1. Bolalar nutqining rivojlanish davrlari. Tayyorgarlik va bog‘chagacha bo‘lgan davr
“Kimning qushchasi uzoqqa uchadi” o`yini
Download 94.19 Kb. Pdf ko'rish
|
психология
“Kimning qushchasi uzoqqa uchadi” o`yini
Yupqa qog`ozdan lentachalar, qushchalar, kapalaklar tuzatib osiladi va puflatiladi. www.arxiv.uz “Men nimani chalayapman, top” o`yini Tarbiyachi bolani musiqali o`yinchoqlar bilan tanishtiradi. So`ngra bu o`yinchoqlarni parda orqasiga yashiradi. Parda orqasida bironta musiqaviy o`yinchoqni chaladi va bolalardan qaysi musiqaviy o`yinchoqni chalganini so`raydi. Kim uni to`g`ri topsa shu bola parda orqasidan musiqaviy o`yinchoqni chaladi. Bir mashg`ulotda 4 xil musiqaviy o`yinchoq olinishi lozim. “Baland-past” o`yini Kichik va katta kuchuklarning akillashi mashq qildiriladi. “Kim u?” o`yini Tarbiyachi boshqa xonada kuchuk, mushuk, g`oz, tovuq, echki qo`ylarning niqoblarini tayyorlab qo`yadi. Niqob kiygan bola echikni taqillatadi. Bolalar “Kim u?” deydi. Kuchuk niqobni kiygan bola “vov- vov-vov” deb javob beradi. Хулоса. Tarbiyachi bog`chada nutq o`stirish mashg`ulotlarda , kundalik faoliyatda bolalar nutqini rivojlantirishni, kamchiliklarni bartaraf qilishni nazarda tutishi lozim. Boshqa mashg`ulotlarda ham bola to`liq jumla tuzib beradigan qilib savol berish maqsadga muofiq.”Ha”, “Yo`q” tarzida javob beradigan qilib savol berish tarbiyachining katta xatosidir. Bola uchun yangi bo`lgan so`zlarning ma`nosini sodda qilib tushintirish so`z boyligini oshiradi. Nutq o`stirish mashg`ulotlarida tarbiyachi aynan nutq o`stirishga taalluqli maqsadni ko`zlagan holda mavzu tanlashi lozim. Muayyan tovush ustida ishlangan, lug`atni boyitishga gapning qurilishiga rioya www.arxiv.uz qilinishiga qaratilgan o`yinlar mashg`ulot mazmunini tashkil qilishi kerak. Ba’zan tarbiyachilar nutq o`stirish mashg`ulotlarini tabiat bilan tanishtirish, badiiy adabiyot tevarak-atrof bilan tanishtirish mashg`ulotlari bilan tanishtirish mashg`ulotlari bilan aralashtirib yuboradilar. Nutq o`stirish mashg`ulotlarida nutq o`stirish bo`yicha dasturda ko`rsatilgan vazifalar, davlat talablaridagi ko`rsatilgan minimal talablar ko`zda tutiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling