egallashiga katta yordam berishini aytib o’tganlar.
Sharq mumtoz adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri Muslihiddin Sa’diy Sheroziy Sheroz shahrida 1184-yilda tug’ildi. Sa’diyning fikricha,oila- bolaning bahti ,kelajagi uchun zamin yaratuvchidir. Oilada asosiy tayanch – otadir. U mas’uliyatli tarbiyachidir. Ota o’z bolalarini tarbiyalashi,o’qitishi,hunarga o’rgatishi, jismonan chiniqtirishi kerak. Sa’diyning pedagogik qarashicha ,bola qobiliyatli va kam qobiliyatli bo’lishi mumkin. Qobiliyat o’z-o’zidan rivojlanmaydi.Uning rivojlanishi uchun bolani tarbiyalash kerak.Tarbiya bo’lmasa, boladagi qobiliyat so’nadi. Tarbiyani uch asosiy –aqliy, nafosat va jismoniy mehnat tarbiyasiga bo’ladi. Sa’diy ota-onalarga xarakterini hisobga olga holda axloqiy tarbiyani bolaning yoshligidan boshlashni tavsiya etadi, xarakter shakllangach, bolaga ta’sir etmaydi.
XIX asr o’zbek ijtimoiy va adabiy hayotining yirik vakillaridan biri Komil Xorazmiy o’z asarlarida ma’rifat axloqiy kamolot,vatanparvarlik g’oyalarini ilgari surdi. U ilm-ma’rifatning xalq ,jamiyat farovonligiga,insonning axloq kamolotida tutgan o’rni, axloqiy va nafosat tarbiyasini uzviy birligi haqidagi pedagogik fikrlarini ham bayon etadi. Komil Xorazmiyning fikricha ilm –hunar ilmu ma’rifat inson axloqiy kamoloti,ijtimoiy ma’naviy hayotining rivoji uchun xizmat qilishi kerak. Kamtarlik eskirmaydigan, eng go’zal insoniy fazilatdir. Bu fazilatlarga ega bo’lganlar obro’ e’tiborli,komil insonlardir. Kamtarlik insonni turli noxushliklardan xijolatdan saqlaydi. Shoir ,tarixshunos,tarjimon va xattot Munis Xorazmiy tilga ko’p erk bermaslikni maslahat beradi.Uning ta’kidlashicha ortiqcha so’zamonlik kishi boshiga oltin o’rniga qattiq tosh bo’lib tegishi mumkin. Shoir yomon so’zli ,ozor beruvchi murodlar sifatini tasvirlab, kishilarni,jumladan yoshlarni ular bilan hamsuxbat bo’lmaslikka undaydi. Munis Xorazmiy o’z asarlarida xalqni adolatli, ongli,bilimli,jaxolatdan yiroq turishga da’vat etadi. Uning fikricha adolat sharaf ko’rki,osoyishtali,xushnudlikdir. U yoshlarni kamtarlik bilan muloqotda bo’lishga,ularni hurmat qilib e’zozlashga undaydi. Munis Xorazmiyning asarlariga bayon etilgan ta’lim-tarbiyaga oid fikrlar faqat u yashagan davr uchun emas,balki hozirgi davr uchun ham qimmatlidir. Mohlaroyim – Nodiraning inson va tabiatiga nisbatan qarashlariga faqat shaxsiy tuyg’u emas,balki yoshlar tarbiyasida milliy an’analarning roli haqidagi fikrlari ham namoyondir. Nodiraning tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g’oyalari- adolat ,insof,xalq manfaati muhim o’rinni egallaydi.Nodira hayotining tub mohiyatini yaxshilik binosini barpo etishdan iborat deb biladi.Uning fikricha, kimki,tiriklik chog’ida yaxshilik bunyod etgan bo’ladi,o’zining bu ezgu ishlari bilan o’zidan keying hayotida yorqin xotira qoldiradi. Umuman, Nodira o’z she’rlarida barkamol insonni ulug’laydi.Ta’lim – tarbiyaga oid ko’p foydali o’gitlarni bayon etdi. Berdimurod Berdaq Qoraqalpog’iston xalq shoiri butun ijodi davomida xalqlar tengligi,insonparvarlik ,vatanparvarlik, adolat haqidagi g’oyalarini ilgari suradi. Berdaq insonning shaxsiy bahti xalq bahti bilan bog’liq deb biladi.Uning ta’kidlashicha ,har odam haqiqiy bahtga erishishi uchun o’z shaxsiy manfaati bilan xalq manfaati bilan birlashtirishi jjk.jeyteorhk,,,xalq bahti uchun kerak bo’lsa jonini ayamasligi kerak.
Download 31.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling